Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Xitoyliklar "DeepSeek" deb nomlangan sun'iy inellekt modelini ommaga oshkor qildi. Bu yangilik Amerikaning shu sohada non topib yurgan kompaniyalari va jamoatchiligi orasida katta shov-shuv va vahimalarga sabba bo'ldi.
Boisi - "OpenAI" kabi kompaniyalar milliardlab dollar va yillar sarflab yaratgan LLMni (Large Language Model) Xitoy kompaniyasi sanoqli oylar ichida va bor-yo'g'i 6 million dollar bilan qura olgan.
Modelning qudrati benchmarklarda "OpenAI"ning eng so'nggi "o1" modeli bilan deyarli teng, hatto ba'zi yo'nalishlarda ustun.
Bu ham yetmaganidek, model "Open source" sifatida taqdim etildi, ya'ni omma va boshqa kompaniyalar undan bepul foydalanishi mumkin.
Yangilik AQSh fond bozorini ostin-ustun qilmoqda. Ayni daqiqalarda "NVIDIA" kompaniyasi aksiyasi 17 foizga tushib ketdi. Sun'iy intellekt bilan ishlayotgan boshqa kompaniyalarda ham shu ahvol.
Ko'pchilikning boshini qotirayotgan eng katta savol shu: Xitoyliklar bunaqa modelni 5-6 million bilan yarata olsa, biz milliardlab dollar sarflashimiz qanchalik o'zini oqlaydi?
Xitoy sun'iy intellekt sohasida AQShga yetib olmasin deb, Vashington "NVIDIA"ning eng kuchli chiplarini Xitoyga eksport qilishni taqiqlagan edi. Ammo bu ish bermagani yaqqol ko'zga tashlanmoqda.
Xitoyliklar nafaqat bu taqiqlardan omon chiqa oldi, balki sun'iy intellekt sohasidagi kashfiyotlarda Amerikadan endi hatto o'zib ketishi ham mumkin.
Donald Tramp qasamyoddan so'ng qilgan nutqida prezidentligi davrida amalga oshiradigan ishlarini eslatib o'tdi.
Uning nutqida tilga olingan asosiy masalalar:
- Bugundan Amerikaning oltin davri boshlanadi;
- Bugundan boshlab AQShda faqat 2 ta jins bo’ladi: erkak va ayol;
- Millionlab noqonuniy immigrantlar deportatsiya qilinadi;
- Meksika chegarasidan kirib qo'lga tushganlar qo'yib yuborilmaydi; o'sha zahoti ortiga qaytariladi.
- Xorijdan kiradigan tovarlarga bojlar oshiriladi;
- AQShda gaz va neft qazishga qo'yilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi;
- Panama kanali Panama Respublikasidan tortib olinadi (Panamaning o'zi ham AQShga qo'shib olinishi mumkin);
- Marsga Amerika bayrog’i o'rnatiladi;
Trampnig orqasida o'tirgan Jo Bayden ba'zi o'rinlarda ensasi qotib iljaygani kamerada yaqqol sezildi. Ilon Mask esa Mars tilga olingan paytda qo'lini tepaga siltab, xursandligini oshkora namoyish qildi.
AQShning 47-prezidenti Donald Tramp qasamyod qabul qildi. Shu soniyadan boshlab Jo Bayden sobiq prezidentga aylandi.
#Kundalik
16:45. Bugun Farg’onadan keldim. Gapdan gap chiqib yo’lovchilardan biri – Rustam aka odamlarning beminnat va savob uchun yordam qilishlari yo’q bo’lib borayotgani haqida nolib gapirib qoldi:
- Ilgari odamlar hasharlarga chiqishardi. Mahallaga, “Falonchinikiga falon kuni yoppasiga hasharga”, desangiz bas, o’sha kuni bir to’p odam yordamga oshiqardi. Hozir shunday deb ko’ringchi, biror kishi kelarmikan. Undan ko’ra, mardikorga chiqsam, besh ming so’m pul ishlayman, deydi.
Ha, mahallalardagi ommaviy hasharlar haqida men ham eslayman. Bolaligimizda bunaqa tadbirlar ko’p bo’lardi. Hozir qarindoshlaringizni chaqirsangiz ham kelishmaydi.
- Dadam “bortovoy” mashina haydagan. – deb hikoyasini davom ettiradi Rustam aka, — U paytlar yengil mashinalar borda bor edi. Qishloqda kimningdir qo’li sinsa yo kasal bo’lib qo’lsa, dadamning oldiga kelishardi. Dadam “bortovoy”ga chiqarib, ularni kasalxonaga olib borardi. Dadamning bu ishlari uchun biror so’m haq olganini eslolmayman.
Rustam akaning bu gaplari mening doimiy og’riqlarimni yana qo’zg’aydi. Nega bugungi odamlar kechagi davr kishilariga o’xshamaydi? Nega savob umidida xolis ish qiluvchilar, moddiy manfaat ko’zlamasdan birovning hojatini chiqaruvchilar bugun kam? Buning sababi nimada? Zamonning og’irlashib, iqtisodiy qiyinchiliklarning ko’paygani uchun shundaymi yoki inson zotining sifati pasayib boryaptimi?
Bilmadim, bu savollar ko’p so’raldi. Bu haqda matbuotda ham ko’p yozildi. Yaxshisi, mavzuni ochiq qoldirganimiz ma’qul. Siz bu haqda nima deb o’yaysiz?
Aytgancha, shu oy so’ngida yaqin birodarimiz Ildus uylanyapti. Meni kelayotgan yakshanba kuni hasharga chaqirgan. Xudo xohlasa, albatta, boraman. Siz ham keling…
2009-yil, 13-may
Sun'iy intellekt yoppasiga ishsizlikka sabab bo'ladimi?
Sun'iy intellekt ko'plab sohalarda odamlar o'rnini egallab, ishsizlik keskin oshishiga sabab bo'ladimi, degan savolga yana qaytamiz.
XX asrning va umuman insoniyat tarixining eng katta voqealaridan biri odamzotning Oyga qadam qo'yishi bo'lgan. "Apollon" deb atalgan 1969-yilgi missiyada uch amerikalik fazogir Oyga uchgan.
Ushbu missiyani amalga oshirishda Massachusets Texnologiya instituti tomonidan yaratilgan AGC (Apollo Guidance Computer) kompyuteri ishlatilgan.
Bungacha AQShning fazo missiyalarida murakkab matematik hisob-kitoblar insonlar qo'li bilan amalga oshirilgan. Tadqiqotlarga kompyuterlarni joriy qilish boshlangach, ko'plab odamlar ish o'rnini boy beradi, degan xavotirlar paydo bo'lgan.
Bugun sun'iy intellekt erasi bo'sag'asida turar ekanmiz, xuddi shu savol yana o'rtaga chiqmoqda. Sun'iy intellekt odamlarni yoppasiga ishsiz qiladimi?
"NASA" fazo agentligi Oy missiyalari uchun ishlatgan va hajmi uydek bo'lgan AGC kompyuterning operativ xotirasi (RAM) bor-yo'g'i 64 KB bo'lgan; sekundiga 85 mingta ishni bajargan.
Endi uni qo'limizdagi iPhone 15 Pro Max bilan solishtiramiz. Bitta qo'lga sigadigan bu jajji jihozning operativ xotirasi Oyga raketa uchirgan kompyuternikidan 128 ming marta kattaroq (8 GB). Bir soniyada amalga oshiriladigan instruksiyalar soni bo'yicha esa 117 million marta kuchliroq (10,000,000,000,000).
Bugun ish stolimizdagi 300-400 dollarlik arzon kompyuterlar "NASA" kosmosga raketa uchirgan va o'sha payt millionlab dollar turgan kompyuterlardan istalgan konfiguratsiya bo'yicha millonlab marta kuchli.
Kompyuterlar shu qadar kuchayib, qo'lda qilingan ko'plab hisob-kitob ishlarini odamlardan tortib olishiga qaramay, bugun AQShdagi ishsizlik darajasi 1960-yillardagi miqdor bilan deyarli bir xil.
Ya'ni, bu super mashinalar odamlarni ishsiz qoldirmadi; aksincha, ular uchun yangi vazifalar va ishlarni paydo qildi.
Sun'iy intellekt bilan ham shunday bo'ladi. U odamzotni ko'plab zerikarli va texnik jihatdan murakkab ishlardan xalos qiladi. Ilmiy taraqqiyotda katta o'zgarishlar yasab, dunyo yalpi ichki mahsuloti o'sishini tezlashtiradi.
Yangi ish kategoriyalari paydo bo'lishi bilan birga, amaldagi ishlar ham tez orada yo'qolib ketmaydi; shunchaki, bu ishlarning xususiyati o'zgaradi.
Masalan, dasturchilar 5 yildan keyin "low-level coding" (quyi darajadagi murakkab kodlarni yozish) bilan shug'ullanmaydi. Ular, asosan, "prompt-based engineering" (inson tili bilan buyruq berishga asoslangan dasturchilik) va sun'iy intellekt yozgan kodlarni tekshirish bilan shug'ullanadi. Bu esa dasturchining ish unumdorligini kamida 10, balki 100 baravar oshiradi.
Demak, bitta dasturchi 10 ta dasturchining ishini bajarsa, kompaniyalar 10 ta odam o'rniga bitta odamni ishga yollaydimi?
Zohiran shunday, lekin aslida unday emas. Masalan, "Amazon" kompaniyasida bajarilishi kerak bo'lgan dasturlash ishlari va yangi mahsulot g'oyalari qalashib yotibdi. Ularni amalga oshirish uchun, shunchaki, odam resursi yetmaydi va barchasi ijroga kirish uchun navbatini kutmoqda.
Agar sun'iy intellekt dasturchi ishining unumdorligini 10 baravar oshirsa, mana shu yangi g'oyalar va ishlarning bajarilishini 10 baravar tezlashtiradi. Ishonchim komil, "Amazon" ishchilari sonini kamaytirish o'rniga, navbatda turgan ishlarini tezroq tugatib, bozorga chiqarishni afzal ko'radi; chunki raqobat va foydani oshirish xohishi shuni taqozo etadi.
Shu bois yaqin orada dasturchilik yo'qolib ketadi, deb xavotir olmasa ham bo'ladi. Faqat dasturchilardan talab qilinadigan malakalarda o'zgarish bo'ladi. Masalan, endi siz sun'iy intellekt bilan ishlashni ham bilishingiz kerak.
Los-Anjelesda o'tgan va ancha shov-shuv bo'lgan boks jangida Isroil Madrimov o'z professional karyerasidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi, lekin bu yigitning kelajagi hali porloq. Kurashni davom ettirishi kerak.
Undan avvalroq Shahram G'iyosovning ham jangini ko'rdim. Bu vatandoshimiz g'alaba qozongan bo'lsa ham, negadir juda yomon jang qilgandek ko'rindi. Kuchli va aniq zarbalari hisobiga yutdi, ammo juda ko'p zarba o'tkazib yubordi.
Shahramning himoyasi zaif; oldindan shunaqa edi. Bunaqa zarbalar sog'liq uchun juda xavfli. Menimcha, Shahram professional sportni tark etish haqida o'ylab ko'rsa ham bo'larkan.
Taksi va yetkazib berish xizmatlari bilan shug'ullanuvchi "Uber" kompaniyasi Xitoyning "BYD" avtomobil ishlab chiqaruvchisidan 100 ming dona elektromobil xarid qilish bo'yicha kelishuvga erishibdi.
Qizig'i - bu avtomobillarning birortasi "Uber"ning asosiy bozori bo'lgan AQShga olib kirilmaydi. Ular Yevropa, Kanada va boshqa mamlakatlardagi "Uber" haydovchilariga imtiyozli narxlarda taqdim qilinadi.
"Uber" Xitoy elektromobillarini Amerikaga olib kira olmasligi aslida kutilmagan hodisa emas. AQSh Xitoydan elektromobillar kirib kelishiga tish-tirnog'i bilan qarshi va ularning importiga otning kallasidek boj qo'ygan bu bojlarni yanada oshirishni rejalamoqda.
AQSh da'vosiga ko'ra, Xitoy hukumati o'z kompaniyalariga subsidiya beradi va shu orqali bu kompaniyalar xalqaro bozorlarda raqobatchilarini sindirmoqda.
Bu aslida geosiyosiy raqobat bilan bog'liq. Innovatsiya va arzon ishlab chiqarish bo'yicha, darhaqiqat, Xitoyga hozir bas kelish qiyin.
#Kundalik
23:32. Bugun tushga yaqin Yakkasaroy tumani pasport stoliga bordim. Kecha ro’yxatga qo’yish muddatini cho’zdirish uchun pasportimni tashlab kelgandim.
Sarvar aka degan mayor bilan tanishib qoldik: biz haqimizda bir maqola chiqarib ber, deydi. Xo’p, deb men ham ishimni bitqazib oldim. Ertaga fotoapparat bilan yana boraman. Ish ustida ularni suratga olib, gazetaga kichikroq bir maqola qilaman. Pasport masalalarida yordam beraman, dedi.
Keyin ishga keldim. Behzod va Baxtiyor akam meni pastda kutib turishgan ekan. Birgalashib tushlik qildik. Tushlikdan so’ng xonamga chiqib internetni kovladim. Soat uchlarga yaqin e-mailimni tekshirsam, Muskiedan xat kelibdi. Zudlik bian ochib qaradim:
“Congratulations! You are awarded a fellowship for 2009 Edmund Muskie Fellowship program”.
Bir necha oydan beri shu maktubni kutib yurgandim. Va nihoyat natija chiqibdi. Mehnatlarim zoya ketmabdi, o’qishga o’tibman.
Endi, inshaalloh, AQShda jurnalistika bo’yicha magistratura o’qiyman.
Quvonchimni ishxonadagi yaqin do’stlarim bilan bo’lishdim. Ular ham xursand bo’lishdi. Endi buyog’iga hujjatlarni to’g’rilashim kerak…
2009-yil, 9-aprel
#Kundalik
Televizorda bir kurashchining antiqa gapini eshitib qoldim. Menga yoqib qolgani uchun daftarimga kiritdim.
Uning aytishicha, Xitoyga borganida bir dzyudochi bilan gaplashib qolibdi. U yurtdoshimizning kurashini ko’rib, shunday debdi:
– Bu dzyudoning o’zi-ku! Qaysinisi bir-biridan olgan?
– Dzyudoning paydo bo’lganiga 50 yil bo’lyapti. Lekin bizning milliy kurashimiz bir necha asrlik tarixga ega. – debdi kurashchimiz sipolik bilan.
Bu gapni eshitib dzyudochi lol qolgan. (Tag’in bilmadim, bu jumlani o’zim qo’shdim).
Bu oddiy voqeada miliy kurashimizning qadimiy tarixi va uning jahon kurashidagi ahamiyati aks etgan.
1999-yil, 15-avgust
Donald Tramp Federal Saylov komissiyasiga Kamala Harris ustidan shikoyat qildi.
Arizaga ko’ra, prezidentlikka demokratlar nomzodi sifatida Jo Baydenning o’rnini egallagan Harris Bayden saylov kampaniyasi uchun yig’ilgan pullarni ishlatishga haqqi yo’q.
Bayden o’z nomzodini qaytarib olib, o’rniga Harris nomzodini yoqlashini e’lon qilgach, Bayden-Harris kampaniyasi uchun yig’ilgan 150 million dollar mablag’ prezidentlikka nomzod Harris kampaniyasi hisobiga o’tkazilgan edi.
Bu shikoyatning qondirilishi ehtimoli yo’q. Chunki, saylov rasmiylariga ko’ra, Harris prezidentlikka nomzod bo’lishidan oldin ham vitse-prezidentlikka nomzod sifatida Bayden kampaniyasining ishtirokchisi edi va shu bois Bayden uchun yig’ilgan pullarni ishlatishga haqqi bor.
Aytgancha, Harris prezidentlikka nomzod bo’lgach, dastlabki 36 soat ichida yana 100 million dollardan ortiq pul to’plagan.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago