?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 5 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Juda zo’r javoblar kelibdi
Rasm ham juda chuqur ma’noga ega ekan. Har xil tushunsa bo’ladi
Endi o’zimni fikrimni bildirsam
Rasmda quyon - xavfsizlik va komfortni, bo’ri esa kuch va xavfni anglatadi
Ya’ni bo’ri bo’lish, qiyin ishlarni boshqarish, biznes boshlash har doim ham oson bo’lmaydi
Bu yo’lda qiyinchiliklar va yolg’izlikka tayyor turish kerak
Quyon bo’lish esa oson. Doimiy oylik maoshing bor va kuning tinch o’tadi. Lekin hech qachon katta o’yinchi bo’lolmaysan
Siz qaysi yo’lni tanlagan bo’lardingiz, quyon bo’lib tinch hayotda yashash, yoki bo’ri bo’lib qiyinchiliklarga tayyor turishni?
Hamma ham sen emas
Ko'pincha kimgadir ishonishdan oldin, kelishuv qilishdan oldin u inson haqida bir qancha tahminlar qilardim
Tahminlarim ham o'zimdan kelib chiqqan holda bo'lardi
Uni o'rniga o'zimni qo'yib ko'rardim, qanaqadur vaziyatlarda kelishmovchilik bo'lgan taqdirda ham o'zim nima qilmoqchi bo'lsam undan ham shuni kutardim
Yaqin insonlar bilan kelishmovchilik bo'lganda ham oraga sovuqchilik tushmaydi deb o'ylardim
Lekin...
Hamma ham men emas ekan
O'zi aslida, hech kim hech kimdek fikrlamaydi
Hammani o'zini qarashi, g'am-tashvishi va fikrlashi alohida
Shuning uchun biror ish boshlashdan oldin har bir detallargacha kelishib olish shart ekan
Yo'qsa ertaga oraga sovuqchilik tushishi ham mumkin ekan
Insayt:
Biznesda hissiyotlar bilan ishlanmaydi
Ulg’ayish
Har bir erkak bir kun ulg’ayadi
Mustaqil bo’ladi, mas’uliyat oladi va yolg’iz qoladi
Bu vaqt kelganda uydagilardan yordam so’rashga uyaladi odam
Qarindoshlar va tanishlaringni esa o’zini tashvishi bor
Dardingni kimga aytishni bilmaysan
Yolg’iz qolasan
Yengilishga haqqing yo’q
Kuchli bo’lishga majbursan
Yolg’iz qolishga ko’nikishing shart
Muammolarni o’zing hal qilishing shart
Mana shunda hayotni his qilasan
Barchasini yengib o’tsang maqsadlaringga, yengilsang bir umr oddiy yashashingga to’g’ri keladi
Tanlov o’zingda, g’alaba yoki taslim bo’lish
Deyarli kino ko'rmayman, lekin ora-orada vaqtim bo'lib qolsa ko'pchilik maslahat bergan kinolarni tomosha qilib qolaman
Bugun esa Stiv Jobs haqidagi kinoni tomosha qildim va bir qancha insaytlar oldim
**- Pulni tejash uchun vaqt sarflagandan, vaqtni tejash uchun pul sarflash muhimroq
- Eng zo'r mahsulot yaratish yetarli emas. Unga odamlarni ishontirish ham muhim
- Maqsadingiz aniq bo'lsa unga erishish yo'lida qat'iyat va ishonch bilan davom etish kerak
- Networking kuchli bo'lishi kerak, ya'ni tanish-bilish. Kuchlilar orasida bo'lish sizni ham kuchli qiladi
- Risk olish kerak. Qachonki risk olar ekansiz, shundagina boshqalar sizni hurmat qilishadi va tan olishadi
- Biror ishni boshlash uning yarmini bajarishga teng, lekin uni tugallamas ekansiz natijaga erisha olmaysiz**
Filmdan oladigan narsalar ko'p, lekin ba'zi istisnoli fikrlarim ham bor. Hozircha bularni to'g'ri deb aytolmayman. Balki keyinchalik bularni to'g'riligiga amin bo'larman
Bugungi insight? Odamlar maqsadiga harakat qilib erishgandan ko’ra, shunchaki mo’jizani kutishni afzal bilishadi Harakat qilish, mo’jiza kutish Lekin harakat qilganlar har doim kutadiganlardan oldindan bo’lishadi @blog_muhammadumar
Bugungi insight?
Odamlar maqsadiga harakat qilib erishgandan ko’ra, shunchaki mo’jizani kutishni afzal bilishadi
~~Harakat qilish~~, mo’jiza kutish
Lekin harakat qilganlar har doim kutadiganlardan oldindan bo’lishadi
Koʻtarilishni istar ekansiz, sizda albatta dard boʻlishi kerak. Tibbiy dard emas, ruhiy dard...
Otangiz sizni boqaman deb, ehtimol yosh rahbarchalardan dashnomlar eshitgandir. Onangiz balki issiqda koʻcha supurib, roʻzgʻorning bir uchini koʻtargandir. Agar siz ota-onangiz uchun ham muvaffaqiyatga erishish dardi boʻlmasa - siz majruhsiz!
Bir chetda loy, gazsiz, chiroqsiz qishloqda tugʻilib, nufuzli oʻqish yo ishga kirib, hamqishloqlaringiz hayotini yaxshilish dardi ichingizda boʻlmasa - siz majruhsiz!
Qayerdadir dindoshlarimiz zulm koʻrayotgan boʻlsa, bizda ilm olish, boy boʻlish, musulmon soʻzining vaznini ogʻir qilish dardi boʻlmasa - biz ham oʻsha zolimlarga sherikmiz!
Hayotdan zerikdingizmi yoki maqsadlaringizga erishish tugul, yaqin ham bora olmayapsizmi?
Yaxshilab qarab ko'ring, siz birovning hayotida yashayapsiz
Ko'pchilik shu gapni eshitganda birovning qo'lida ishlayotganini hayoliga keltiradi. Ishini tashlab, o'zi biznes boshlashni xohlab qoladi
Lekin yaxshilab fikrlab ko'rilsa, gap boshqa narsa haqida ekanligini guvohi bo'lamiz
Ertalab uyg'onamiz, instagramga kiramiz va blogerlarning 'istoriyalar'ni kuzatishni boshlaymiz. 'Istoriya'lar tugadi, endi esa navbat 'reels'ga. Ertalabdan boshlangan 'Kayfiyatni ko'taruvchi' vosita yarim kechasigacha davom etadi. Yaxshiyam-ki 'reels'ni hech qachon tugata olmaymiz. Bo'lmasa zerikib qolar edik
Mana hozirgi kundagi aksariyat insonlarning hayot ssenariysi
Biz hayotimiz davomida hech qanday risk olmaymiz, harakat qilmaymiz. Lekin qimmatbaho mashinani ko'rganda 'Bizga ham nasib qilsin' deb qo'yamiz
Aslida bu holatimizdan uyalishimiz kerak. 'Nega bu mashina menga nasib qilishi kerak? Qaysi ishim uchun men bunday darajaga chiqishim kerak?' degan savollarni berib ko'rmaymiz. Yaxshilab o'ylab qaralsa instagramda faxshga botgan blogerlarni qo'llab-quvvatlashdan boshqa ish qilmayapmiz. Bu ishimiz uchun o'sha blogerlar bizni maqsadimizga erishtirib qo'ymaydi, oilamizni boqib qo'ymaydi yoki biz istagan hayotni qurib bermaydi
Biz o'zimizning shaxsiy hayotimizni qurishimiz, muvaffaqiyatli inson bo'lish uchun risklarni olishimiz kerak. Risk olish uchun esa bir-qancha 'musr' odatlarni yo'qotishimiz zarur, 'instagram quli bo'lish' kabi
**NEGA KOFIRLAR BOY ?
۞ وَیَـٰقَوۡمِ مَا لِیۤ أَدۡعُوكُمۡ إِلَى ٱلنَّجَوٰةِ وَتَدۡعُونَنِیۤ إِلَى ٱلنَّارِ﴿ ٤١
•Эй қавмим, нега мен сизларни нажотга — жаннатга чорласам, сизлар мени дўзахга чақирмоқдасизлар-а?
(Mu'min: 41)
— Buni qarang-ki, inson bolasi o'z holatini o'zgartirishni istamaydi. Vijdoni qiynalsa, nari borsa sen o'zing kela qol mening oldimga deydi. Allohning elchisi ularning holatini o'zgartirishga chaqirganida ular ham o'zlari ko'nikkan holatni tark etishni istamadilar. Quyidagi oyatda ham yahudiylarni dunyoni tark etishni istamasdan(avvalo azob tayin bo'lgani uchun), kerak bo'lsa abadiylikning o'zi shu dunyoga kelib qo'ya qolsin deydi:
وَلَتَجِدَنَّهُمۡ أَحۡرَصَ ٱلنَّاسِ عَلَىٰ حَیَوٰةࣲ وَمِنَ ٱلَّذِینَ أَشۡرَكُوا۟ۚ یَوَدُّ أَحَدُهُمۡ لَوۡ یُعَمَّرُ أَلۡفَ سَنَةࣲ وَمَا هُوَ بِمُزَحۡزِحِهِۦ مِنَ ٱلۡعَذَابِ أَن یُعَمَّرَۗ وَٱللَّهُ بَصِیرُۢ بِمَا یَعۡمَلُونَ﴿ ٩٦ ﴾
• Уларнинг ҳатто мушриклардан ҳам ҳаётга (яшашга) очкўз кишилар эканини кўрасиз, уларнинг айримлари минг йил умр кўришни истайдилар. Ҳолбуки, узун умр уни азобдан узоқлаштирмайди. Ахир Аллоҳ қилаётган амалларини кўриб тургувчидир.
(Al-Baqara:96)**
—Ular biz kabi musofir emas. Va musofir bilan muqimni boylikda solishtirish ham to'g'ri emas. Bu - "nega yahudiylar musulmonlardan boyroq?" - degan kishilarga, shoyad, foyda bo'lsa.
Ustoz Asadulloh Azam
Bir kuni podshoh xalqiga ziyofat berib, qaytishayotganda har biriga bittadan qo’y beribdi
Keyin bir guruh odamlar gaplashib turishganda sekin quloq solibdi
Odamlar “Qo’y berdi-yu, ipini bermadi, nomard” deyishayotgan ekan
Kecha konkurs o’tkazib ham ba’zilarni qarg’ishiga qoldim?
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 5 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago