Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
**Hajringda men yonaman,
Sen yonmagin yonmasang.
Hammadan qizg‘onaman,
Ishonsang ishonmasang.
Dilda sendan o‘zga yo‘q,
Bo‘laversin ko‘ngling to‘q,
Zorim bor-u zo‘rim yo‘q,
Ishonsang ishonmasang.
Ishora ber yuzingda,
Ikki og‘iz so‘zingda,
Ixtiyoring o‘zingda,
Ishonsang ishonmasang.
Sen tomon tushdi yo‘lim,
So‘lmasin qo‘lda gulim,
Sevgim naqt-u yo‘q pulim,
Ishonsang ishonmasang.
Suvlar oqar soymasman,
Mag‘rur hotamtoymasman,
Kambag‘aman boymasman,
Ishonsang ishonmasang.
Jabobsizdir qancha xat,
Kelmadimi yo navbat,
Ado qildi muhabbat,
Ishonsang ishonmasang.
Bosh oyoq g‘amga to‘ldim,
Nurab to‘kilib bo‘ldim,
Tiriman-u lek o‘ldim,
Ishonsang ishonmasang.
Sevishingni bilaman,
Yuragimni tilaman,
Xo‘p de baxtli qilaman,
Ishonsang ishonmasang.
Xojat yo‘q oh-u vohga,
Boshlamadim gunohga,
Tavakkal qil Allohga,
Ishonsang ishonmasang.
Muallif: Komila Qiz.
15.02.2025.✍**
**Dilda bog‘lanib tugun,
Oshiqlar ortar g‘ami.
Qayga qaramay bugun,
Sevishganlar bayrami.
Sovg‘a salom olgan kim,
Ho‘p armonda qolgan kim,
Sevgilisi yo‘qlar jim,
Sevishganlar bayrami.
Qo‘lma-qo‘ldir atirgul,
Bo‘lsangizda yonib kul,
Suvdek ketar bugun pul,
Sevishganlar bayrami.
O‘zida yo‘qdir velik,
Oberaman der gelik,
Bir hafta yo bir yillik,
Sevishganlar bayrami.
Yo‘lin poylab turishar,
Meremeda ko‘rishar,
Puli yo‘qlar urishar,
Sevishganlar bayrami.
Dostavkadan kelar xat,
Qimmat Dubay shokolad,
Chiqarganga ming la'nat,
Sevishganlar bayrami.
Tilla yumshoq o‘yinchoq,
Sovg‘a olgan ko‘ngli chog‘,
Baxtlilardan baxtliroq,
Sevishganlar bayrami.
Paxta-yu patxot kuni,
Ortiqcha rasxot kuni,
Sevganlar bilar buni,
Sevishganlar bayrami.
Muallif: Komila Qiz.
14.02.2025.✍**
**Kechikkan she'r.
12-fevralgacha bitishi kerak edi.
Buyurtma asosida yozildi.
Bugun quchog‘ingiz gullarga to‘lsin,
Yakka-yu yolg‘izim bittam bir donam.
Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin,
Onam Onajonim mening jon Onam.
Erkalaysiz silab ko‘z-u qoshimiz,
Bolam deysiz ulg‘aysada yoshimiz,
Duoyingiz bilan omon boshimiz,
Onam Onajonim mening jon Onam.
Kecha kun tinmaysiz doim bizni deb,
Baxtini ko‘ray shu o‘g‘il qizni deb.
Biz nima qiloldik bilmam sizni deb,
Onam Onajonim mening jon Onam.
Sizga sira yaqin yo‘lamasin g‘am,
Volidam ko‘zingiz bo‘lmasin hech nam,
Eng yaxshi tilaklar bari sizga kam,
Onam Onajonim mening jon Onam.
Yo‘q deya qochmaysiz qilasiz mehnat,
E‘tibor mehringiz bari beminnat,
Har bosgan poyingiz ostidur Jannat,
Onam Onajonim mening jon Onam.
Yaxshiliklar jami bo‘lsin sizga yor,
Siz omon bo‘lsangiz biz ham baxtiyor,
Siz bor uyimizda quvonch bor fayz bor,
Onam Onajonim mening jon Onam.
Havasdaman tog‘dan baland sabringiz,
Berkitasiz bildirmaysiz dardingiz,
Musofirda bilayabman qadringiz
Onam Onajonim mening jon Onam.
Kulib turgan yuzingizni sog‘indim,
O‘g‘lim degan so‘zingizni sog‘indim,
O‘zga emas o‘zingizni sog‘indim,
Onam Onajonim mening jon Onam.
Muallif: Komila Qiz.
13.02.2025.✍**
**Buyurtma asosida yozildi.
Kecha kunduz seni deb,
Qochib qoldiku mazam,
Jinni bo‘ldim esim yeb,
Muazzamhon Muazzam.
Oshiq bo‘ldim ko‘zinga,
Boldan shirin so‘zinga,
Ko‘z tegmasin o‘zinga,
Muazzamhon Muazzam.
Kipriklaring jon olar,
Yurakka olov solar,
Oy sendan ortda qolar,
Muazzamhon Muazzam.
So‘zlaring tegar o‘qdek,
Kuydirasan bir cho‘g‘dek,
Sendayi boshqa yo‘qdek,
Muazzamhon Muazzam.
Kiyimlaring yarashar,
Seni ko‘plar talashar,
Suqlanib ham qarashar,
Muazzamhon Muazzam.
Kulsang birga kulaymi,
O‘l desang gar o‘laymi,
Ko‘zmunchog‘ing bo‘laymi,
Muazzamhon Muazzam.
Dilimdagi zorim bo‘l,
Ko‘ksimdagi orim bo‘l,
Xo‘p desang gar yorim bo‘l,
Muazzamhon Muazzam.
Muallif: Komila Qiz.
04.12.2024.✍**
**Buyurtma asosida yozildi.
Juda yoqib ketyapsan menga,
Mehring bilan bu ko‘nglim to‘ldi.
Tikilib hech to‘ymayman senga,
Ko‘zim tegib qolmasa bo‘ldi.
So‘rab qo‘ymas dilimning ohi,
Qumsayverar ishqim nigohi,
Suqlanib ham qarayman gohi,
Ko‘zim tegib qolmasa bo‘ldi.
Parvonangman yuqmasin deb gard,
Seni asrab avaylashim shart,
Tan olaman lekin mardga mard,
Ko‘zim tegib qolmasa bo‘ldi.
Quvonchisan kulsam yuzimning,
Eng shirini senga so‘zimning,
Boshqalarning emas o‘zimning.
Ko‘zim tegib qolmasa bo‘ldi.
Ko‘zmunchog‘ing bir chetga qo‘yib,
Sog‘inchimning ko‘zlarin o‘yib,
Chimchilasam yuzingdan to‘yib,
Ko‘zim tegib qolmasa bo‘ldi.
Yoqaverar yurish turishing,
Erkalanib mushtlab urishing,
Ko‘rgim kelar labing burishing,
Ko‘zim tegib qolmasa bo‘ldi.
Hijolatdir yonimda Majnun,
Jondan ortiq sevganim uchun,
Qo‘rqamanda bir kunmas bir kun,
Ko‘zim tegib qolmasa bo‘ldi.
Muallif: Komila Qiz.
03.12.2024.✍**
Hech qachon hayolimdan ketmading. Xattoki o'ylashga sendan boshqa million xil o'ylarim borligida ham
**Ko‘zlari hech kulmaydi,
Tebratib ham belanchak,
Baxt neligin bilmaydi,
Sevilmagan kelinchak.
Sevgisi yerda qolib,
Kutar ko‘zlari tolib,
Yig‘lar alamdan yonib,
Sevilmagan kelinchak.
Shirin so‘zga zor bo‘lar,
Hazon bo‘lar hor bo‘lar,
Yolg‘izlikga yor bo‘lar,
Sevilmagan kelinchak.
Yuragi tez urarkan,
Doim qo‘rqib turarkan,
Qil ustida yurarkan,
Sevilmagan kelinchak.
Adog‘i yo‘q sabrini,
Topa olmay qadrini,
Kimga aytsin dardini,
Sevilmagan kelinchak.
Tushar ekan har kuyga,
Chiqmay ma'raka to‘yga,
Sig‘mas ekan keng uyga,
Sevilmagan kelinchak.
Yolg‘iz qushdek uchadi,
Suvmas og‘u ichadi,
Tunda yostiq quchadi,
Sevilmagan kelinchak.
O‘zi ega origa,
Yetolmaydi zoriga,
Begonadir yoriga,
Sevilmagan kelinchak.
Muallif: Komila Qiz.✍**
#SHOIRAGINAMDAN#PREMERA#GAROV **Meni maxzunlikga ketdingmi tashlab.
Ishqimizni yakson etdingmi darrov.
Mayli rozi bo'lsang bugundan boshlab.
Qani... Unutishdan o'ynaymiz garov.
Kim yutsa sinovlar berar ayamay.
O'rtaga tushmaydi qo'cshimcha birov.
Ketamiz so'ngida biror so'z demay.
Ketdik... Unutishdan o'ynaymiz garov.
Zanjirband etamiz tuyg'ularni ham.
Hatto sochimizga qo'nsa ham qirov.
Faqat yodimizda qolsin ushbu dam.
Boshla... Unutishdan o'ynaymiz garov.
Mayli xotiralar kul qilsin bir kun.
Yurak sensizlikga berolmasin dov.
Kel endi yo'q dema kelgin shu bugun.
Hopmi... Unutishdan o'ynaymiz garov.
Alamlar bag'rimiz tilsinlar bir kun.
Mayli taqdir bersin ketma-ket sinov.
Yo'q dema kel endi kelaqol yorim.
Hozir... Unutishdan o'ymaymiz garov.
Alvidoni aytib ketamiz so'ngra.
Mayli sevgi bizga bo'lsin butkul yov.
Muhabbat ko'rinmay qolsin va ko'zga.
Boshla... Unutishdan o'ynaymiz garov.
©??????? ??????...✍
©???????? ???????????...✍
29.11.2024... 14:20...**
*????? ???????????? ????????? ????.#????????*.
???? ???????????? ????????? ????...
Yolg'onlar domiga ko'milib qoldim,
Ishongin xattoki o'zimdan tondim,
Qara yana o'zim ha o'zim yondim.
Seni Sensizlardan izlaganim rost...
Talpindim masofa olisga otdi,
Bilmam sensizlikda qalbim sovqatdi,
Qaqrqirab ko'z yoshim ko'zimda qotdi,
Seni Sensizlardan izlaganim rost...
Jovdirab atrofga boqmoqdaman yor,
Vadalari yolg'on berding-ga ozor,
Men esa savdoyi ko'yingda bemor,
Seni Sensizlardan izlaganim rost...
Shifoim sen debman dardlarimga ham,
Sendan topdim faqat qayg'uyu alam,
Dilda tilga chiqmas so'zlarim qaram.
Seni sensizlardan izlaganim rost...
Ishq jomin ko'targan soqiyman bugun,
Ko'nglimga bog'langan yechilmas tugun,
Aldading ayt axir, ayt nima uchun,
Seni sensizlardan izlaganim rost.
Ko'zlarim ko'r bo'lgan muhabbatingdan,
Sokinlik izlabman suratlaringdan,
Darbadar oshiqman ozorlaringdan,
Seni sensizlardan izlaganim rost.
Seni kitoblar qatiga berkitib qo'ydim,
Yoki yuragimga qilib qo'ydim qast.
Netayin to'ydim rost jonimdan to'ydim.
Seni sensizlardan izlaganim rost.
©??????? : ??????...✍
©????????: ???????????...✍**
Kanalga kerib 50 -ishtirokchiga reaksiya bosib yuboringlar
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago