TMII: KUNDUZGI | TALABALAR

Description
Toshkent Menejment va Iqtisodiyot Institutining (TMII) KUNDUZGI ta'lim shakli talabalari uchun asosiy yangiliklar va e’lonlar kanaliga xush kelibsiz.
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

3 weeks, 5 days ago

📢 MUHIM E’LON! 📢

🎓 Hurmatli Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti talabalari!

Institutimizda kunlik davomat yuritiladi, shuning uchun har bir dars qoldirilishi qayd etilishini eslatib o'tamiz.

Agar siz uzrli sabablarga ko‘ra darslarga kela olmasangiz, Ta’lim sifatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga (I-bino 207-xona) xabar bering va tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

*⚠️ Diqqat!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qaroriga muvofiq, agar talaba bir semestr davomida 74 akademik soatdan ortiq darsni sababsiz qoldirsa, u talabalar safidan chetlashtiriladi.*

Kelajagingiz uchun mas’uliyatli bo‘ling! Intizomingiz – sizning muvaffaqiyatingiz!

📩 Barcha savollar bo‘yicha Ta’lim sifatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qiling.

🔄 Ushbu e’lonni guruhdoshingiz bilan ulashing, shunda hech kim muhim ma’lumotni o‘tkazib yubormaydi!

5 months, 2 weeks ago
Hurmatli talabalar!

Hurmatli talabalar!

Institutimizdagi O‘zbekiston "Yoshlar Ittifoqi" boshlang‘ich tashkilotiga yangi a’zolarni tayinlash jarayoni boshlandi. Yoshlar ittifoqi yoshlarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, o‘zini o‘zi anglashi va kasb-hunar egallashi, mamlakatimiz taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda muhim platforma hisoblanadi.

Agar siz g'ayratga to'la bo'lsangiz, yoshlar siyosatini rivojlantirishga hissa qo'shishga tayyor bo'lsangiz, o'z yetakchilik va tashkilotchilik qobiliyatingizni namoyon etishga intilsangiz, shuningdek, boshqalarga o'rnak bo'lsangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz!

Yoshlar ittifoqiga aʼzo boʻlishni xohlovchilar oʻz maʼlumotlarini quyidagi platforma orqali 20-sentabrga qadar yuborishlari lozim.

ARIZA TOPSHIRISH - https://forms.gle/zDhrN2y9mS1rQBfa7

Kelajakni belgilovchi jamoaning bir qismi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

6 months, 2 weeks ago

DIQQAT E'LON ?

Ilovada ma'lumotlari keltirilgan talabalar bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017-yildagi 393-son qarori “e” kichik bandi (o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli)ga asosan shartnoma bekor qilinayotganligini hamda TALABALAR SAFIDAN CHIQARILAYOTGANLIKLARINI ma'lum qilamiz.

Ma'lumot uchun +998956826000 ga murojaat qiling.

7 months, 2 weeks ago

SO'NGI OGOHLANTIRISH ?

MUDDAT: 2024-yil 31-iyul.

Ilovada ma'lumotlari keltirilgan talabalar 31-iyulga qadar kontrakt-to'lovidan qarzdorliklarini to'lamasalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017-yildagi 393-son qarori “e” kichik bandi (o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli)ga asosan TALABALAR SAFIDAN CHIQARILISHLARINI ma'lum qilamiz.

Kontrakt to'lash masalasida savollaringiz yuzasidan @User212112 ga yoki 207-xonaga murojaat qilishingizni so'ramiz.

8 months, 2 weeks ago

? Hurmatli Talabalar! ?

? “Yilning eng yaxshi ta’lim muassasalari – 2024” tanlovi davom etmoqda va bizda ajoyib yangilik bor! Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti “Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi” nominatsiyasida ishtirok etmoqda! ??

Bu institutimiz kelajakning yetakchilari va mutaxassislari yetishib chiqadigan maskan ekanligini barchaga ko‘rsatish uchun noyob imkoniyatdir! ?

? Nega biz uchun ovoz berishga arziydi?

Biz innovatsion ta'lim dasturlarini taklif qilamiz.

O'qituvchilarimiz o'z sohalarida taniqli mutaxassislardir.

Biz o'qish va rivojlanish uchun qulay sharoitlarni yaratamiz.

Bitiruvchilarimiz mehnat bozorida talabga ega va katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda!

? Institutingizni qanday qo'llab-quvvatlash mumkin?

  1. Ovoz berish uchun havolaga o'ting.
  2. Toshkent menejment va iqtisodiyot institutini toping.
  3. Ovoz bering va do'stlaringizga ulashing!

Birgalikda biz yangi cho'qqilarni zabt eta olamiz! Institutimizni qo'llab-quvvatlang va bizni eng yaxshisi ekanligimizni bo'lishga yordam bering! ??

#TMII #EngYaxshisi #ovozbering

? OVOZ BERISH

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻquv yili yakuniga koʻra tanlov oʻtkazmoqda va sizning ovozingiz muhim! Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur!

Telegram

O'zi nima gap? | Таълим

​***⚡️***Нодавлат олийгоҳлар ичида "Тошкент амалий фанлар университети" ҳаммадан олдинда кетмоқда! ***📈*** "Йилнинг энг яхши нодавлат олийгоҳи-2024" номинацияси бўйича овоз бериш давом этмоқда. ТОП-10 етакчилар билан танишинг: (23-июн 11:50 ҳолатига) 1. Тошкент амалий…

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago