?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month ago
Chekinish, oʻz-oʻziga chetdan qarashlik, qanchadir muddatga online hayotdan va odamlardan uzoq boʻlish.
Aytmoqchimanki, chiqish kerak, tushunyapsizmi? Hech narsa oʻylaganimizchalik mutlaq emasligini, muhim emasligini anglash uchun oʻzimizga, vaziyatimizga chetdan qaray olish kerak. Ishoning, chetdan qaraganda oʻz prinsiplarimiz, oʻjarligimiz, qadriyatlarimiz bilan juda-juda kulgili koʻrinamiz. Sayohat, yaxshi bir kino yoki kitob bariga boshqa koʻz bilan qarashimizga imkon beradi. Bizni qiynayotgan, baxtsiz qilayotgan toʻsiqlar shunchaki xayolotimiz mahsuli ekanligini koʻrsatadi. Ham makon, ham dunyoqarash jihatdan faoliyat doiramizni kengaytirgan sari koʻproq narsani tushuna boramiz.
Мен тўсатдан ғойиб бўламан,
Балки саҳар,
Балки туш пайти.
Ижара ҳақини тўламай...
Сенга севишимни айтмай, ё айтиб.
Aввалгидай оқаверар сой,
Йигит қўшни қизга хат берар.
От бўлади гижинглаган той,
Teлефонлар жиринглайверар.
Хиёбонлар хувиллаб қолмас,
Майхонада чапани, саркаш.
Кўксин муштлаб шеър ўқиркан маст,
Ном чиқарар янги жанжалкаш!
Дўстлар аста унутар номим,
Душманларим ўтгай тупуриб.
Ҳаққа ташна тўпаланг қоним,
Ўзга танда оқар кўпириб.
Мен тўсатдан...
Aён ҳаммаси,
Бундан дунё бўлмайди абгор.
Ҳар даврнинг ўз девонаси,
Ўз даҳоси,
Ўз жаллоди бор.
Фақат тоғлар,
Сени ўйлайман,
Эрта келса ажалим қувиб,
Ем бўлгани асло қўрқмайман...
Keйин қандай яшайди онам?!
Жонтемир
Xullas.
Teligram, instagram shu va shunga oʻxshash chat, kanallarga juda koʻp vaqtimni sarflab qoʻydim.. qoʻyayabman
Shuning uchun nomaʼlum muddatga bu platformalardan uzoqlashmoqchiman.
Eʼtiborni oʻqishga va ishga qaratmoqchiman.
Mendan rozi boʻlasilar.
Kanal balki yuritilar lekin oʻzim emas. Oʻzim ham qaytaman qachondir. Kanalda bolaman, faqat yuritmiman qancha vaqligi aytganimdek nomaʼlum.
***ЙЎЛЛАР
Орамизда минглаб чақирим.
Узун йўллар ҳасратларимдек.
Олисдаги жуда яқиним
Сени ҳеч ким соғинмас мендек.
Тўкилади кўзлар қораси.
Сен мен томон юрмас йўлларга
Қара дилда ишқнинг ноласи
Мажнун дилим кетар чўлларга.
Шу йўлларда ҳижрон тошлари
Товонларим тилиб ташлади
Эркаларим,кўзим ёшлари
Яна қўшиқларин бошлади.
Шу йўлларда умидлар сарсон.
Бораверар соғинч қатланиб,
Мени ташлаб юрагим нодон.
Кетиб қолди сени ахтариб...
Малика Тавфиқ***
....ruhim koʻmilgan joy hamon ovoza
quyoshni sogʻindim va yana seni.
Агар сени ҳеч ким пайқамаса, бора-бора ўзингни мавжуд эканингга ҳам шубҳаланиб қоласан. Борлигингни билдириш учун адабиёт ва санъатдан фойдалан — мушкул, бироқ ҳузурли йўл бу.
Нодирабегим
Ular o‘zlarini qadrli deb his qilishlari kerak. Bu ularning kasalligi.
©Bukovskiy
Agar menga biror narsa yoqmasa, demak, menga u shunchaki yoqmaydi. Nima uchun men ko‘pchilikka yoqadigan yoki ular buni yoqadi deb o‘ylagani uchungina menga shu narsa yoqadiganday ko‘rsatishim kerak o‘zimni? Men bu narsa hozir urf bo‘lgani uchungina sevishim yoki seva olmasligim mumkin emas;
Jek London. "Martin Iden"
To'g'ri yashash degani adashish, ko'zyoshlar, kimlardandir voz kechish, nimalarnidir boy berish, unutish, alam, yo'qotish, sinovlar va yana qayta oyoqqa turish degani. To'g'ri yo'lni shunchaki jim turish, qo'rqoqlik, beparvo yashash, loqaydlik orqali topib bo'lmaydi.
Ulg’ayish payti keldi
Eshikni taqillatib gazdan, svetdan kelishardi. Bizga qarab: Kattalarni chaqir deyishardi.
Bilishardi, yosh bola bilan hech nimani hal qilib bo’lmaydi.
Maktabda bola xato qilsa, ota-onasini chaqirishardi.
Bilishardi, yosh bola qilgan ishiga o’zi javob berolmaydi. Boladan ko’proq ota-onasi uyalardi.
18 yoshdan haydashga, nikohlanishga, chetga mustaqil chiqishga ruxsat berishadi. Bu huquqiy kattalik xolos. Hamma har xil katta bo’ladi.
Hayotda kimdir 30da ham yosh bola ekanligini, kimdir esa 15 yoshida katta bo’lganini ko’p ko’ramiz.
Katta bo’ldikmi yoki yo’qmi qayerdan bilamiz?
Bolalar muammo kelganda ota-onasiga yuguradi. Kattalar o’zi yechadi.
Bolalik belgisi - yoqmagan narsadan shikoyat qilishda.
Kattalik belgisi - nolimaslikda. Jim hal qilishda.
©Aziz Rakhimov
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month ago