Anora Abirkulova

Description
Fantastikasiz, me'daga tegmaydigan kopirayting sizga qiziqmi?
To'g'ri manzildasiz, joylashib oling.
📥 Kurs bo'yicha murojaatlar: @Anora_Abirkulova

@Portfolio_of_Anora
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 week, 1 day ago

Berilib kino ko'rayotganda reklamami?

😅 Avvaliga million xil kelin, qaynona, yana allaqanday maishiy mavzulardagi "sevimli" seriallarimiz orasiga davomli reklama qo'yishar edi.

Keyin vaqtimizni yanada maroqli o'tkazish uchun ko'ch-ko'ronimiz bilan ijtimoiy tarmoqlarga joylashdik.

Reklamachilar ham anoyi emas)) Haaaaar 2 ta videoning bittasida reklama aylanib bezor qilib yubordi. Boshida-ku olsak-olmasak yoqqan hamma sahifaga obuna bo'lib, videoni saqlab qo'yar edik (qora kunga bir burda non asragandek).

Oddiygina Instagram shunchalar reklama bilan to'lib-toshdiki, ochiq maqtovlar natija bermay qo'ydi.

😄 Endigi ajoyib usul esa — kontent marketing!

@Kopiraytingda_foyda da yig'ilib tursangiz, kechroq yangi post chiqadi.

1 week, 3 days ago
1 week, 5 days ago

⚖️ "TAROZI" (mualliflik usulim)

Bugungi kunda Instagramda videoformat aktual. Demak, postdan ko'ra ssenariyga talab katta.

🔵Qanday yozamiz?
🔵Nimalarga e'tibor beramiz?
🔵Shablon bormi?
🔵Namuna ko'rsam degandim...
🔵Hajmi qancha bo'lsin?
🔵E'tiborni qanday tortay (dastlabki 3 sekundda)?
🔵 Ssenariyimni o'qigan inson voqelikni tasavvur qila olmayapti...

Yuqoridagi fikrlar xayolingizdan biiiiir martagina o'tgan bo'lsa FOYDA ga ulanib oling.

🎉 Ssenariylar haftaligi ochildi!

P.s: Bilasiz-a, yozsam sirlarini bekitmay yozaman + namunasi bilan.

2 months, 3 weeks ago
3 months ago

Yaqinda bir loyiha uchun zudlik bilan Premium kerak bo'lib qoldi.

Bu yigit bizning kursda, aniqrog'i Zuhriddin akada o'qiganlar. Nimadir bo'lib kontaktimda bor ekanlar. "История"lari chiqib turar edi.

Xullas yozdim. 1 oylik obunani Telegram akkauntimga kiribgina olib bera olishlarini aytdilar. Bir seskanib tushdim)

? Keyin "E xay, pullar, kvartiralarning kaliti, arendadagi "нежилой" larning hujjatlari – hammasi 2 ta seyfda. Mashinalar – garajda. Olsa bir Telegramimni olar" – deb menga kelgan kodni aytdim. Hattoki erim bilan shaxsiy yozishmalarni ham o'chirmadim.

Baraka topgur, kirdilar-u ishlari bitgandan darrov akkauntimdan chiqib ketdilar.

? Shunaqa halol insonlarning daragini aytib qo'ygim keldi.

P.s: Xayollarim hazilligini eslatishim shart emas-a)
Alloh hammaga nasib qilsin.

3 months ago
Mana shu kanal bilan tanishib turing-da, …

https://t.me/abbostv_blog

Mana shu kanal bilan tanishib turing-da, hozir qizimning qornini to'yg'azib kelib ?? (от души) reklom qilaman.

5 months, 3 weeks ago

Armonda qoldim... Dadamni berib qo'ydik... Inna lillahi inna ilayhi rojiun Duo qiling

6 months, 1 week ago

Ihm ihm?

Mana nimaga kopiraytingdan tanaffusda edim?

Biznes qalay?

7 months, 1 week ago

"Muborak" Nafsning 7 martabasi:

1. Nafsi ammora
Yomonlikka buyuradigan, gunoh ishga tashviq qiladigan nafs.
Mushriklar, kofirlar, fosiq insonlarning nafsi. Lekin hammamizga ham eng kuchsiz, yolg'iz paytimizda yopishadi.

Quroli: nafrat, hasislik, adovat, shahvat, yolg'on.

2. Nafsi lavvoma

Bu nafsdagi odamlar ba'zan vijdonlariga quloq solishadi. Ishlarining gunoh ekanini tushunib yetib, tavba qilishadi. Qing'ir yo'lga boshlagan nafsi ekanini bilsalarda, tuzog'iga tushib qolaverishadi. Ular BILSA HAM BILMAGANLAR, AMMO FARQIGA BORADIGANLAR.

Ibodati jannat ne'mati yoki jahannam qo'rqinchi uchun, ya'ni nafsi uchun.

3. Nafsi Mulhima

Ahli ilmlar nafsi. Ilhom oluvchilar nafsi. Bu ilhom Allohdan keladi. Bunday kishilarda ilm, to'g'rilik, tavoze, jo'mardlik, sabr va shukr bo'ladi.

Mulhima nafs – nafsning shivir-shivirlari, vasvasalaridan najot topish chegarasida joylashgan. Shuning uchun bu darajada yana nafsi lavvomaga tushib qolish xavfi bor.

4. Nafsi Mutmainna

Ko'nglidan shubhalari arigan, qalbi huzur topgan, haqiqatni anglab yetgan nafs. Har bir ishning Allohdan ekaniga ishonch bor bu darajada.
Bunda shirk, zulm, yolg'onchilik, shahvatparastlik, kibr, hasislik, hasad yo'q.

Sifati– amal va ixlos, tavakkul, nafsni qiynash, ibodat, shukr, rozilik.

5. Nafsi rizoiya

Rozi bo'lgan, shukrona qiluvchi nafs. Bu oliy maqom valiy zotlarning martabasidir. Qanday natija bo'lishidan qat'iy nazar Allohga taslimiyat ko'rsatish, har bir ish Allohdan ekanini anglab yetish (intuitsiya juda kuchayadi)

6. Nafsi Marziyya

Alloh rozi bo'lgan nafs. Ilm va komillikda ilmning tubidagi valiy zotlardir.
Allohning barcha amrlarini chin ko'ngildan samimiy ado qilib, Allohdan rozi bo'lgani kabi, Robbim ham bu bandalardan rozi bo'ladi.

7. Komil nafs

Mukammal, poklangan nafs. Bu maqomda butun vujud, aql, ruh, nafs – barchasi nur bo'ladi.
Bu martabaga erishgan zotlar Alloh taoloning ilmidan, qudratidan nasibador bo'lib, ba'zi sirlardan ham boxabar bo'ladilar.

8 months, 2 weeks ago

Sirlashamizmi?

Oxirgi oylarda ishlagan loyihalarimdan xizmat haqqimni olishim qiyin bo'lyapti.

Biri "Bugun-erta, ana-mana, vay uzr planlar o'zgarib ketdi, o'zimdan to'liyman shekilli. Qancha beriy?" – degandi. "Rozi bo'lganingizcha" deb javob yozgandim, mana, 1 haftadirki xabarni ham ochmadi. ($70 lik ish edi)

Ikkinchisidan umid bor, to'g'rirog'i kechikyapti xolos. $100 dan oshiqroq. "Alloh ulargayam osonlik bersin" deb duo qilib o'tiribman.

Muhimi bu emas!

Muhimi – ichimdagi ovoz.

Bir qonimni qaynatadiiiii....

⚠️ *Kopirayter sizga (sengamikin yoki) o'yinchoqmi? Plani bilan nima ishim bor? Vazifa berildi, yozdim, haqqimni bering...

Yozgan har bir harfimga, ketkazgan vaqtim tugul sekundimga rozimasman!

Muammosi bo'lsa menda nima ayb?
Vaqtida mas'uliyat bilan ishni topshirdimmi, boshqasi bilan ishim yo'q!*Sizniyam ichingizdan o'tganmi?
Nafs shudirda-a?

Mijozlarimga 1-2 xolisona eslatdim, lekin jimman.
Chumolini rizqsiz qoldirmagan Allohim meniyam haqqimni kerak vaqtida yetkazadi.

Ehhh, nafs, nafs...

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago