Turgunov management

Description
Biznes boshqaruv haqida telegram kanal.

Muallif: Ravshan Turgunov
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 weeks, 1 day ago

Bu kanalni yaxshi yurita olmadim, shuning uchun boshqaruv haqida asosiy kanalimda yozishni boshladim.

U yerda ancha aktivman, ushbu postlar vaqt va pulingizni tejab beradi.

@ravshanturgunov kanalida dardlashamiz

1 month ago

Managementni bo’yicha top 5 kitob?
Doim beriladigan savol. Managemetni shu kitoblar orqali o'rgana olasiz, amaliyot qo’llasangiz bo'ldi.

Kitoblar:
1. “The making of a manager” - Julie Zhou (eng / ru)
2. “Radical candor” - Kim Scott (eng / ru)
3. “Жетский менеджмент” - Дэн Кэнеди (ru / eng)
4. “Hight output management” - Andy Grove (eng / ru)
5. "The hard thing about hard things” - Ben Horowitz (eng)

Kitob o'qish - arzon va sekin yo'l . Tezroq va samaraliroq yo'l kerak bo'lsa, tadbirkorlar va rahbarlar uchun mentorship qilyapman degan edim. U yerda 15 rahbar bilan boshqaruvni chuqur o’rganamiz va xatolarni aniqlaymiz.

Dushanba kuni boshlayapmiz, 4 joy qoldi. Ishtirokchilarni o'zim 1-1 suhbat orqali tanlab olyapman, hammani ham olmayapmiz.

Batafsil ma’lumot - tugma

Suhbatga yozilish - tugma

1 month, 1 week ago

Tizimsiz ko'p pul yo'qotasiz

Kompaniyani tizimini tekshirish oson, mijozlar bilan ishlaydigan xodimi bilan gaplashib ko‘ring, misol uchun sotuvchisi bilan. Har xil raqamdan 2-3 marta telefon qilib ko‘ring, har safar har xil gaplar bilan gaplashilyaptimi? Skript yo‘q, tizim qo‘yilmagan.

Bunday biznes kengayishi qiyin, sotuvchi kayfiyatiga qarab gaplashsa, 2-3 baravar sekinroq ishlaydi. Tayyor javoblar yo‘q bo‘lsa, unda ularni o‘ylab topishga sotuvchi o‘zi vaqt va energiya ketkazadi. Uyida muammo bo‘lsa, sotuv paytida o‘ylay olmaydi va kam sotadi.

Sotuv bo‘limida tizim qo‘ymasangiz, 4 odam sota oladigan miqdorni 10 odam qilishni boshlaydi. Bu nima degani? Kengayish uchun siz normadan 2 baravar ko‘proq sotuvchilarni ishga olishingiz kerak, ya’ni tizimli raqobatchingiz sizdan tezroq kengaya oladi.

4 sotuvchi aytaylik 20 million so'mga ishlasa, 10 sotuvchi esa 50 millionga ishlaydi. 30 million so'm ortiqcha xarajat to'g’ri sizning sof foydangizdan ketadi. Tizim qo'ymasangiz yiliga 360 million so'm (yangi malibu 2) yo’qotasiz.

Tizimsiz pul yo‘qotasiz, tizimsiz kichkina bo‘lasiz.

2 months, 3 weeks ago

Ixtiyoriy sport bilan shug‘ullanmagan baribir majburan shug‘ullanadi
Jamiyatga qarang: 51% aholida ortiqcha vazn bor, 28% aholi semizlikdan azob chekadi, qayerga qaramasangiz apteka va xususiy klinika.

Aslida muammoni sabablari bilan olishish kerakligida, biz faqat oqibatlari bilan kurashamiz. Sport bilan shug‘ullanmasdan dori ichamiz.

"Bugun o‘z oyog‘ing bilan zalga kelmasang, ertaga shifokorning buyrug‘i bilan kelasan" deb yangi podcastimizning mehmoni aytdilar.

Tanangiz o‘zi Ferrari, lekin siz uni 60 km/s tezlikda haydayapsiz, ya’ni hayotdagi bor go‘zalliklardan foydalanmayapsiz.

Hayotingiz uchun premium obunani olmoqchi bo‘lsangiz Axad aka Xudayarov bilan yangi Asoschilar podcastni ko‘ring.

3 months ago

Atrof muhitini rivojlantirmoqchi bo’lganlar uchun
Asoschilar club’ga qo’shilish uchun har kuni odamlar yozyapti, lekin u yerga faqat oyiga $5,000+ topadigan tadbirkorlarni olyapmiz.

Baland talablar deb ko’plar qo’shila olmadi va shuning uchun hammaga to’g’ri keladigan loyiha boshlayapmiz - «Asoschilar biznes nonushta».

Yakshanba kuni 10:00 Toshkentda biznes nonushta bo’ladi, u yerda tadbirkorlar, menejerlar va endi biznes boshlayotganlar yig’iladi. Yangi tanishlar orttirish uchun yaxshi imkoniyat.

Birinchi uchrashuvda o’zim menejment bo’yicha 1 soatlik trening qilib beryapman. Joylar soni 50ta, hozir 25 qoldi.

Qatnashish narxi - 200.000 so’m, ichiga nimalar kiradi: nonushta, trening, yangi tanishlar.

Joyni band qilish uchun @asoschilarmanager yozing va guruhimizga qo’shiling (https://t.me/+vGjUGlu7fkMzYTli)

3 months, 2 weeks ago

Xodimlarini sevmaydigan rahbar - rahbar emas
Bitta tadbirkor tanishim bilan gaplashib qoldim. Jamoasi haqida gapirishini eshitib, xodimlari uning pulini o‘g‘irlab ketgan deb o‘ylab qolishingiz mumkin.

Xodimlar haqida savol berganimdan keyin faqat bitta xodimi yaxshi, qolganlarini qo‘lidan hech narsa kelmasligini va qanchali ular ishni eplay ololmayotganini aytib berdi. Bunday gapda ayb yo‘q, lekin endi shu sahna ko‘rinishini nafrat bilan gapirib berayotgan tadbirkor bilan tasavvur qiling.

Rahbar >= uning jamoasi, sizning jamoangiz hech qachon sizdan aqlliroq va mehnatsevarroq bo‘lmaydi, ularning eng yuqori holati - siz. Sizdan kuchliroq odamlar sizda ishlamaydi va normal holat.

Kuchli jamoa xohlayapsizmi? 2 tavsiya:
1) O‘zingiz o‘sing
2) Xodimlarni sevishni o‘rganing

@turgunov_management

5 months, 4 weeks ago

Dunyo oq-qora emas

Milliy TV’ni ko‘rsangiz - hammasi yaxshi va gullayapmiz. Negativ blogerlarni kuzatsangiz - hammasi yomon va yaqinda o‘lamiz.

Odamlarga ahamiyat bersangiz ham, ikkita taraf bo‘lib olishgan, bitta taraf ikkinchisini umuman qabul qilmaydi.

Management haqida 1-kitobni 4 yil oldin o‘qiganimda o‘zimni eng zo‘r manager deb o‘ylashni boshlaganman.

10 kitobdan keyin esa management ancha chuqurligini tushundim, bitta muammoga 4-5 potensial yechimlar bor ekan.

Dunyo oq-qora emas, dunyo - dunyo. Yaxshi odamda yomon taflari bor, yomon odam esa ko‘p savob ishlar qilayotgan bo‘lishi mumkin, hamma kulrang.

Odamlarni, ideologiyani yoki zamonni mutlaqga olib chiqish - radikalizm deb nomlanadi, u esa bilim kamligidan bo‘ladi.

Radikallarni aniqlash oson, ular boshqa tarafni o’rganishmaydi va yaxshi-yomon kabi sifatlarni ko’p ishlatishadi.

@aqlli_ikkichi

6 months, 2 weeks ago

Kuchsizlik belgisi

Farzandini boshqara olmaydigan ota-ona stressga tushadi.

Stress paytida esa ovoz ko‘tarib qo‘yishi mumkin yoki, undan ham yomoni, farzandiga qo‘l ko‘tarishi mumkin.

Management'da bu kuchsizlik belgisi hisoblanadi, chunki tinch usullar bilan kerakli natijaga erishilmagan va kontrol yo‘qolgan.

Management psixologiyasi turli xil darajalardan iborat. Agar xodimga ko‘p ovoz ko‘tarib, emotsional gapirsangiz, u bunday munosabatga o‘rganib qoladi.

Qo‘pol muomalaga o‘rganib qolgan xodimga keyin oddiy gap ta’sir qilmay qolishi mumkin.

Stressga tushib ovoz ko‘taryapsizmi? Demak nazorat qila olmayapsiz.

Anchadan beri bunday munosabat qilasizmi? Katta ehtimol bilan xodimlaringiz bunga o‘rganib bo‘lgan.

@turgunov_management

6 months, 2 weeks ago

Asoschilar podcastining yangi soni chiqdi
Mehmonimiz sotuv bo’yich expert - Sarvar Zaynutdinov. Sotuvni o’rganmoqchi yoki kuchaytirmoqchi bo’lganlarning barachisiga ushbu podcast foydali bo’ladi.

Sotuvni o’zingiz uchun qayta ochmoqchi bo’lsangiz, podcastni ko’rishni tavsiya qilaman.

Ko’rish: https://youtu.be/iH7WmBq1tT0?si=EyFYQalsdDkT7eZE

7 months ago

Asoschilar podcastining 14-soni chiqdi - https://www.youtube.com/watch?v=FqpAFd3SNZw

Mehmonimiz katta IT tadbirkor Alisher Tojiev. Biznes qiziqadigan barchaga ushbu sonni ko’rishni tavsiya qilaman, chunki men ham o’zimga ko’p yangi narsalar oldim

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago