"BIZ"iston

Description
BIZ, BIZ boʻla olganlar va BIZ boʻlmoqchilarning hayoti...

"Sen" va "Men" yoʻq, faqat "BIZ" bor!
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

? Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

? @Edu_murojaatBot

Last updated 2 months, 2 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

1 month ago

#hayotiy

Turmush o'rtog'imdan turk tili o'rganayotgan paytlarim iloji boricha darslarni o'z vaqtida qilishga harakat qilardim. Ammo inson mukammal emas, ba'zida ulgurmas edim, ba'zida chala bo'lib qolardi. Ayniqsa, o'sha paytlar Bitiruv malakaviy ishimni ham yozayotgandim.

Xullas, bir kuni lug'at so'rayotganlarida dorixona so'zining tarjimasini topolmadim. Hech esimga kelmadi. Aaaasta daftarimga qaramoqchi edim, eplolmadim, yetmaganiga sezib ham qoldilar. Bir yondan so'zning tarjimasini topolmaganim, ikkinchidan daftarga qaraganim uchun shunaqangi marmeladli, asalli, "shippa-shiringina" gaplarni eshitdimki?...

Menga tugul, mushugimga "pisht" deyishmagan qiz emasmanmi, biraam og'ir botdi. Ko'zimdan yosh chiqib ketdi. Kameramni o'chirib qo'ydim. Qayerdan ham o'chirdim, undan keyin battar gap eshitdim?

Shundan keyin "eczane" xotiramdan chiqmaydigan bo'lib, tosh bilan yozildi?
Hozir ko'chada yonidan o'tsak yoki biror kitobdami, ijtimoiy tarmoqlardami, xullas, qayerda duch kelsam shu voqea esimga kelaveradi. Kichik travma yashaganman menimcha ?

Gapning qisqasi, bu kanalda erjonni o'quvchilari bo'lsa va men eshitgan o'sha marmeladli "shirin" gaplardan eshitayotgan bo'lsangiz, xafa bo'lmang. Bu gaplarni ustozingizning ayoli ham eshitgan. Dars vaqtida ustozingizga shoh-u gado teng??
Agar eshitmagan bo'lsangiz, hech eshitmang, davomiy bo'lsin...

@biziston

1 month, 1 week ago

#hayotiy

Men dunyodagi har bitta mavjudotni yaxshi ko'radigan biri edim. Jonli ne borki, hammasini. Qushlarni, hayvonlarni, qumursqalarni... va insonlarni. Tanisam-tanimasam hamma insonni. Terisining rangi, irqi, dini, millati qanday bo'lishidan qat'iy nazar hammani...

Nega?
Chunki hayvon, qush, qumursqalarga qarab tabiat go'zalliklarini, olam qonunlarini, insonlarga qarab ilohiy tiriklikni anglash, bilish, his qilish mumkin.
Ammo...
Ammo endi insonlarni yaxshi ko'rmay qoldim.

Turmush o'rtog'im insonlarga nisbatan nafrat bilan gapirsalar, qaytarardim bundan. "Yo'q, yomon ko'rmang", derdim. "Hali ularning asl yuzini ko'rmagansiz, bilmaysiz, ilohim ko'rmang ham, qalbingizda nafrat bo'lmasin", derdilar.

Afsuski...
Qalbimda endi insonlarga nisbatan nafrat ham bor.
Sevgi, muhabbat, mehr, go'zallik... va nafrat. Umuman xohlamas edim buni.
Majbur qilishadi.
Bugun ham bir sabab bo'ldi bunga.
Buni bafurja yozishni xohlamadim.

Qo'rqaman odamlardan.
Yuzlari ming turli.
Allohni o'rtaga qo'yib yolg'on gapirishadi. Besh vaqt namoz o'qiydi, og'zidan Astag'firulloh tushmaydi, ammo ham qalbi, ham qo'li bilan atayin gunoh qiladi.
"Musulmonman"deydi, ammo birovning haqqidan qo'rqmaydi.
Dindoshi, yurtdoshi, vatandoshiga zulm qiladi. Musofirlikda bir-birini qo'llab-quvvatlash o'rniga, go'riga o'tin qalash bilan ovora.
Ko'zi ko'r, qalbi so'qir, ruhiyati bo'sh, hissiz insonlar...

Bularni xohlasam-xohlamasam kuzatishga majbur bo'laman. Yuragim og'riydi, xafa bo'laman. Nega Odam farzandlari bir-birini bunday qiynaydi, savoliga javob topolmayman.
Biror hayvon yoki qurt-qumursqa bir-birini insonchalik qiynamasa kerak.

Men odamlardan qo'rqaman. Qo'rqa boshladim, ortiq. Qalbimga nafratni aynan o'shalar soldi. Alloh meni yaratganida sof fitratda edim, onam meni dunyoga keltirganida qalbimda nafrat tugul, "n" harfi ham yo'q edi. Aybdor ular. Mening yuragimga nafrat solgani uchun aybdor. Boshqalarga nisbatan ishonchsiz qilib qo'ygani uchun aybdor.

Men haliyam hayvonlarni, qushlarni va hatto qumursqalarni yaxshi ko'raveraman. Ammo endi insonlarni emas...

@biziston

1 month, 1 week ago

#hayotiy

Yarim soat ovqatlantirib, 1 soat qo'lda ko'tarib, 10 minut yelkaga qo'yib, 15 minut shishsh-shishshlab, zo'rg'a uxlatgandan keyin, bolasining shirin uxlaganida hidlab, quchoqlab, o'pib uyg'otib yuboradigan mavjudotga Ona deyiladi.

@biziston

1 month, 1 week ago

#mulohaza

"Allohim duolaringiz va niyatlaringiz ijobatini ko'nglingiz sofligi qadar amalga oshirsin" desam Sizni duo qilgan bo'lamanmi yoki qarg'agan?

@biziston

1 month, 2 weeks ago

#hayotiy

Soat 12 ga yaqinlashayotganini Muhammad İrfonga qanday tushuntirsam ekan?

@biziston

1 month, 2 weeks ago

#hayotiy

Onajon bilan dadajonim kitob o'qishni yaxshi ko'rishadi. Ayniqsa dadam. O'zim o'qigan, yig'gan va sepimga ham opketgan 500 dan ko'p kitoblarimni bittalab o'qib chiqqanlar, orasida o'qiganlari ham bor ekan. Onam esa shu yoshlarida arab tili o'rganib, Qur'on o'qishni boshladilar.

Oʻzbekistondan kelishlaridan oldin "Kitob olib kelmanglar ortiqcha yuk qilib, o'qisangiz bu yerda kitoblarimiz bor" degandim. Ammo boshlang'ich arab tili kitoblari esa bizniki bilan bir xil emas ekan. "Esiz, bu boshqacha ekan, o'zimnikini olib kelsam bo'larkan" dedilar.
"Onajon, hozir XXI asr, yechilmaydigan masala yo'q, hooozzzzir hal qilamiz", deb shartta internetga kirib, kitobni yuklab oldim. Qiynalmasinlar deb kattagina planshetda ochdim. "E qoyil, qizim" deb qo'yadilar xuddi katta ish qilganimday?
Man ham tog'ni talqon qilganday kerilib qo'ydim?

Bu orada katta bobomizning o'qimishli, eski yozuvda xat-savodi bo'lgan, eski yozuvdagi antikvar kitoblari ham 1-2 ta saqlanganini, hozirda qarindoshlar qo'lida ekanini dadamdan eshitib, shuni Surxondaryoga borsak olish payiga tushishni rejalashtiryapman?

@biziston

1 month, 2 weeks ago

#diqqat

Hurmatli ota-onalar!
Oramizda bolasi uchun homeschooling qilganlar bormi?
Yoki shuni rejalashtirganlar?

@biziston

1 month, 3 weeks ago

#kayfiyat

Turmush o'rtog'im qo'shiq eshityaptila. Shunchalar mazza qilib, ko'zlarini yumib, birga qo'shilib aytib...

Man esa:
- Nahor oshida aytiladigan qo'shiq-ku bu?

@biziston

1 month, 3 weeks ago

#hayotiy

Erjonni aytmay, ogohlantirmay, to'satdan, eng muhimi, hech qanday bayram kunlarisiz oddiy kunlarda ham nimadirlar sovg'a qilib, xursand qilishlarini sevaman❤️

Manga 4 talik qozonlar to'plamini opkeptila. Yetmaganiga Madame Cocodan?

Shu qozonlarda yaxshi kunlarimizda shirin-shirin ovqatlar pishirish nasib qilaversin?

P/s Oshxona buyumlarini sovg'a qilishsa, xursand bo'ladigan yoshga yetib kelibman?

@biziston

4 months, 3 weeks ago

#tahrirsiz

OILANGNI SOGʻINDINGMI? 10

AİLENİ ÖZLEDİN Mİ? 10

Kasalxona burchagida kelgandaliklar!
Bir burchakka oʻtirdim, ichimdan kelganlarning juda oooozzzginasini (tahrirsiz) sizga ilindim!

Yoshligimda uyga kech kelsam onam uxlamay kutib oʻtirgan boʻlar edilar. "Ona uxlasangiz boʻlmaydimi, nima qilib oʻtiribsiz bu paytgacha" - desam, onam "Hali katta boʻlib, farzandli boʻlsang bilasan, tushunasan" - derdilar. Dadamga "Dada shuncha oʻzizni oʻqqa-choʻqqa urib ishlashingiz shartmi" deganimda, dadam "Oʻgʻilboy siz ham bir kuni uylanib, oila boshi boʻlgan paytingiz tushunasiz" deganlarini eslayman.

Ming marta tel qilgandan keyin,  "Ukajonim, musofirda yuribsiz oʻzizni ehtiyot qiling, oʻzingizdan xabar berib qoʻying, sizni yaxshi koʻraman" - deganlarida, "Akajonime menga jin ham urmaydi, xavotir olmang" - javobimdan soʻng, "Siz meni yakka jigarimsiz, boshqa uka tugʻib bera olmaydi hechkim" - deganlarini unutmasam kerak!

Bugun 8 soatlik dars, üniversitet ta'limi, uy-roʻzgʻor, yugur-yugur qilib oʻzimga shu savolni berib koʻrmagan ekanman. Ba'zan vaqti keladi darsga ozgina qolganda ishim chiqib qoladi, kimdir yordamga chaqiradi, kimdir "Aka shu yerda turibman chiqib kelmasangiz boʻlmaydi" - deydi anduh bilan. Musofirda hamma bir biriga koʻrinmas ipga bogʻlangandek, nega unga yordam qilayotganingni ham nega yordam qilmayotganingni ham bilmaysan.

Bugun akamni sogʻindim, yakka jigarim. Ota onam boshqa menga aka qilib bera olmaydi. Akamni judayam sogindim. Nega akamni bunchalar sogʻinganimni oʻzim ham bilmayman!? Oʻzi nega degan savol soʻraladimi? Onam bizga ishlarni boʻlib berib oʻzlari ishga ketar edilar, ikki ogʻil uyda urish-janjal goho oʻynab ishlarni qilar edik. Men akamga mening ishlarimni ham qildirar edim. Akam yoki soddaligidan yoki bilib turib indamay qilaverar edilar. Bir marta kasal boʻlib qolganimda akam ustidagi kurskasini yechib yelkamga tashlagan edilar, oʻzlari chopon kiyib Toshkentga ketganlari esimda. 10 yillab oʻqishdan yiqilsa ham, meni oʻqiyotganimda oʻzini qoʻyarga joy topolmay yurgan akamaa!

Aka, keling bitta quchoqlay. Akajon, sizni judayam sogindim. Akajonim, diydoringizga bir toʻyay. Akangiz, ukangiz, opangiz va singlingiz boʻlsa boring, hidini toʻyib ichingizga torting. Koʻzlariga qarab ularni yaxshi koʻrishingizni ayting. Uzoqdamisiz, unda telefon qiling, xabar yozib yuboring! Agar turmush oʻrtogʻingiz yoningizda boʻlsa unga sevishingizni ayting, ayta olmasang unda bir yoʻlini qilib bildirib qoʻying!
Onajon, dadajon sizlarni yaxshi koʻraman!
Akajonim sizni yaxshi koʻraman!
Xotinjon sizni yaxshi koʻraman!

@NumonNasrullayev

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

? Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

? @Edu_murojaatBot

Last updated 2 months, 2 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago