Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Bugun #uztreasure – zamin xazinalari ruknida yozuvchi Abdulla Qodiriy va uning xonadonida 2019-yilda ochilgan muzey haqida hikoya qilamiz.
Abdulla Qodiriy shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, oʻzbek adabiyotida tarixiy roman janrining asoschisidir. Yozuvchi 1894-yilda Toshkentda o‘ziga to‘q savdogar oilasida tavallud topgan. Bolaligidan u tojirlar, boy va kambag‘al dehqonlar, iste’dodli hunarmandlar, mangu muhtojlikda kun kechirayotgan mayda kosib va yersiz ziroatchilar qurshovida bo‘ladi. Pirovardida aynan ular yozuvchining bosh asarlari qahramonlariga aylanishadi. Qodiriyning toj asari “O‘tkan kunlar” romani bo‘lib, XIX asr oxiri o‘zbek xalqi tarixidagi o‘zaro ichki davrni tasvirlaydi. Ilk marotaba 1922-yilda chop etilgan asar yangi o‘zbek realizm nasrchiligining debochasi bo‘ladi. Roman dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilinib, 1969 va 1997-yillarda esa muvaffaqiyatli ravishda ekranlashtirilgan. Joriy yilning oʻzida Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Qodiriyning dovrug‘li kitobi asosida tayyorlangan myuziklni muxlislar e’tiboriga havola etadi.
Qodiriy muzeyi adibning 125 yilligi munosabati bilan Toshkentning Shayxontohur tumanidagi mahallasida ochilgan. Bu yerda u oilasi bilan kichkina, ammo shinam ikki qavatli imoratda istiqomat qilgan. Undan uncha uzoq bo‘lmagan joyda mehmonlar uchun ochiq ayvonli yana bir mo‘jaz uy va yozuvchi o‘z asarlarini yaratgan ijod darsxonasi bor. Ijtimoiy-siyosiy mavzularda qalam tebratgan adibning nabirasi Xondamir ham tarkibida bor muzey ma’muriyati xonalarning asl holatini borligicha saqlab qolishga sa’y-harakat qilgan. Hamma narsa o‘z joyida qolgan – yozuv mashinkasi, choy servizi, so‘zana, gilam va ko‘rpachalar.
Muzey hududida yozuvchiga yodgorlik o‘rnatilib, shu yerning o‘zida tuman xalq kutubxonasi joylashgan.
Respublika bolalar kutubxonasi professional hamjamiyat doirasida tajriba almashish va inklyuziv loyihalarni ishlab chiqishning turli ssenariylarini muhokama qilish maqsadida “Garaj” muzeyining inklyuziv dasturlar jamoasi tomonidan o‘tkaziladigan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” xalqaro anjumani hamkori bo‘ldi. Bu yil anjuman 19–21-aprelda Toshkentda bo‘lib o‘tadi!
Bu yilgi mavzu – bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda inklyuziv amaliyotlar. Xalqaro tajriba almashish lozim, axir mutaxassislar hamfikrlarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lib turgan bir vaqtda, ko‘plab tashabbuslar tarqoq holda mavjud bo‘lib kelmoqda. Biz turli tajribaga ega bolalar va oʻsmirlar uchun loyihalarni amalqa oshirish, uslub yoki ishlab chiqilgan uslub asosida tadbirlarni oʻtkazishni muhokamaga taqdim etishga tayyor muzey xodimlari, oʻqituvchi, uslubchi, rassomlar hamda taʼlim amaliyoti va inklyuziyaga qiziqqan boshqa mutaxassislarni izlamoqdamiz.
2024-yil 3-martgacha loyihalaringiz haqidagi hikoyalarni intiqlik bilan kutamiz. Tafsilotlar acdflibrary.uz’da.
—
Республиканская детская библиотека стала партнером международной конференции «Музей ощущений 0+», которую проводит команда инклюзивных программ Музея «Гараж» для обмена опытом внутри профессионального сообщества и обсуждения различных сценариев развития инклюзивных проектов. В этом году конференция пройдет с 19 по 21 апреля в Ташкенте на нашей площадке!
Тема этого года — инклюзивные практики в работе с детьми и подростками. Международный обмен опытом необходим, ведь многие инициативы существуют изолированно, в то время как специалисты нуждаются в поддержке единомышленников. Мы ищем музейных сотрудников, педагогов, методистов, художников и других специалистов, интересующихся образовательными практиками и инклюзией, готовые предложить к обсуждению реализацию проекта, методику или провести мероприятие по разработанной методике для детей и подростков с различным опытом.
Мы очень ждем рассказы про ваши проекты до 3 марта 2024 включительно. Подробности на acdflibrary.uz.
19-fevral kuni soat 18:00 da Respublika bolalar kutubxonasining majlislar zalida polyak shoiri Zbignev Herbert (1924-1998) - faylasuf, zakiy, san’at tarixchisi ijodiga bag‘ishlangan she’riyat kechasi bo‘lib o‘tadi.
Herbertni nima uchun tafakkur she’riyati vakili deb hisoblashlari, uning zamonaviy tarix va eng qadimiy davr o‘rtasidagi muvozanatni qanday izlagani, sadoqat va to‘g‘rilikni qanday talqin etganini bilib olamiz. Saylanma she’rlarini san’atkorlar ijrosida tinglaymiz.
Herbert nafaqat shoir va dramaturg, balki nozik hikoyanavis va zukko publitsist ham edi. Polsha va xorijiy adabiy mukofotlari sovrindori, eng ko‘p tarjima qilinadigan polyak adiblaridan biri, bir necha bor Nobel mukofotu nomzodlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Muloqot tili: polyak va rus tillari
Yosh chegarasi: 12+
Joylar soni cheklangan. Iltimos, acdflibrary.uz'da ro‘yxatdan o‘ting.
17-fevral kuni soat 14:30 da Respublika bolalar kutubxonasining majlislar zalida telejurnalist va yozuvchi Muxtor G‘aniyevning "Sharof Rashidov haqidagi haqiqatim" nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Muallifning Sharof Rashidovich bilan bog‘liq shaxsiy uchrashuvlari va qiziqarli voqealar haqidagi hikoyalarini tinglaymiz. Shuningdek, o‘z xotiralari bilan yozuvchi Muhiddin Polvon va shoir Raim Farhodiy o‘rtoqlashadilar.
Sharof Rashidovning 1965-yilda "Kashmir qo‘shig‘i" ertak-qissasi asosida suratga olingan Vladimir Polkovnikovning "Nargis" multfilmini birgalikda tomosha qilamiz.
Muloqot tili: rus va o‘zbek tillari
Yosh chegarasi: 6+
Joylar soni cheklangan. Iltimos, acdflibrary.uz'da ro‘yxatdan o‘ting.
14-fevral — Xalqaro kitob hadya qilish kuni - International Book Giving Day
Kitob — bu insoniyatning asrlar mobaynida yaratgan eng buyuk mo‘jizasi va ixtirosidir, u insonni aqlan yetuk darajaga erishishiga va ma’naviy kamolotga yetishida yordam beradi.
Bu bayram bolalarga kitob sovg‘a qilish, ularda kitob o‘qishga mehr uyg‘otib barchani birlashtirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘lib, ushbu bayram Minnesotalik maktab kutubxonachisi Emmi Brodmur tomonidan ta’sis etilgan.
3-fevral — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod tavallud topgan kun.
?Birinchi yirik qissasi — «Yulduzlar mangu yonadi». «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda yurgan odamlar», «Momo Yer qoʻshigʻi» qissalarida qishloq hayotiga xos manzaralar aks etgan. Ularda halol, oqkoʻngil, toʻgʻrisoʻz, mard oʻzbek kishilarining betakror obrazlari yaratilgan. Oʻzbek adabiyotining yutugʻi sifatida eʼtirof etilgan bu qissalar tilining shoirona jozibadorligi, xarakterlarning yorqinligi, milliy ruhi bilan ajralib turadi. Yozuvchining asarlari yuksak baholanib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi yillik mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Tog‘ay Murod kitoblari mutolaasi uchun kutubxonaga tashrif buyuring!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago