I.C.D. of TSTU

Description
Toshkent davlat transport universitetining Xalqaro hamkorlik boshqarmasi kanali
Murojaat uchun: 939299699
🔄
Channel of the International Cooperation Department of TSTU
🔄
Канал отдела Международного сотрудничества ТГТрУ
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago

1 month, 1 week ago
1 month, 2 weeks ago

“France Excellence 2025-2026” granti uchun tanlov boshlandi!

Fransiyada magistraturada ta’lim olishni istagan talabalar o’qishlarini moliyalashtirish uchun “France Excellence” grantiga hujjat topshirishlari mumkin.

Talabgorlar 2025–2026-oʻquv yilida oʻqish uchun “France Excellence” grant dasturiga ariza topshirish shartlari haqida foydali maʼlumotlarga ega hujjatni (fransuz va ingliz tillarida) yuklab olishlari mumkin.

Shuningdek, ular ariza shaklini (tanlangan o‘qish tiliga qarab fransuz yoki ingliz tillarida) yuklab olib, uni to‘ldirib, boshqa kerakli hujjatlar bilan birga [email protected] elektron manziliga jo‘natishlari kerak.

Arizalar qabul qilishning so‘nggi muddati 2025-yil 30-martgacha (shu kuni ham). Ushbu sanadan keyin arizalar qabul qilinmaydi. Ushbu e'lon uchun ro'yxatni xalqaro hamkorlik bo'limiga yuboring. https://uz.ambafrance.org/France-Excellence-2025-2026-granti-uchun-tanlov-boshlandi

2 months, 1 week ago

*🌍 Toshkent Davlat Transport Universiteti talabalari va o‘qituvchilari uchun ‘Orhun almashinuv dasturi’ga qatnashish imkoniyati! 🌍***

Hurmatli talabalar va professor-o‘qituvchilar!

Sizni Orhun almashinuv dasturida ishtirok etishga taklif qilamiz. Ushbu dastur Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo bo‘lgan universitetlar o‘rtasida xalqaro taʼlim hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.
Orhun dasturi nimani taklif qiladi?
Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun bir yoki ikki semestr davomida boshqa aʼzo universitetlarda tahsil olish va tajriba almashish imkoniyati.
Tarix, madaniyat va til merosiga asoslangan hamkorlikni rivojlantirish orqali zamonaviy va ilmiy taʼlim standartlarini joriy etish.
Universitetlar o‘rtasida umumiy kredit o‘tkazish tizimini joriy etish va pedagogik dasturlarni rivojlantirish.
Fan, madaniyat va sport sohalarida simpoziumlar, tanlovlar, tadbirlarni tashkil etish va turk dunyosi bo‘yicha tadqiqotlarga maxsus stipendiyalar berish.
Qo‘shma o‘quv va tadqiqot dasturlarini amalga oshirish hamda diplom ekvivalentligini tan olish imkoniyatini yaratish.
Bu dastur orqali nafaqat taʼlim jarayonida yuqori sifatli bilimlarga ega bo‘lasiz, balki xalqaro ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda o‘z hissangizni qo‘shasiz.

📌 Qo'shimcha savolingiz bo'sa Meryem Karlik (+998907423794) bilan bog‘laning.

4 months ago
**Torayg'irov universitetiga akademik mobillik dasturi asosida …

Torayg'irov universitetiga akademik mobillik dasturi asosida 1 semester (Bahorgi semestr) bepul o'qib kelish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

"Torayg'irov universiteti" Qozogʻistondagi yetakchi universitet boʻlib, QS World University Rankings reytingiga koʻra dunyoning eng yaxshi 300 ta universitetlari qatoriga kiradi.

Akademik mobillik dasturi imkoniyatlari:
- Bir semestr bepul o'qish;
- Tanlagan sohangiz bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
- Yangi madaniyat va odamlar bilan tanishish;
- Bepul turar joy
Dastur talablari:
- GPA kamida 3.0 (uch baho bo'lmasligi shart!)
- Rus yoki Qozoq tili bilimi
- Qizil pasport
- Fotosurat (3,5x4,5)
- Tibbiy guvohnoma (Med Spravka)

Mavjud yo'nalishlar ro'yxati ?? (O'qiyotgan yo'nalishingiz tanlagan yo'nalishingizga mos bo'lsin)

Qabul Muddati: 27-noyabr soat 12:00ga qadar

*?Ro'yhatdan o'tish?***

Qo'shimcha savollar uchun+998944160201 (Xayrullo Masharipov)

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rasmiy sahifalari:Telegram | Web-sayt | Instagram

4 months, 1 week ago
***?*****Hurmatli ustozlar va talabalar!*****?***

?Hurmatli ustozlar va talabalar!?

Sizlarni ikki nufuzli xalqaro tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz. Ushbu tanlovlar global miqyosda dolzarb muammolarni hal etishda o‘z hissangizni qo‘shish va malaka ko‘nikmalaringizni rivojlantirish uchun noyob imkoniyatdir:

1. 2-Xalqaro suv resurslari va elektr energiyasi tanlovi (China-ASEAN)
Mavzu: “Suv orqali tinchlikni targ‘ib qilish, suv resurslarini himoya qilish”
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 18-noyabrgacha.
Onlayn final va sovrinli joylar uchun sertifikatlar beriladi.

2. 3-Xalqaro Skill Panda tanlovi: Yangi energiya vositalari texnologiyasi
Mavzu: Yangi energiya transport vositalari texnologiyalarini ishlab chiqish va nosozliklarni bartaraf etish.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 26-noyabr soat 24:00 (GMT+8) gacha.
Ro‘yxatdan o‘tish: ITEA rasmiy sayti.
Mukofotlar: G‘olib jamoalar uchun faxriy diplomlar taqdim etiladi.
?Batafsil?

? Qo'shimcha savolingiz bo'sa Melike Basbinar (+998910115091) bilan bog‘laning.

6 months ago
**BARCHA UNIVERSITETLAR** **SIRTQI va Masofaviy TA'LIM …

BARCHA UNIVERSITETLAR SIRTQI va Masofaviy TA'LIM yo'nalishi talabalari uchun YANVAR-FEVRAL-MART oylarida Germaniyada sayohat, amaliyot o'tash hamda ishlab kelish imkoniyatini qo'lga kiriting.
?BATAFSIL? so'zini ustiga bosish orqali TO'LIQ MA'LUMOT olishingiz mumkin. O'QIB CHIQING, agar shundan so'ng savoliz bo'lsa, Iltimos, ish soatlarida bizga murojaat qiling!
* Qabul 30-sentyabrga qadar
*?Ro'yhatdan o'tish*
?*

?+998914117437 @Nazira_Olimova
+998990259595

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rasmiy sahifalari:Telegram | Web-sayt | Instagram

6 months, 2 weeks ago
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago