IJOD | she‘rlar | monologlar | ijrolar | qo‘shiqlar

Description
Ijodiy blog

She‘rlar

Monologlar

Ijrolar

Qo‘shiqlar

Tabriklar

Ijodiy kechalar
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

2 weeks, 4 days ago

BUNCHA YAXSHI INSONSIZ DADAM

Yonimdasiz har on siz dadam,
Tashvishlarga qalqonsiz dadam.
Dunyoda yoʻq siz kabi odam,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Sizning kabi yashagim kelar,
Sizga jonim toʻshagim kelar.
Doim sizga oʻxshagim kelar,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Oʻzingizni oʻylamay ey siz,
Doim bizni gʻamimiz yeysiz.
Bolam mendan zoʻr boʻlgin deysiz,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Xato qilsim toʻgʻri yoʻllagan,
Siz kelmagan joylar choʻllagan.
Doim qoʻlim tutib qoʻllagan,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Eng zoʻrisiz men uchun buyuk,
Qancha desam shunchalar suyuk.
Duoingiz menga tabarruk,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Uyim fayzi, davlatim, taxtim,
Madadkorim shiddatu shaxdim.
Xudo bergan omadim baxtim,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Davringizda davron suraman,
Sultonimsiz xonu toʻraman.
Sizni juda yaxshi koʻraman,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Haqqingizga qilgan duoyim,
Ex asrasin sizni Xudoyim.
Baxtim uchun sogʻ boʻling doyim,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟

2 weeks, 5 days ago

#premyera#mp3 **ONAMNING SOCHIGA OQLAR TUSHUBDI

xonanda: Zuhriddin Murodov
shoir: Odilbek Qodirov

Sizlar uchun yana bir mehnatimiz😊**

@Odilbek_sherlar

2 weeks, 6 days ago
3 weeks, 4 days ago

SHER JOʻRALARIM

Yoningdaman der joʻralarim,
Ranjitganni yer joʻralarim.
Boringizga shukrlar boʻlsin,
Ex oʻzimni sher joʻralarim.

Yigʻilganda toʻlar soʻrilar,
Boʻshatishar kelsa toʻrilar.
Koʻrsa qoʻrqar chiyaboʻrilar,
Ex oʻzimni sher joʻralarim.

Qizchalarni qaymoq qiladi,
Sogʻintirib qiynoq qiladi.
Oqibatni qaynoq qiladi,
Ex oʻzimni sher joʻralarim.

Kimligini nechalar sezar,
Kunlar sezar, kechalar sezar.
Ular oʻtgan koʻchalar sezar,
Ex oʻzimni sher joʻralarim.

Borsam kulib suhbatim olgan,
Oshni damlar dasturxon solgan.
Saralanib yonimda qolgan,
Ex oʻzimni sher joʻralarim.

Sinovlarda soʻlmadik mana,
Birga yomon boʻlmadik mana.
Shu yoʻllarda oʻlmadik mana,
Ex oʻzimni sher joʻralarim.

Oqibati qonimda bor deb,
Yaxshi yomon onimda bor deb.
Maqtanaman yonimda bor deb,
Ex oʻzimni sher joʻralarim.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟

3 weeks, 5 days ago

OʻZINGDAN KETMA DOʻSTIM

Koʻp kibr etma doʻstim,
Osmonga yetma doʻstim.
Bugun uch toʻrt soʻm topib,
Oʻzingdan ketma doʻstim.

Kim sultonu kim gʻarib,
Yurar dunyo ahtarib.
Oʻzingda boʻl, oʻzgarib
Oʻzingdan ketma doʻstim.

Qular sher ham boʻri ham,
Boʻshar davra toʻri ham.
Oʻlgan sendan zoʻri ham,
Oʻzingdan ketma doʻstim.

Doʻsting ortda qolib,
Tursa emassan gʻolib.
Oqibating yoʻqolib,
Oʻzingdan ketma doʻstim.

Toʻgʻri zoʻrniki zamon,
Zoʻrlar boʻlsinlar omon.
Nazardan qolsang yomon,
Oʻzingdan ketma doʻstim.

Rizqing boʻlsin ziyoda,
Yurma aslo piyoda.
Ammo yolgʻon dunyoda,
Oʻzingdan ketma doʻstim.

Yaxshi nazarda, koʻzda boʻl,
Elda aziz soʻzda boʻl.
Oʻzingda boʻl, oʻzda boʻl,
Oʻzingdan ketma doʻstim.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟

3 weeks, 5 days ago

SEVMAYMAN DEB AYT

Boʻldi yetar oromimni qayt,
Deya bitdim senga qancha bayt.
Bagʻritoshim ketay dil uzib,
Endi sizni sevmayman deb ayt...

Yer yorilsin, qulasin osmon,
Bir sasdan jon qolmasin omon.
Dunyoyimga boʻlsa ham yomon,
Endi sizni sevmayman deb ayt...

Ishqing gumon, soʻzing bolli qand,
Umidlarim berayabdi pand.
Sevmasang yor jar solib, baland,
Endi sizni sevmayman deb ayt...

Hasratinga ahtarib chora,
Ketayabman soʻlib tobora.
Bir onda jon boʻlsin ming pora,
Endi sizni sevmayman deb ayt...

Ichimda oʻt yoqyabdi jahil,
Koʻngil bilan boʻlma deb ahil.
Bitta soʻzing bariga kafl,
Endi sizni sevmayman deb ayt...

Oromingni ozod etaman,
Qaytmoqlik yoʻq butkul ketaman.
Aro yoʻlda ahir netaman,
Endi sizni sevmayman deb ayt...

Soʻng bor oshiq haqqini oqla,
Qiynamasdan mayli qichoqla.
Sevsang agar qattiq quchoqla,
Yoki sizni sevmayman deb ayt...

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟

1 month ago

Otasiz yashash

Qiyin kechar har qilgan ishim,
Uchib ketdi qaygadir tushim,
Pushmon keltirardir qilmishim,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Bektosh Mansurov

Ostonada turar kovushi,
Hayolimda yangrar tovushi,
Duo qilib ochgan hovuchi,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Ruxshona Ismoilova

Har sog‘inchdan ezildi qalbim,
Bunga dosh berolmas yuragim,
O‘ziz ediz menga keragim,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Bektosh Mansurov

Huvullaydi ko'nglim saroyi,
Salomimni olmas anoyi,
Aslo kulmas yuzim chiroyi,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Ruxshona Ismoilova

G‘anim pichoq otdi men tomon,
Topolmasman hattoki darmon,
Bo‘ldingiz ota katta armon,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Bektosh Mansurov

Ozor berar hattoki do'stim,
Tayyor turar shilmoqqa po'stim,
Tanimaydi jonojon qo'shnim,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Ruxshona Ismoilova

Har lahzangiz g‘animat bu dam,
Kerakmas menga butun olam,
Ko‘zlarda yosh ilindida nam,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Bektosh Mansurov

Jamolingiz sog'indim netay,
Arzim bor men Allohga aytay,
Otam bilan bir suxbat quray,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Ruxshona Ismoilova

Qolmadi yo‘q bir bor izingiz,
Yodimdadir kulgan ko‘zingiz,
Sizni sog‘indi-ku o‘g‘lingiz,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Bektosh Mansurov

Yodimdadir har bir so'zingiz,
Tomirimda oqar qoningiz,
Duodadir yolg'iz qizingiz,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Ruxshona Ismoilova

Mualliflar Bektosh Mansurov, Ruxshona Ismoilova
2024.10.02

@Bektosh_Mansur

1 month ago

БОЙ БЎЛДИМА МАНА БУГУН

Камбағал деб боқмаганлар қани бугун,
Менсидилар менсимаслар мани бугун.
Кечагина қўл учида кўрсатганлар,
Кўриб қўйинг бой бўлдима мана бугун.

Акам десам кўксимданей итардингиз,
Саломимга алик олмай ўтардингиз.
Энди мақтаб бошингизга кўтардингиз,
Кўриб қўйинг бой бўлдима мана бугун.

Сўраб борса совчиларим қайтарганлар,
Қаранг энди севаман деб айтарканлар.
Кўзин тикиб йўлларимни кутарканлар,
Кўриб қўйинг бой бўлдима мана бугун.

Давр оти бир унда, бир бунда дунё,
Айланади, ўзгаради кунда дунё...
Суяр экан пулинг бўлса шунда дунё,
Кўриб қўйинг бой бўлдима мана бугун.

Оддий эди юришлару устларимей,
Кўп эдида чўнтакда кам кўстларимей.
Чойхонага айтмай қўйган дўстларимей,
Кўриб қўйинг бой бўлдима мана бугун.

Йўқчиликда кўпчилик юз буриб кетди,
Синовлар ҳам бир шапалоқ уриб кетди.
Омад келиб энди ишлар юриб кетди,
Кўриб қўйинг бой бўлдима мана бугун.

Онам бир кун зўр бўлади болам дерди,
Фарзандингиз ҳалол ишлаб ризқин терди.
Ота онам дуо қилди, Худо берди,
Кўриб қўйинг бой бўлдима мана бугун.

Одилбек Қодиров

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟

1 month ago

Otasizlik qiyindir

Yuragim ikkiga bo‘lingan u kun,
O‘sha muthish kundir, o‘sha muthish kun,
Otasizlik dardda o‘syapman bugun,
Otasizlik qiyindir, otasizlik.

Naq baxtim ikkiga bo‘lingan go‘yo,
Ko‘rganim tush emas bo‘lsaydir ro‘yo,
Nahot otamni hayot ko‘p ko‘rdi yo,
Otasizlik qiyindir, otasizlik.

Mensimaydi hatto yaqining ham,
Goh boshingga soladi mingta bir g‘am,
Ularga kulib qo‘ygan bo‘lsam ham,
Otasizlik qiyindir, otasizlik.

Haligacha kemtik qalbimning qo‘ri,
Turgan edi yuragimning to‘ri,
Dunyoda bo‘lar edim eng zo‘ri,
Otasizlik qiyindir, otasizlik.

Bepisand nigohlar, achinish hissi,
Topolmadim hattoki bosgan izi,
Turardi yuzida ajinlar izi.
Otasizlik qiyindir, otasizlik.

Bektosh Mansurov
(Kamchiliklar bo‘lsa uzr).
2024.10.01

@Bektosh_Mansur

1 month, 1 week ago

OʻGʻLINGIZ ZOʻR BOʻLADI ONA

Choʻntak pulga toʻladi ona,
Tashvish gʻamlar soʻladi ona.
Xudo berib, omadim kulib,
Oʻgʻlingiz zoʻr boʻladi ona.

Hozircha toy minganimcha yoʻq,
Yoʻqchilikdan singanimcha yoʻq.
Kecha kunduz tinganimcha yoʻq,
Oʻgʻlingiz zoʻr boʻladi ona.

Koʻzlaringiz boʻlmas sira nam,
Umringizda uchramaydi kam.
Ishonchingiz oqlash uchun ham,
Oʻgʻlingiz zoʻr boʻladi ona.

Siz haqqimga duo qiling bas,
Toʻxtamayman yoʻldan bir nafas.
Sizga hamma qiladi havas,
Oʻgʻlingiz zoʻr boʻladi ona.

Saroy qurar kundek kechasi,
Siz boʻlasiz qirolichasi...
Maqtashadi hali nechasi,
Oʻgʻlingiz zoʻr boʻladi ona.

Oz qoldi marraga yetamiz,
Allohga shukrlar etamiz...
Ikkimiz xojiga ketamiz,
Oʻgʻlingiz zoʻr boʻladi ona.

Orzu qilgan maqsadim katta,
Siz duoda, men harakatda.
Xudo berib bir kun albatta,
Oʻgʻlingiz zoʻr boʻladi ona.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago