Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Kvangju chet elliklarni qo'llab-quvvatlash markazida 2-oy uchun maslahat kuni.
Kimlar uchun: Chet ellik ishchilar va talabalar
Qanday masalalar: Qonun, viza, viza turini o'zgartirish, immigratsiya, ta'lim, tibbiyot, koreys tili, politsiya, kundalik hayot va boshqa barcha muhim mavzular bo'yicha bepul maslahat olishingiz mumkin
Til bilmaganlar ham bemalol borishlari mumkin. O'zbek tilida tarjimon yordamidan foydalana olishadi.
Sana: 2025-yil 9-fevral, 13:00~16:00gacha
Manzil: 광주외국인주민지원센터 2-etaj
Qo'shimcha savollar uchun: 1622-3828
**GWANGJU UZBEK COMMUNITY 3-SON 2-QISM!!!
🎙Radioboshlovchilar:**
MIRZAEVA NARGIZAHON
ISAKOVA NODIRABEGIM
Mehmonlarimiz:
*📍Suhbat joyi: *광주 FM 88.9Mhz
⚪️ Efir davomida:
Koreyada O'zbeksitonlik talabalar hayoti va Koreyaga yangi kirib kelgan talabalarimiz bilan Koreya hayoti, qiyinchiliklari, qiyinchiliklarni yengib o'tish, muammolarga duch kemaslik uchun yo'l yo'riqlar haqida suhbat va maslaxatlar **Siz ham o'z firklaringiz va hayot yo'lingiz haqida biz bilan bo'lishmoqchi bo'lsangiz yoki Koreyadagi O'zbekistonlik hamyurtlarimizga foydali maslahatlaringiz bo'lsa biz sizni ham eshittirishimizda mehmon sifatida kutib qolamiz
Quyidagi link orqali efirimizni youtubedan tomosha qilishingiz mumkin👇
Rizq shunday narsaki, qayergacha yozilganini hech kim bilmaydi. Bugun Jonju immigratsiyasida kecha ushlangan bolalarning biri yaqinda nelegalga chiqqan ekan. Telefonda biroz gaplashdik. Aka qandaydir yo‘l bilan bo'lsa ham shu yerdan chiqish imkoniyatini qilib bering, deb iltimos qildi. Afsuski, qonun oldida biz ham ojizmiz.
U yigit hali qila olmagan ishlari juda ko‘p ekanini aytib, bu holatda qanday qilib O‘zbekistonga qaytaman, deb ich-ichidan afsuslanayotgan edi. Shuning uchun ham aytmoqchiman: qancha imkoningiz bo‘lsa, vizangizni oxirigacha legal saqlashga harakat qiling. Student bo‘lib yashash Koreyada oson emas, lekin ozgina sabr bilan o‘qishni bitirib, yaxshi vizalarga o‘tib olsangiz, hamma qiyinchiliklar ortda qoladi.
Koreyaga kelayotgan o‘zbeklarning deyarli 70-80 foizi O‘zbekistondagi sharoitlarini yaxshilash va yaxshi yashash maqsadida bu yerga qarz-qurz bilan keladi. Koreyada ham o‘qib, ham ishlab, hammasini me’yorda olib borayotgan do‘stlarim, sizlar haqiqiy qahramonlarsiz. Sizlarni qiynalayotganingizni Alloh o‘zi ko‘rib turibdi. Albatta, bu qiyinchiliklar ortida yorug‘ kunlar keladi. Faqat ozgina sabr qilib, ertangizni ko‘ra olsangiz bo‘lgani.
Nelegal bo‘lishga shoshilmang birodarlar.!!
Manba: @ganiev_tarjimon
**GWANGJU UZBEK COMMUNITY 3-SON 1-QISM!!!
?Radioboshlovchilar:**
MIRZAEVA NARGIZAHON
ISAKOVA NODIRABEGIM
Mehmonlarimiz:
*?Suhbat joyi: *광주 FM 88.9Mhz
⚪️ Efir davomida:
Koreyada O'zbeksitonlik talabalar hayoti va Koreyaga yangi kirib kelgan talabalarimiz bilan Koreya hayoti, qiyinchiliklari va qiyinchiliklarni yengib o'tish haqida suhbat
**(CHET ELGA KELAYOTGAN HAR BIR TALABA VATANINING, OILASINING ORI, NOMUSI, SHONI-SHARAFI, SHA'NIDEK JUDA OG'IR YUKNI YELKASIGA OLIB KELADI. HAR BIR O'ZBEKISTONLIK VATANDOSHLARIMIZNING MADANIYATI, XULQI BUTUN BOSHLI O'ZBEKLAR HAQIDAGI TASAVVURNI AKS ETTIRADI. BUNDAY OG'IR YUKNI OLIB YURISH UCHUN KUCHLI BARDOSH TALAB QILINADI. SHUNDAY EKAN KOREYADAGI O'ZBEKISTONLIKLAR HAYOTI, QIYINCHILIKLARI HAQIDA QANCHA KO'P SUHBAT QILIB MASLAHATLAR OLIB BORSAK SHUNCHA KAM. ZERO BIZ CHET ELDA YURGAN BARCHA O'ZBEKISTONLIKLAR BIR OILA, BIR TANU BIR JONMIZ)
Siz ham o'z firklaringiz va hayot yo'lingiz haqida biz bilan bo'lishmoqchi bo'lsangiz yoki Koreyadagi O'zbekistonlik hamyurtlarimizga foydali maslahatlaringiz bo'lsa biz sizni ham eshittirishimizda mehmon sifatida kutib qolamiz
Quyidagi link orqali efirimizni youtubedan tomosha qilishingiz mumkin?
Adliya vazirligi mahalliy hukumatlar bilan hamkorlikda "Koreyada istiqomat qilayotgan chet elliklarni bolalarga qarash" ishlariga jalb etish amaliyotiga tayyorgarlik ko'rayotganligi munosabati bilan Koreyada istiqomat qilayotgan chet ellik talabalarga qaratilgan quyidagi so'rovnoma o'tkazilmoqda.
So'rovnoma maqsadi: Koreyada istiqomat qilayotgan chet elliklar ushbu sohada ishlashlariga qaratilgan amaliyot uchun siyosat materiallarida foydalanish
Kimlar uchun: Koreyada o'qiyotgan talabalar uchun(D-2 viza egalari)
So'rovnoma muddati: 10.30(chorshanba)~11.20(chorshanba)
So'rovnomada qatnashish:
KOREYS TILI:
https://forms.gle/VnGFVEUWCCUaq7MR8
INGLIZ TILI:
https://forms.gle/ndwAsgtSJCEP1NRc8
So'rovnoma savollari:
Istalgan ish haqi, Ish soati va boshqalar
Qo'shimcha savollar uchun: Adliya vazirligida nazoratchi 이혜미
([email protected])
"선배와의 대화시간 및 선배 멘토"
Bugun Koreyaga yangi kirib kelgan talabalar va Koreya universitetini bitirib hozirda Koreya davlatida o'z o'rnini topib o'z sohasi bo'yicha ishlayotgan O'zbekistonlik ustoz bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv mazmuni:
Koreya hayoti
Koreya qonunlari
Koreyada yengil ishlarda ishlash
Yarim kunlik ishlash tartibi
UCHRASHUV MAQSADI:
Koreyaga yangi kirib kelgan talabalar o'z kelajaklarini mazmunli qurishlariga yo'l yo'riq ko'rsatish, bilmagan holatda yoki majburlikdan noto'g'ri yo'llarni tanlab qo'yishlarini oldini olishdir.
BUNDAN TASHQARI HOZIRGI KUNDA KO'PLAB O'ZBEKISTONLIK TALABALARIMIZ SHUNCHAKI TALABA VIZASIDA YURIB O'QISHDAN KO'RA ISHLASHGA KOTTA E'TIBORLARINI QARATISHMOQDA. BU SUHBATNI YANADA ASOSIY MAQSADI O'QISH DAVRIDA MAQSADLARINI TO'G'RI QO'YIB O'QISHGA KO'PROQ E'TIBOR QARATISHSA KELAJAKDA ULARNI BUGUNGIDANDA BUYUKROQ, MAZMUNLIROQ KELAJAK KUTAYOTGANINI ANGLATISHDIR.
Vaqtni ortga qaytarib bo'lmaydi. Har bir yoshning o'z davri bo'ladi. Shunday ekan talabalik davri bu OLTIN DAVR, BILIM OLISHDAN CHARCHAMAYDIGAN DAVR, BIR UMRLIK PORLOQ KELAJAK UCHUN TAYYORGARLIK KO'RADIGAN DAVRDIR. Vatanimizdan kirib kelayotgan talabalar bu davrni qadriga yetib shunday rivojlangan davlatda astoydil bilim olishsa O'ZBEKISTON VATANIMIZ bundanda rivojlanishiga ishonaman.
Bugungi uchrashuv Kvangju Ayollar Universiteti va @gwangju_community tomonidan tashkillashtirildi
Assalomu alaykum.
Mana bu "난민전문통역인 인증제 참가자"ga ro'yxatdan o'tganlar emaillaringizni tekshirib oling.
Ertaga(shanba) va indinga(yakshanba) kunlari hujjati qabul qilinganlar uchun intervyu bo'ladi.
Intervyu 5daqiqa yoki undan ko'proq vaqt mobaynida bo'ladi.
Xammaga omad.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago