𝙌𝙤𝙗𝙞𝙡𝙟𝙤𝙣 𝙎𝙝𝙚𝙧𝙢𝙖𝙩𝙤𝙫

Description
𝗔𝘀𝘀𝗮𝗹𝗼𝗺𝘂 𝗮𝗹𝗮𝘆𝗸𝘂𝗺!
Bolalar yozuvchisi, shoiri, "Ilhom" davlat mukofoti sohibi, 2022-yilning yil kitobi (𝗕𝘂𝘃𝗮𝗺𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗼𝘀𝗵𝗾𝗼𝘇𝗼𝗻𝗶𝗱𝗮𝗴𝗶 𝗺𝗮𝗺𝗹𝗮𝗸𝗮𝘁) muallifi Qobiljon Shermatovning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

2 weeks, 3 days ago
2 weeks, 3 days ago
1 month ago

"Buvamning oshqozonidagi mamlakat 2" haqida:

BOLAJONLAR, ENDI 4 QALBGA SAYOHATGA TAYYOR TURING!

Asarning 2-qismida kitobxonlar kutilmagan voqealarga guvoh boʻlishadi.
Avvalgi qismda bolalar 2 ta insonning ichki olamiga tushishgan boʻlishsa, romanning davomida endi ular 4 ta qalbga sayohat qilishadi. Har biri alohida, har biri boshqacha olam! Har birida kitobxonlar uchun manaviy foydalar toʻla!
Ulardan bittasi endi bolalar ayollarimizning ham qalbiga, ichki dunyosiga sayohat qilishadi. Menimcha bu hammaga, ayniqsa qizlarimizga ham qiziq. Sababi qizlar qalbida nima voqealar boʻlishiga qiziqmagan inson boʻlmasa kerak.
Oxirgi xabarlarga koʻra, asar nashriyotga judayam maʼqul kelibdi.
Eee xullas, oʻzimniyam tezroq oʻqigim kelyapti! Men ham nashrni endi sizlar bilan birga kutaman!

@ShermatovQobiljon

3 months ago

#ajoyib_xushxabar

"ULUGʻBEK POPKORN SAYYORASIDA"

Eeeh sabrim chidamadi!
Qadrdon kanalimiz aʼzolari uchun Xudo xohlasa, nashri yaqin kitobimiz haqida "gullab" qoʻyishga ahd qildim.

Bu kitobda siz, men, biz hammamiz uchun ogʻriqli mavzu qalamga olingan: bolalarning telefonga, bekorchi narsalarga tobe boʻlib qolayotgani!

?Yosh Mirzo Ulugʻbek oʻzining shafqatliligi, halolligi va noyob aqli bilan biz yashab turgan zamondan 200 yil keyinga oʻtib qoladi. Ajoyib-a!
?U davrda butun sayyora kishilari telefon oʻyinlariga, bekorchi narsalarga bor vaqtlarini sarflashar edi. Bunday paytda albatta kishiga hozirgidek popkorn haqiqiy ermak boʻla oladi. Shunday qilib, butun sayyora popkorn plantatsiyasiga aylanib qoladi. Ana shunaqa.
?Kitob avvalida Ulugʻbek ikki dona bodroqdan soʻramasdan yegani uchun oʻzini gunohkor his qiladi.
?Keyin egasidan rozilik olish maqsadida olis safarga otlanadi. Ha, bu kitobni semirtirgan narsa ana oʻsha ikki dona bodroqning haqqi. U ehtimol kimgadir arzimasdek tuyular, lekin Ulugʻbek uchun bu eng muhim narsa. Bugun insonlarda eng kam topilayotgan hislat ham aynan shu.
?Hatto Alloh uning mehribonligi sabab yerdan topib, tuzatgan eski robot doʻstini INSONga aylantiradi. Ulugʻbekning temirga ham muloyimligi, koʻrsatgan mehri sabab Temirbola ismli robot insonga aylanadi.

Kitob yozilgach, ilk oʻquvchisi uni oʻqib bir yerida kulsa, boshqa yerida yigʻlab olganiga guvoh boʻldim.

Bularni bolalarcha qalbim bilan sizlarga aytgim keldi.
Ojiz quliga yana bir marta kulib-yigʻlatuvchi asar bergani uchun Allohga hamdlar boʻlsin!

Xudo xohlasa, nashr yaqin. Bu asar davlat buyurtmasi bilan yozilgan edi. Lekin yuragim toʻridan joy oldi desam mubolagʻa boʻlmas. Shunaqa gaplar!

Qobiljon Shermatov.

@ShermatovQobiljon

3 months ago
𝙌𝙤𝙗𝙞𝙡𝙟𝙤𝙣 𝙎𝙝𝙚𝙧𝙢𝙖𝙩𝙤𝙫
3 months, 1 week ago
***⏳*** **Hikmat izlab...**

Hikmat izlab...

Yaratganning hech bir ishi hikmatsiz boʻlmaydi. Ijtimoiy tarmoqni titkilay turib bir oʻxshashlikka duch keldik.
Bolalarning sevimli buyuk shoiri, oʻzbek bolalar adabiyotiga tamal toshlarini qoʻygan, mashhur Oʻzbekiston xalq shoiri Quddus Muhammadiy 1997-yilning 22-iyunida Toshkentda vafot etgan ekan.
Buni qarangki sevimli adibimiz Qobiljon Shermatov ham ayni shu kun 1997-yilning 22-iyunida dunyoga kelganlar.
Alloh bir ijodkorini olib, oʻrniga boshqasini darrovda bergan ekan.
Koʻplab kitobxonlar qatori Qobiljon Shermatov asarlari butun dunyoda sevib oʻqilishini tilab qolamiz.

@ShermatovQobiljon

6 months ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her