Kitoblarda(n)..📚

Description
Hayotdan va kitoblardan sahifalarga ko'chgan satrlar...
©️ Kitobxon kundaligi

Kitoblardan iqtiboslar.✍️
Taqrizlar📗
Shaxsiy fikrlar va izohlar 🤍


Personal channel :https://t.me/+S1KjonaygVVlYzIy
Ijodxona : @booktional_view
Admin 🤖 : @bookhnoor_nomabot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 month ago

PUBLISISTIK SHYe’R

Hozircha cho‘ponning suruvi
Sochilib yuribdi yaylovda.
Hozircha dalada o‘t siyrak,
Sigiri haliyam baylovda.
Keyinroq o‘ylaydi Qomusni,
Keyinroq qatnashar saylovga.

Hozircha dehqonning dardi mo‘l,
Jurat yo‘q qilmoqqa shikoyat.
Hokimlar gohida so‘ksa ham,
Shukrki, yer qildi inoyat.
Kuzgacha hosilni yig‘sa bas,
Qiziqmas hozircha siyosat.

Hozircha savdogar bozorda
Molini sotolmay ovvora.
Shundoq ham qiypinchoq boshini
Solib ne qiladi g‘avg‘oga?
Yurt haqda boshqalar qayg‘ursin,
Boshqalar topishsin bir chora.

Hozircha mullaning o‘yi ko‘p,
Ayollar yopiqroq kiysa bas.
Yigitlar oldirmay soqolin,
Har aytgan gapiga ko‘nsa bas.
Davlatning hukmi o‘z yo‘liga,
Siyosat oxirat ishimas.

Hozircha bir gala teputat,
Qo‘y sanab yotibdi mudrabon.
Hozircha saylovga ancha bor,
Hozircha hayoti charog‘on.
Hozircha uyg‘onish shart emas,
Boshida tursa bas shu sarbon.

Hozircha hokimu to‘raning
Hukmdir chiqargan har sasi.
Qomus ne, qonun ne, hozircha
So‘zidan past erur hammasi.

O‘zgarsa o‘zgarsin, farqi ne?
Bu yurtda yashamas bolasi.

Hozircha keksalar qumsaydi
Gugurtlar bir tiynlik paytlarni:
“Shukrki, haliyam Og‘a bor,
Bo‘lmasa, biz sho‘rlik qaytardik?
Non narxi tushmadi, o‘zing ko‘r,
Biror ish bo‘lmadi aytarlik”.

Hozircha yoshlarning dardini
Tinglashga quloq yo‘q arzirli.
Gar “sursa” ne bo‘lar, gar qolsa,
Nima ham qilardi xayrli.
Tepani keksalar band etgan,
Haqqini ololmas ayirib.

O‘rtada bir avlod ovvora,
Hozircha yetadi saboti.
Na chetda, na yurtda dardi bor,
Tinch o‘tsa bo‘lgani hayoti.
Bersa yer, gar ursa, bemalol,
Oyoqni uzatib o‘ladi.

Aytganday, hozircha ayolning
Boshida no‘xta bor, qo‘lida tushov.
Aytganday, hozircha ayolning
So‘ziga quloq ham solmaydi birov.
Aytganday, hozircha ayolga
Butun bir jamiyat ega hamda g‘ov.

Shukrki, hozircha umid bor,
Bir xovuch uyg‘oq bor, bor hali imkon.
Bir yorug‘ qon bordir oqarga,
Aytarga so‘z bordir begumon.
Bir yovqur ruh bordir shuurda,
Vatan bor—arzirli bersa jon.

N.E.
Iyun, 2022

#nazm

@booktional

1 month ago

Ona tilim kechir meni, ONA TILIM....

1 month ago

Hammani ham qiladigan ishi, burchi va hozakolari bor. Inson harakatli mavjudot. Barcha ishlaridan orttirib mutolaa qilish - muhabbat. Vaqt yetmayapti deyish - bahonadek.

1 month, 1 week ago

Intellekt fikrlarning sifati yuqori bo'lishini bildiradi, sonini emas. Shu sababli, mingta ovsardan bitta ham dono chiqmaydi. **** Mulk va kuch orqali to'plangan shon-sharaf insonning huquqlari doirasini kengaytiradi: mana shu nuqtada tenglik yo'qqa chiqadi.…

1 month, 1 week ago

Miyangiz biron narsani anglashda qancha ko'p mashaqqat chekishiga to'g'ri kelgan bo'lsa, u xotirangizda shuncha mustahkam bo'lib o'rnashadi. *** Qaysidir mavzuga doir fikrimiz shakllanib ulgurgan bo'lsa, unga qarshi har qanday fikrni dushmanlik kayfiyatida…

1 month, 1 week ago

Ezgu amal qilish jarayonida esa kishining foydasi boshqaning foydasi evaziga yolg'ondan ikkinchi darajaga qoʻyiladi. Ezgu amal uchun motivlar ham turlicha bo'ladi: (1) yo uzoqni ko'zlagan shaxsiy manfaat; (2) yo irim-sirim, boshqacha aytganda shaxsiy manfaatning…

1 month, 2 weeks ago

**Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.

Allohummma solli a'la habibina Muhammad.**@booktional

1 month, 2 weeks ago

Relationship

Klinika receptionida navbatda turibman. Oldimda yoshi 45lardagi erkak. Oilaviy kelishgan shekilli qizi va xotini nariroqda o'tiribdi. Resepshndagi ayol qizini tug'ilgan sanasini so'radi. Erkak bilmadi. Qizini chaqirdi. U aytdi: "2008-yil, falon, falon".

Navbat ayoliga keldi. Erkak xotini tug'ilgan yilni to'g'ri aytida, sanasiga kelganda, o'ylanib "29-dekabr" dedi va tasdiq ishorasi o'laroq ayoli tomonga qaradi.

Ayoli ohista yoniga kelib, "19-dekabr.." dedida nari turdi.

Erkak resepshndagi ishini tugatib, kassa tomon ildamladi..

@panda_books

1 month, 2 weeks ago

Soat 21:00 da navbatda tashqari she'rxonlik qilamiz...

1 month, 3 weeks ago

Black Mirror S3 E1 🎬

Ha, bu serial meni ancha o'ylantirib qo'ydi. Shu davrda yashab buni ko'rmaslik katta xato. Har bitta qismi insonni juda chuqur o'ylashga undaydi.

Biz hammamiz allaqachon o'zimiz uchun tarmoqlarda madaniy bir orol yaratib bo'ldik. Bu orolning o'z qonun-qoidalari bor. Unda hammasi yasama va hammasi rango-rang. Unda jahl qilib bo'lmaydi. Emotsiyalarga berilib bo'lmaydi, unda hamma o'zini ikki qanotli farishtadek ko'rsatishga harakat qiladi.

Biz uchun boshqalarning fikri, bosadigan qizil yurakchasi muhimroq bo'lib bormoqda. Bu juda jiddiy kasallik. Biz uchun ko'rishlar soni har narsadan muhim. Biz bu uchun o'zimizga ep ko'rmaydigan trendlar orqasidan ham quvamiz. Ularni takrorlaymiz, takrorlaganlarni olqishlaymiz, yurakchalar bosamiz. Va eng ayanchlisi biz buni ular bizga yoqqani uchun emas, bizga yaxshiroq reyting berilishi uchun qilamiz. Biz obunachisi ko'plar davrasiga intiladigan bo'ldik.

Biz allaqachon, boshqalar ko'rishi uchun ham harakatlar bajaradigan bo'ldik. Yuguryotganimizni, zalga chiqayotganimizni, mushaklarimiz kattalashganni, qaysi restoranda ovqatlanishimizni, moshinamizni, kimlar bilan ekanligimizni, bizni baxtli deb o'ylashlarini boshqalarga ko'z-ko'z qilib yengil "baxt" hissini oladigan bo'ldik.....

Hatto, tarmoqlarda baxt idneksini o'lchab beradigan firqalar ham paydo bo'ldi. Ularning baxt indeksini boshqalar ko'rishi va ulardan o'zlashtirishi odat bo'ldi, ba'zan majburiyat. Natijada hammada bir-birinikidan uncha katta farq qilmaydigan yashash tarzi va orzular paydo bo'ldi. Hamma hashamatga qul bo'la boshladi....

Odamlar o'z juftlari bilan maqtanadigan, baxtli ekanligini boshqalarga isbotlaydigan yuqumli sindromga chalindi. Er-xotin qayerga borishsa, yeyishsa-ichishsa ularni tarmoqlarga joylaydigan, risoladi oila obrazini yaratishga urinishyapti. Ularning ham baxtsiz, janjalli onlari bormi ajabo deging keladi? Ajabo, ulardan bu hashamatni, to'kin-sochinlikni va sayohatlar chiptasini olib qo'yilganda ham, shunday baxtli bo'la olisharmikin degan savol qiynaydi meni...!

Insonlar baxtiyorlikni ko'rsatish poygasiga tushib ketdi. Baxtli bo'lishga emas. Soxta kulgular va emotsiyalar bilan yurakchalar va izohlar qabul qilishga mukkasidan ketdi. Hammani o'z minbari, aytadigan jumlasi paydo bo'ldi. Hamma poygada qanday bo'lmasin, farqi yo'q yaxshilik yoki bachkanalik bilan, eng yuqoriga intilaverdi. O'yin qoidalari vaziyatga qarab o'zgarib turaverdi....

Xullas, bu serialni to'liq bo'lmasa ham shu qismini ko'rish kerak va mulohaza qilish kerak deb o'yladim. O'zimning ham qancha kasalligim bor. Men ham shu davrning jonli a'zosiman. Meningda bu ahmoqona poygada yerim bor. Bu qismda bizning hozirgi ishlarimizning oqibati qanday bo'lishi aks ettirilgan. Vaqt topib ko'rib chiqing........

#kino_taqriz

@booktional

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago