Mirzo Zominiy

Description
O‘zbek kreativchilik san'ati namoyandasi.
Ekologiya, marketing, madaniyat, kino va jamiyat haqida yozib turaman.

@toqsonbeshchoy
instagram.com/mirzayor

Reklama hamkorligi uchun: @MirzayorErkinov
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months, 2 weeks ago
Instagram Stories uchun izoh qoldirish imkonini …

Instagram Stories uchun izoh qoldirish imkonini qo‘shdi.

Ba’zi do‘stlaringiz qoldirishi mumkin bo‘lgan izohlar ommaviy ko‘rinadi va yangiliklar tasmasi yuqori qismidagi boshsuratingiz ostida izoh yozganlarning boshsuratchalari ham qo‘shilib qoladi.

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

2 months, 3 weeks ago

Mustaqillik - bu nafaqat oʻz yeri ostidagi va ustidagi boyliklarni oʻzi tasarruf qilish.

Mustaqillik - bu nafaqat oʻz uyida va xalqaro minbarlarda baralla oʻz tilida gapira olish.

Mustaqillik - bu nafaqat shimoldagi yoki sharqdagi yoki boshqa tarafdagi katta ogʻaning qosh-qovogʻiga qarab oʻtirmaslik, kimningdir sovgʻasini otrabotka qilmaslik.

Mustaqillik - bu nafaqat oqni oq, qorani qora, populistni populist, poraxoʻrni poraxoʻr, agressorni agressor deya olish.

Mustaqillik - bu nafaqat har oʻn-oʻn besh yilda asosiy qonuni hisobni boshqatdan boshlash uchun instrument sifatida ishlatilib, qolgan payt chang bosishiga "yoʻq" deya olish.

Mustaqillik - bu birinchi navbatda oʻz qadrini bilish, hokimiyat legitimligining birdan-bir yuridik, maʼnaviy va moddiy manbai sifatida oʻz taqdirini oʻzi belgilash, ichki va tashqi masalalarda obyekt emas, subyekt boʻlish, yolgʻonga yoʻq deyish.

Mustaqilligimiz haqiqiy boʻlsin!

2 months, 3 weeks ago
Bugungi mushakbozlik

Bugungi mushakbozlik

Bayram bilan! ???

Manba

@mirzo_zominiy

2 months, 3 weeks ago

Ilyos akaning gaplariga toʻliq qoʻshilaman va tegishli tashkilotlardan rasmiy munosabat kutib qolamiz.

Davlatimiz tiliga umuman aloqasi yoʻq bir tilda nega doim yozib kelishadi?

Biznes ham, davlat ham, oʻzini oʻzicha ziyoli, kattakon deb bilgan borki, rus tiliga simpatiyasi juda-juda kuchli. Oʻzbek tilini oʻrganishga, undan koʻproq foydalanishga kirishgandan “akalarining” tilini oqlash, bahonalar topishni ma’qul biladilar har gal. Sal gʻalatimasmi?

Siz vatandoshi hisoblangan Oʻzbekiston pasportida ma’lumotlar qaysi tilda yozilgan, mulladoʻst?

@mirzo_zominiy

Telegram

Ilyos Safarov

[Ilyos akaning gaplariga](https://t.me/haqiqatdaIlyos/1904) toʻliq qoʻshilaman va tegishli tashkilotlardan rasmiy munosabat kutib qolamiz.
2 months, 3 weeks ago
Toshkentdagi kunbotar va shahar sarishtaligi himoyachilari …

Toshkentdagi kunbotar va shahar sarishtaligi himoyachilari ?️

Manba: Bobur Alimxoʻjayev

@toqsonbeshchoy

2 months, 3 weeks ago

Hurmat qilganlarni hurmat qilamiz biz ham. Katta rahmat! ???

@mirzo_zominiy

5 months, 2 weeks ago
Ko‘plab brendlarning o‘zbek tilidagi matnlarida tez-tez …

Ko‘plab brendlarning o‘zbek tilidagi matnlarida tez-tez ko‘zga tashlanadigan holat.

Masalan, “1 qadam” (bir qadam), “2 qadam” (ikki qadam) shaklida yozishyapti. Ular, tabiiyki, nechanchi emas, necha so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

O‘zbek tilida sanoq sonlarga “-” qo‘shilishi = “-(i)nchi” ma'nosini berib, ularni tartib sonlarga aylantiradi.

Bu yerda ularning imlosi haqida Orif aka batafsil tushuntirib bergan.

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

5 months, 2 weeks ago
**Qo‘lda tor – kuyda Kalinka**

Qo‘lda tor – kuyda Kalinka

Bu odam kimligini bilmadim, lekin Londonda o‘tayotgan, Buyuk Britaniyadagi vatandoshlarimiz bilan birga tashkillangan O‘zbek madaniyati kunlarida "Kalinka"ni zo‘r berib aytib yuribdi.

"Faqat salbiy tomonini ko‘rmaslik, gapirmaslik kerak-da" dersiz. To‘g‘ri, men tashkilotchilarning mehnatini, dunyo markazlaridan birining markazida madaniyatimiz, oshxonamizni namoyish etishlarini qo‘llab-quvvatlayman. Barakalla deyman, davomli bo‘lsin, deyman.

Ammo, lekin, biroq, har safar Toshkentda "O‘lmas polk", "G‘alaba!", "Berlingacha boramiz!", "Yana takrorlaymiz!" shizofreniyasiga chalinganlarning madhiyalaridan biriga aylangan ruscha qo‘shiqning O‘zbek madaniyat kunlari sahnasidan jaranglashi mantiqsizlik ekanini to‘g‘ri tushuntirib qo‘yishi kerak.

Doim takrorlab yozib kelaman, meni millatchiga ham chiqarganlar bo‘lgan (o‘zimizning qorako‘zlar), lekin biz qaysidir bir davlat yoki ular kiritgan til, madaniyat bo‘lagi emasmiz.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy

5 months, 2 weeks ago
5 months, 3 weeks ago
Mirzo Zominiy
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago