Orbita.Uz ...Ilm-fan fazosi uzra!

Description
Orbita.Uz saytining telegramm kanali. Ilm-fan fazosi uzra! Aniq va tabiiy fanlarga oid eng qiziqarli ilmiy-ommabop maqolalar bizda!
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

1 month, 4 weeks ago
**Assalomu alaykum**

Assalomu alaykum
1473-yilning 19-fevralida Nikolay Kopernik tavallud topgan edi.
U sinchkovlik bilan o'n yillab olib borgan murakkab kuzatuvlari ortidan olam manzarasining o'sha paytda odamlar tasavvur qilganidan butunlay boshqacha qiyofasini kashf qilgan edi. Ya'ni u olam Yer atrofida aylanadi degan noto'g'ri qarashlarni inkor etib, markazda Quyosh turishi va sayyoralar uning atrofida aylanishi haqidagi o'z ta'limotini shakllantirgan.

2 months, 1 week ago

Хизматчига қобилиятидан паст маош тайинлаш ёки ишчига маҳоратига яраша ҳақ бермаслик диндан эмасдир!Гарчи бу икки томоннинг қатъий келишуви асосида юзага келган бўлса ҳам. Чунки ночорнинг хоҳишида ҳуррият танқис бўлади. Унинг зоҳирий розилиги, бошқа йўли бўлмаган муҳтожнинг итоатидир.

Бериладиган маош қилинган меҳнатга яраша бўлиши вожиб. Аллоҳ таоло: "Одамларнинг нарсаларини камайтириб берманг. Ер юзида турли бузғунчиликлар қилманглар", дейди. (Шуаро сураси, 183).

Шайх Муҳаммад Ғаззолий
Ал-Азҳар университети, Миср
(1917-1996)

2 months, 2 weeks ago

Ассалому алайкум хурматли муштарийлар!
Сайтда яна янги мақолалар пайдо бўлмай қолганига хайрон бўлаётгандирсиз 😐
Бунинг сабаби бор. Ўтган ҳафта бошида сайтда қандайдир техник носозлик юз берди. Аниқроғи, мақолалардаги кўплаб махсус белгилар, математик операторлар символлари, ва хатто ўзимизнинг Ў, Ғ, Қ сингари, махсус кодировкали ҳарфлар ғалати кўринишга келиб қолди. Ҳозирча шуни тўғрилаш билан бандмиз. Тез фурсатда яна ҳаммаси жой-жойига тушиб, сайтимиз аввалгидек чиройли матнлар билан намоён бўлишига ҳаракатдамиз.
Иншаоллоҳ, тез орада яна фаолликка қайтамиз.

3 months, 1 week ago
​​Bugun shuningdek, Yupiterning dastlabki to'rtta yo'ldoshi …

​​Bugun shuningdek, Yupiterning dastlabki to'rtta yo'ldoshi - Io, Ganimed, Kallisto va Yevropa yo'ldoshlari kashf qilingan sana. Ularni 1610-yilning shu sanasida Galileo Galiley ko'rib qolgan edi.

3 months, 1 week ago

Qizig'i shundaki, Leon Fuko o‘zi yoshlik yillarida tibbiyot yo‘nalishida tahsil olgan bo‘lib, lekin, o‘zidagi ayrim psixologik omillar sababli, keyinchalik vrachlik sohasini tashlashgan majbur bo‘lgan. U qondan qo‘rqqan. Shundan so‘ng u fizika bilan mashg‘ul bo‘lgan va bir necha ajoyib kashfiyotlarni amalga oshirgan.

3 months, 1 week ago
[​​](https://telegra.ph/file/e757266677931f65a572c.jpg)**Assalomu alaykum, Eppur si muove!**

​​Assalomu alaykum, Eppur si muove!
GalileyEppur si muove!!!” - deb hitob qilgan edi. Ya’ni, u Yer Quyosh atrofida aylanadi degan e’tiqodida sobit qolib, garchi inkvizatsiya sudi oldida “til uchida” tavba qilgan, va o‘zining geliosentrik qarashlaridan go‘yoki voz kechgan bo‘lsa-da, lekin baribir so‘zi yakunida “U baribir aylanadi!II” - degan.

Yerning Quyosh atrofida aylanishini juda ko‘p olimlar uzoq asrlar mobaynida dalillab, ilmiy fakt sifatida qabul qilib kelishgan bo‘lsa-da, biroq, asosan cherkovning qaysarligi sababli ancha paytgacha ushbu Yer aylanadi degan g‘oya muttasil shubha ostida qolgan. Faqatgina 1851-yilga kelib, olim Leon Fuko tomonida Parij Panteonida o‘tkazilgan tajribadan so‘ng, ilm-fan ham, jamiyat ham Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini uzil-kesil tan oldi. Fuko o‘z tajribasini aynan 8-yanvar kuni o‘tkazgan edi. Shu sababli, fiziklar orasida 8-yanvarni "Yer aylanishi kuni"- norasmiy bayrami sifatida qayd etish an’anasi yuzaga kelgan. Bugun, Yerning aylanishi isbotlanganiga naq 174 yil to‘libdi. Eppur si muove do'stlar!

3 months, 1 week ago

Mazkur birlik uran rudasidagi radioaktivlik hodisasini kashf qilgan fransuz olimi Antuan Anri Bekkerel (1852-1908) sharafiga nomlangan bo‘lib, O‘lchov va tarozilar qo‘mitasining 1975-yilda bo‘lib o‘tgan XV-bosh konferensiyasida qabul qilingan. SI tizimining hosilaviy birliklariga nisbatan tadbiq qilinadigan imlo qoidalariga binoan, olim sharafiga qo‘yilgan bo‘lishiga qaramasdan, matnda o‘lchov birligining nomi kichik harflar bilan, ya'ni, «bekkerel» tarzida keltiriladi; uning belgilanishi esa – bosh harflar bilan, ya'ni, «Bk» shaklida ko‘rsatiladi.

3 months, 1 week ago

Ushbu audio qaysi filmdan ekanini eslagan bo‘lsangiz, izohlarda yozib keting ?

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago