BBA| Namangan viloyati bo'limi

Description
Ushbu kanalda Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda BMBA Namangan viloyati bo'limi tomonidan berib boriladigan yangiliklar va e'lonlar bilan tanishib borishingiz mumkin!!!
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 месяца назад
*****⚡️*** 2024-yilning 4-choragida chet tillaridan bo‘lib …

*⚡️ 2024-yilning 4-choragida chet tillaridan bo‘lib o‘tadigan diagnostik test sinovlari*✅ 2024-yil Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

? Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m)ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

? Ro‘yxatdan o'tish va test sinovi sanalari yuqoridagi rasmda keltirilgan.

⚠️ Natijangizni ? @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
? (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
? @IlmiyMarkazUz

2 месяца назад
*****⚠️***** **Yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash …

*⚠️ *Yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari Chet (nemis, fransuz, turk, arab, xitoy, yapon, urdu, pushtu, ispan va italyan) tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

? Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, mashg‘ulotlar sanasi va ro‘yxatga olish muddatlari yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Malaka oshirish kursi tinglovchilarga yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

? Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

? Talabgorlar belgilangan kunga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
? (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
? @IlmiyMarkazUz

2 месяца, 1 неделя назад

⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:

? Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

? Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

? viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

??‍? Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

? Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2 месяца, 1 неделя назад

2024-yil 20-sentabr kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkaziladi? 2024-yil 20-sentabr kuni kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 13 ta hududida tashkil etiladi.

*? Test sinovi o‘tkaziladigan joylar:*https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-09-16

❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

?BBA Namangan rasmiy sahifalari:
Telegram |Facebook

2 месяца, 1 неделя назад

⚡️ Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat aprobatsiyasi

Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonining yangi formati ishlab chiqildi va 2024-yil 22-sentabr kuni aprobatsiyadan o‘tkaziladi.

? Aprobatsiya test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Bunda har bir hududda kimyo fanidan 60 nafar, biologiya fanidan 60 nafar talabgor ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

? Buning uchun talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatga olinadi va birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar aprobatsiyada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

? Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:

Kimyo: my.uzbmb.uz/service/27
Biologiya: my.uzbmb.uz/service/28

Diqqat! Kimyo va biologiya fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan hamda aprobatsiyada aniq ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxatdan o‘tsin!

?BBA Namangan rasmiy sahifalari:
Telegram |Facebook

2 месяца, 2 недели назад
***❓*** **OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?*****?*** …

OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?? “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

? So‘rovnoma 2024-yilda bo‘lib o‘tgan oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

So‘rovnoma natijalari oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.

So’rov U-Report – yoshlar muloqot platformasida o’tmoqda: ? @UReportUzbBot So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim!*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2 месяца, 2 недели назад
BBA| Namangan viloyati bo'limi
2 месяца, 2 недели назад
***?*** **TOEFL IBT hamda GRE imtihonlari …

? TOEFL IBT hamda GRE imtihonlari endi Agentlikda?? Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda ?? Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Shu kungacha ikki tashkilot kelishuvi asosida Agentlikda TOEFL ITP hamda TOEIC testlari o‘tkazib kelinmoqda.

? Joriy yilning sentabr oyidan boshlab Agentlikda “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti tomonidan TOEFL IBT hamda “Graduate Record Examinations - GRE” imtihonlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.? Imtihon topshirish istagini bildirgan talabgorlar www.ets.org sayti orqali test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz (Scientific and educational practical center under The Agency for assessment of knowledge and competences)ni tanlashlari hamda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish shartlari, imtihon to‘lovlari, shaxsiy kabinet ochish va imtihonga tayyorlov materiallari va yo‘riqnomalar bilan www.ets.org sayti orqali tanishish mumkin.

? @bba_ilmiy_markaz

? (95) 515-68-68

? @IlmiyMarkazUz

2 месяца, 3 недели назад

⚡️ Chet tili imtihoni uchun 27–29-sentabr sanalarini tanlagan talabgorlar diqqatiga!

‼️ Chet tillaridan imtihon o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritilgani sababli 27–29-sentabr sanalarini tanlagan talabgorlar uchun ham imtihonlar 21–22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

? Talabgorlar aynan qaysi sana va smenada test sinovida ishtirok etishlarini shaxsiy kabinetlari orqali imtihon o‘tkazilish sanalaridan kamida uch kun oldin test sinovi ruxsatnomasi orqali bilib olishlari mumkin.

*❇️ 27–29-sentabr sanalarini* tanlagan talabgorlardan shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago