Ostonov Minbari

Description
Asosan, tarix, ba'zan siyosat, ba'zan achchiq satira... Tarixchi-jurnalist Jahongir Oston blogi

Taklif, mulohaza va reklama uchun: @tilmoc
Qo'llab-quvvatlash uchun donat: https://tirikchilik.uz/ostonovminbari
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

4 days, 14 hours ago
An'anaviy "Bilimkent" seminarining 2025-yildagi ilk soni …

An'anaviy "Bilimkent" seminarining 2025-yildagi ilk soni 28-fevral kuni bo'lib o'tadi. Ma'ruzachi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi Jahongir Ostonov.

Mavzu: "Markaziy Osiyo": terminologiya, geografiya va afsona.

Sana: 28.02.2025
Vaqti: 14:30

Seminar offline hamda Zoom platformasi orqali online formatda bo'lib o'tadi.

ZOOM: https://us06web.zoom.us/j/8254776667?pwd=WVMxNjRVenhYZmFWY3l4OTUvU1lVdz09&omn=89074921521

Identifikatsiya kodi: 825 477 6667
Parol: 12345

Jonli qatnashish istagida bo'lganlar uchun manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi 79. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo'lishi talab qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun: @akbaridiyev hamda @tilmoc

@bilimkent

5 days, 6 hours ago

Қарши шаҳрида маст ҳолатда бўлган Damas ҳайдовчиси пиёдалар ўтиш жойидан ўтаётган оила — эр-хотин ва унинг боласини уриб юборди. Оқибатда эркак вафот этди.

Марҳумнинг хотини судда айбланувчига нисбатан даъвоси йўқлигини билдирди. Ҳайдовчи 2 йилга озодликдан маҳрум қилинди.

ЖК 266-модда санкцияси муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиб, ўн йилгача озодликдан маҳрум қилиш жазосини назарда тутади.

Shunaqalarni umuman kechirmaslik kerak. Yana bular hukumatdan norozi bo'ladi. Jazolar qattiqlashaverishi kerak. Ayniqsa, mast holatda rulga o'tirganlarga ayamasdan jazo berish kerak. Pravani umrbod qaytarib olish kerak.

@ostonovminbari

1 week ago

Shunchaki, joy yo'q, deb qo'yiylar.

2 months, 1 week ago
Sharqshunoslik institutining Meros jurnalida navbatdagi maqolam …

Sharqshunoslik institutining Meros jurnalida navbatdagi maqolam chop etildi. Sharqshunoslik tarixiga qiziquvchilar uchun foydali bo'ladi deb umid qilaman. Maqola o'zbek tilida va uni Academiadagi sahifamdan yuklab qolishingiz mumkin.

@ostonovminbari

2 months, 1 week ago
Men [Skuf](https://t.me/RakursUz/4176) ekanman.

Men Skuf ekanman.

@ostonovminbari

2 months, 2 weeks ago

Temuriylar davrida mamlakat ichida erkin harakat qilish cheklangan. Nazorat kuchli bo'lgan, ko'chish uchun maxsus ruxsatnoma kerak bo'lgan. Daryodan kechib o'tishga ham. Aholini bir hududdan boshqa hududga majburiy ko'chirish amaliyoti keng tarqagan. Navoiy 11 marta shunday qarorga qarshi chiqqan ekan.

@ostonovminbari

2 months, 2 weeks ago
Bugungi mag'lubiyatdan chalg'ib ushbu videoni ko'ramiz.

Bugungi mag'lubiyatdan chalg'ib ushbu videoni ko'ramiz. https://youtube.com/shorts/r8oYrndX8lY?si=2VzaaB1Wh73APxtq

2 months, 2 weeks ago
Ostonov Minbari
2 months, 2 weeks ago
Parijdagi Moulin Rouge (fransuzcha: Moulin Rouge, …

Parijdagi Moulin Rouge (fransuzcha: Moulin Rouge, "Qizil tegirmon") — Parijning Montmartre hududida joylashgan mashhur kabare va ko'ngilochar joy. Bu joy 1889-yilda ochilgan bo‘lib, Fransiyaning madaniy va badiiy merosida muhim o‘rin tutadi. Moulin Rouge o‘zining rang-barang chiqishlari, o‘ziga xos shou dasturlari va Parijning bohem uslubini aks ettiruvchi atmosferasi bilan dunyoga tanilgan.

Kabare dunyoga mashhur bo‘lgan kankan raqsining vatani hisoblanadi. Moulin Rouge sahnasida professional raqqosalar, qo'shiqchilar, akrobatlar va boshqa san’atkorlar chiqish qiladi. Bu yerda har bir dastur rang-barang kostyumlar, yorqin dekoratsiyalar va jonli musiqa bilan boyitilgan. Shoular odatda Parijning romantik va ekzotik hayotini aks ettiradi.

Moulin Rouge Parijning eng mashhur turistik joylaridan biri hisoblanadi. U har kuni minglab mehmonlarni qabul qiladi. Kabare nafaqat ko‘ngilochar joy, balki Parij madaniyatining ajralmas qismi sifatida qabul qilinadi. Bugun yo'lim tushib bordim men ham.

@ostonovminbari

5 months, 2 weeks ago

Amudaryoni kechib o'tgan ilk ayol musulmon kimligini bilasizlarmi? Bilmaganlar uchun aytay. U Ummu Muhammad bintu Abdulloh ibn Usmon ibn Abu al Os as-Saqafiy. U 61-hijriy, 680-681-milodiy sanada eri Salim ibn Ziyod bilan birga Amudaryodan kechib o'tadi. Bu yerda ularning nikohidan tug'ilgan bola al-Sug'diy nisbasini oladi. Bu esa arablarning oldinga ilgarilishiga ta'sir ko'rsatgan omil sifatida qaraladi. Yirik daryoning kechib o'tilishi va u yerda yangi chaqaloqning tug'ilishi, musulmonlarning yangi dunyoga qadam qo'yishining bir ramzi edi.

@ostonovminbari

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago