Энг оммабоп савдо канали “МОШИНА БОЗОРИМ” га хуш келибсиз!
Эълон бериш учун 👉 @MB_ADMINUZ га ёзинг
Спамлар учун:
https://telegram.me/+cjjLCmVmTY8zM2Iy
Машинани кўрмасдан туриб пул ташламанг!
Савдога Админ Жавобгар эмас.
Last updated 1 month, 2 weeks ago
Дунё қарашингизни 180° га ўзгартирадиган канал! ⌛️
Сиз керакли жойдасиз бизни танлаб адашмадингиз..!
Admin: @Oltin_admini
"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?
Last updated 1 year, 2 months ago
«Namoz oʻqishni oʻrganish» илмий, маърифий ва ижодий каналига хуш келибсиз!
Расулуллоҳ ﷺ айтадиларки:
«Ким бир яхшиликка бировни йўллаб қўйса, унга ўша ишни қилганлик ажри бор»
(✍️Имом Муслим ривояти).
Last updated 1 year, 5 months ago
КОСИБ ҲУЗУРИДА...
Бозор чеккасида дўконинг қуриб,
Ҳаёт маромини кузатганча жим
Бутлайсан
Киру-чир жойларда юриб,
Сўнг қошингга келган пойабзал четин.
Боланг чопиб кирар, мактабдан нари,
Сўрайсан тошиқиб баҳоларини,
Аввалги умрингда нотиқ бўлгандек
Санайсан дунёнинг даҳоларини.
Растангда мунғайиб кутади қатор,
Бемору ҳориган оёқ кийимлар.
Бу ерни билмайди олифта, кибор
Баланд охурларни кўзлаган кимлар.
...Мажлис беги чорлаб қолди бир замон:
"Чақиринг тез ўша тилбилгич қизни!"
Кирдим...
Оёғимга қаради ёмон
"Бўлмайди, уятга қўяди бизни".
Қарз сўраб тентидим -
Китобдан хориж
Давлатдор дўстларнинг остонасида.
Худойим ўчирди сафарим - хориж
Яна тақдиримнинг пешонасидан.
Косиб, ҳузурингга келсам бемақсуд,
Айблама, телбага йўймагил мени.
Бу "Сафар дар Ватан" - йўли беҳудуд,
Ва "Буюк Табиб" деб йўқладим сени.
Менда ҳам юмуш жўн -
Сафар ғам солмас,
Меҳнатим нархи-да...
Бўлса, уч пайса.
Иккимиздан сабоқ -
Битира олмас
Бир игна ишини минг битта найза.
Маъмура ЗОҲИДОВА,
@mamurazohid
Inson hayotida hech qachon bo'lishini tasavvur qilmaydigan holatlar bo'larkan-ki, odam yashab yashaganini, o'lib o'lganini farqiga bormay qolarkan.
Kitob chiqqaniga ko'p bo'lgan bo'lishiga qaramay men bugün o'qib tugatdim. Shu bilan birga tanballik qilganim uchun, o'qib chiqishga qunt qilmaganimdan o'zimning o'zimdan jahlim ham chiqdi. "MANGLAYDAGİ YOZİQ" dan joy olgan har uchala qissa ham odamni obdon mulohaza qilishga undaydi. "Boychechak"ning o'zini ikki marta o'qib chiqqan bo'lsam ikki xil angladim. Turg'unning shijoati, o'quvchilar bilan ish olib borishi... Aslida turg'unni bir inson emas balki, har turli tarafdan turli zarbalarga dosh berib bugün 35 yoshni qarshilayotgan tilimiz obrazida ko'rdim. Obraz ichida obraz yaratish uchun ham insonga katta jasorat kerak. Ma'mura opaning yuragida esa o'sha katta jasorat bor!
"Sadoqat"da kelgan voqeliklarni o'qib, inson bo'lib bir itchalik sodiqlik qilolmaydiganlar borligidan hafa bo'ldim. Uyga kelib Margoni (itimni) qidirdim. Anuv kuni yomg'ir yog'ib kun sovib ketganda sho'rlik agarot etagiga o'tib omonatini topshiribdi. Umrimda ikkinchi bor jonivor uchun shunday yig'ladim. Halı juda kichik vaqtimda Qoravoyimiz "it o'ldiruvchi"lar tomonidan o'ldirilgandan keyin itlarga nisbatan umuman yaxshi munosabatda bo'lmay qo'ygandim. Lekin keyinchalik menda Margodan yaxshi do'st bo'lmadi. Uyga kelishim bilan atrofimda o'ralashib o'ynaganlarini, bir burda non uchun hursand bo'lib irg'ishlaganini esladim. O'zimcha bugün uydagilarga qo'shib Xudoning shu mahluqotiniyam hursand qilaman deb kelgandim. Hafa bo'lib ketdim...
"Manglaydagi yoziq" esa 😔*...
Fikrlarimni qisqa qilaman! Gapirsam soatlarcha gapirishim mumkin. Menga qolsa o'zingiz o'qiganingiz har bir qahramon bilan shaxsan tanishganingiz ma'qul.
Ma'mura opa o'quvchilaringiz safi yana bittaga ko'paydi(ruhsatingiz bilan albatta🫣). Kitobni o'qib chiqish davridagi har bir tuhfa qilgan kechinmalaringiz uchun sizdan minnatdorman. Allohim so'zdan qismasin! Qalamingiz doim shunday charx holatda bo'lishini tilayman☺️🤍
*© Xulkar Sherzodova**@Mashrab_oy
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida o'tkazilgan kitob taqdimoti yodda qolarli bo'lgan edi.
"SHARQ YULDUZI" jurnali muharriri, shoir va tarjimon AZIZ SAID
Kitob taqdimotida bugungi o'zbek asarlari haqida so'z bordi. Ibrohim G'AFUROV ta'rifi
“Hurriyat” gazetasining 2024-yil 10-iyul kungi sonida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi Maʼmura Zohidovaning "O‘riklisoy oqshomlari" nomli maqolasi eʼlon qilindi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Maʼmura Zohidovaning "Kelinoyi" hikoyasi
Uchrashuvga chiqqanimga afsus yedim. Yo‘q. Sira bo‘lmaydi. Endi taqdirga tan bermoqchi bo‘lib turgandim. Xato qilib qo‘yishimga bir qadam qolgan ekan. O‘zini sipo tutib yurgandi. Bir og‘iz gapda qiyofasi ochildi. O‘zi ham qaytib ko‘zimga ko‘rinmaydi, aniq. Bu uchinchi marta meni axtarib kelishi edi. Yo‘q-yo‘q. Men unga masxaramanmi?!
Uydagilarga nima deyman endi?
Oʻqidi: Nigina Qahhorova
Rasmiy sahifalarimiz?
Telegram | Facebook | X | Instagram
#Ustozlari_ Ma'mura_Zohidovaga
Óquvchilari_Kamoliddin_aka nomidan
Dil izhor va tashakkurnoma
??????????
1983-yil óquvchilar nomidan Uztozlari Ma'mura_Zohidovaga óz dil izhorlarini va rahmatlarini loyiha orqali yetkazishdi
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
BIZ HAM QUVONCHINGIZGA SHERIKMIZ
???????????
SIZ HAM YAQIN INSONLARINGIZNI XURSAND QILISHINGIZ MUMKIN
☎️ MUROJAAT UCHUN:
?@nozanin_jurayeva
Guruh?@kapalakli_buketlar_va_tortlar
??TANLOV VA ISHONCH UCHUN TASHAKKUR???
*? «Jadid» gazetasining 2024-yil 26-aprel kungi 18 (18)-soni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida mutolaa uchun havola qilinadi.*
©️ Gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.
〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish?*?**?*
https://t.me/gazetalar_sharhi
https://t.me/Jadidmedia_rasmiy
https://t.me/Jadid_media
Энг оммабоп савдо канали “МОШИНА БОЗОРИМ” га хуш келибсиз!
Эълон бериш учун 👉 @MB_ADMINUZ га ёзинг
Спамлар учун:
https://telegram.me/+cjjLCmVmTY8zM2Iy
Машинани кўрмасдан туриб пул ташламанг!
Савдога Админ Жавобгар эмас.
Last updated 1 month, 2 weeks ago
Дунё қарашингизни 180° га ўзгартирадиган канал! ⌛️
Сиз керакли жойдасиз бизни танлаб адашмадингиз..!
Admin: @Oltin_admini
"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?
Last updated 1 year, 2 months ago
«Namoz oʻqishni oʻrganish» илмий, маърифий ва ижодий каналига хуш келибсиз!
Расулуллоҳ ﷺ айтадиларки:
«Ким бир яхшиликка бировни йўллаб қўйса, унга ўша ишни қилганлик ажри бор»
(✍️Имом Муслим ривояти).
Last updated 1 year, 5 months ago