🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari
🌐 Manba: www.uzbmb.uz
Last updated 2 months, 3 weeks ago
? ELON VA REKLAMALAR ✓
? SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
? ENG ISHONCHLI KANAL ✓
? AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
? ID 830125650 ✓
?? @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
? ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Last updated 1 year, 4 months ago
???
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin
✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing
? @Sotuvchi_A ?
Last updated 1 year, 4 months ago
Niyat – ar. Amalning avvali, boshlanishi. Tasavvufda samimiy va sog‘lom bir niyat bilan yo‘nalmoq juda muhim. Zero, yakun boshlanishga ko‘ra bo‘ladi. Boshlamoq uddalamoqdir. Sog‘lom niyat o‘tkinchi hoy-u havasdan poklangan, nafsning tuban istaklaridan holi niyatdir. “Allohning quliga yordami niyatiga qarab bo‘lur, niyati butun bo‘lganga dastagi butun bo‘lur”. “Niyati xolis bo‘lganga ozgina amal yetarlidir”. “Mo‘minning niyati amalidan xayrlidir”. “Amalning bahosi niyatga ko‘radir”. “Jannatda abadiy qolmoq niyatning natijasidir”.
“Shayx Najmuddin Kubro q. s. “Favotihu-l-jamol” otlig‘ kitobida kelturubdurkim, chun Shayx Ammor Yosir xidmatig‘a yettim va aning izni bila xilvatqa kirdim, xotirg‘a keldikim, chun ulumi zohiriy iktisobin qilibmen, g‘aybi futuhot dast bergandin so‘ngra ani minbarlar ustida Haq subhonahu toliblarig‘a yetkurgaymen. Chun bu niyat bila xilvatqa kirdim, xilvat tamom muyassar bo‘lmadi va chiqdim. Shayx dedikim, avval niyating tashihin qil, andin so‘ngra xilvatqa kir!” (NM).
Avaznazarov O. Navoiy timsollari so‘zligi. – Toshkent: Spectrum Media Group, 2024. – B.147.
KANALGA ULANISH:
👇*👇*👇**https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy
64.
Аҳли маъни гуруҳида зинҳор,
Ҳеч ор айлама гадолиғдин.
Ким буларға гадолиғ ортуғдур,
Аҳли суратқа подшолиғдин.
Алишер Навоий
Насрий баён:
Эй инсон, маъно аҳли, яъни олиму фозиллар даврасида гадо бўлишдан ҳеч вақт ор қилма, чунки маърифат аҳли даврасидаги гадолик суратпараст, нафс бандаларига подшоҳликдан ортиқроқдир!
Байт шарҳи:
Ушбу қитъани турлича тушуниш, талқин этиш мумкин. Аввало, харобот аҳли, яъни чин ошиқлар даврасидаги ошиқликни Ҳаққа эмас, воситага, суратга интилувчи тақводорликдан устун қўйилганлигини айтиш мумкин. Иккинчидан, ҳазрат Навоийнинг илм аҳли мартабасини жуда улуғлаганлигини, илм олишнинг улуғ иш эканлигини таъкидлаганлигини кўриш мумкин. Бунинг бир қанча сабаблари бор, албатта. Жумладан, мўътабар китоблардан бири ҳисобланган Термизийнинг "Сунан"ларида ҳам бир соатлик илм олиш бир кунлик ибодатга тенг эканлиги айтилади. Ёки ҳазрат пайғамбаримизнинг илмни Чинда бўлса ҳам ўрганинглар, дея ҳикмат қилишлари барчамизга маълум. Бундай ҳикматлар эса Навоийнинг "маъни аҳли"ни "суърат аҳли"дан устун қўйишига етарлича асос бўла олади!
Одилжон Раҳматуллоҳ
Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o‘landan so‘r,
Zuloli zavq shavqin tashnai diydor o'landan so‘r.
Labing sirrin kelub guftora mandan о'zgadan so'rma,
Bu pinhon nuktani bir voqifi asror o‘landan so‘r.
Ko'zi yoshlularing holin na bilsun mardumi g'ofil,
Kavokib sayrini shab to sahar bedor о'landan so'r.
Xabarsiz o‘lma fatton ko'zlaring javrin chekanlardan,
Xabarsiz mastlar bedodini hushyor о‘landan so‘r.
G‘amingdan sham’tak yondim, sabodan so‘rma ahvolim,
Bu ahvoli shabi hijron manim-la yor о‘landan so‘r.
Xaroba jomi ishqam, nargisi masting bilur holim,
Xarobot ahlining ahvolini xummor o'landan so‘r.
Muhabbat lazzatindan bexabardur zohidi g'ofil,
Fuzuliy, ishq zavqin zavqi ishqi vor о‘landan so‘r.
KANALGA ULANISH:
👇*👇*👇**https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy
«ALISHER NAVOIY VA XXI ASR» mavzusidagi 9-uluslararo konferansi materiallari. Toshkent – Bursa: 2024. - 734 b.
Ushbu to‘plamda “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzusidagi 9-uluslararo
konferansi materiallari jamlangan. To‘plamda Alisher Navoiy adabiy-ilmiy merosining mumtoz adabiyotimizdagi o‘rni va bugungi kun uchun ahamiyati, shuningdek, shoir ijodiga bog‘liq holda matnshunoslik va tilshunoslik muammolariga doir ilmiy maqolalar oʻrin olgan. Navoiyshunoslikning bugungi holati va istiqboli borasida muayyan tasavvur berishi uning ahamiyatini belgilaydigan omillardan biridir.
Mahalla radiosining "Bir asar tarixi" dasturida "Lisonu-t-tayr" dostoni xususidagi suhbatimiz e'lon qilindi. Tinglovchiga manfaatli bo'lishiga umid qilamiz, shuningdek, taniqli suxandon Nozima Nosirovaga ushbu loyihani tashkil qilganliklari uchun minnatdorlik bildiramiz!
Odiljon Avaznazarov
Mahalla radiosining "Bir asar tarixi" dasturida "Saddi Iskandariy" dostoni xususidagi suhbatimiz e'lon qilindi. Tinglovchiga manfaatli bo'lishiga umid qilamiz, shuningdek, taniqli suxandon Nozima Nosirovaga ushbu loyihani tashkil qilganliklari uchun minnatdorlik bildiramiz!
Odiljon Avaznazarovhttps://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy
Alisher Navoiy dramasi. Uyg'un va I.Sulton. 75-betdan.
Намозова З. НАВОИЙ ЛИРИКАСИ МАТНШУНОСЛИГИ ТАДҚИҚИ ТАДРИЖИ (Ҳамид Сулаймон илмий фаолияти асосида). - Т.: 2020.
**G'iyosidddin ibn Humomiddin Xondamir "Habib us siyar"
Mashhur tarixchi Xondamir qalamiga mansub "Habib us-siyar fi axbori afrodi bashar" ("Bashar ahli siyratidan xabar beruvchi do'st") asarining kitobxonlar diqqatiga havola etilayotgan uchinchi bobining uchinchi va to'rtinchi qismlarida sohibqiron Amir Temur Ko'ragon, Xalil Sulton Mirzo, Shohrux Mirzo, Mirzo Ulug'bek, Abdullatif Mirzo, Abulqosim Bobur Mirzo, Sulton Abusaid Mirzo, Sulton Husayn Mirzo, Umarshayx Mirzo, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo va Turkiston, Movarounnahr, Xurosonda hukm yurgizgan asli Dashti qipchoqlik Muhammad Shayboniyxon hamda Eron shohi Ismoil Safaviy kabi xukmdorlar saltanati davrida ro'y bergan voqealar aks etgan.**TARIXIY KUTUBXONA
🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari
🌐 Manba: www.uzbmb.uz
Last updated 2 months, 3 weeks ago
? ELON VA REKLAMALAR ✓
? SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
? ENG ISHONCHLI KANAL ✓
? AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
? ID 830125650 ✓
?? @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
? ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Last updated 1 year, 4 months ago
???
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin
✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing
? @Sotuvchi_A ?
Last updated 1 year, 4 months ago