KIMYO MILLIY SERTIFIKAT || FARMONOV M.

Description
KIMYO MILLIY SERTIFIKAT KANALIGA XUSH KELIBSIZ. Bu kanalda:
✅Milliy sertifikat testlari
✅30 talik DTM testlar
✅Mavzulashtirilgan testlar
✅Online darslar
✅Videodarslar

O’qituvchi: @Farmonov_M
Rekalama: @reklama_arzon0
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

3 months ago

#Tarjima_masalalar

  1. Metall A suyultirilgan xlorid kislotasi bilan reaksiyaga kirishmaydi, metall B esa xlorid kislotasida eriydi. Metall B ning oksidi suvda erimaydi, lekin xlorid kislotasida gaz ajralib chiqmasdan eriydi. Hosil bo‘lgan eritma metall A bilan reaksiyaga kirishadi. Ushbu reaksiyada ham gaz ajralib chiqmaydi va cho‘kma hosil bo‘lmaydi. Qaysi metallar haqida gap ketmoqda? O‘tgan reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
    Javob: A- Cu. B- Fe

  2. 5,0 g metall oksidi xlorid kislotasi bilan reaksiyaga kirishganda, aynan shuncha miqdordagi xlor ajralib chiqadi, bu esa 2,8 g ushbu metalli xloridga aylantirish uchun yetarli. Ma’lumki, har ikkala reaksiyada uch valentli metall xloridi hosil bo‘ladi. Metalli aniqlang va reaksiyalar tenglamalarini yozing.
    Javob: Bi-Vismut

  3. X elementining ma’lum bir oksidi vakumda qizdirilganda o‘z massasining 63,43% ini yo‘qotadi. Ushbu oksid havoda qizdirilganda uchuvchan oksid hosil qiladi, uning massasi dastlabki oksid massasidan 1,11 baravar katta. Ushbu oksidlarning formulalarini aniqlang, reaksiyalar tenglamalarini yozing, shuningdek, dastlabki oksidning konsentratsiyalangan azot kislotasi bilan reaksiyasi tenglamasini yozing.
    Javob: ReO2 va Re2O7

  4. 2,00 g yod noma’lum eritma bilan reaksiyaga kirishganda 88,19 ml (normal sharoitda) gaz ajraladi, hosil bo‘lgan eritma rangsiz va pH qiymati 7 dan katta bo‘ladi. Eritma tarkibini taxlil qiling.
    Javob: Eritmadagi no'malum eritma gidrazin eritmasi va u ortiqcha

  5. Oksid A oltingugurt bilan 1:1 mol nisbatda reaksiyaga kirishadi, natijada oltingugurt dioksidi va boshqa oksid B hosil bo‘ladi. Oksid A tionil xlorid bilan reaksiyaga kirishganda oltingugurt dioksidi va oksoxlorid C hosil bo‘ladi. Ushbu reaksiyada bir xil miqdordagi oltingugurt dioksidini olish uchun oksid A uch baravar kam sarflanadi. Oksid B xlor bilan reaksiyaga kirishganda oksid A va oksoxlorid C hosil bo‘ladi, bunda oksoxlorid C va oksid A massalarining nisbati 3,813 ga teng bo‘ladi. A, B, C moddalarning formulalarini aniqlang.
    Javob: A- V2O5
    B- V2O3
    C- VOCl3

🌐@Kimyomilliysertifikat_FM

3 months ago

#Savollar
81. Levulin aldegidi molekulasi tarkibida necha xil oksidlanish darajali elementlar bor?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5

  1. Alkan suyultirilgan nitrat kislota bilan(140oC) nitrolanganda dastlabki alkan massasidan 6,75 g ga og’ir nitrobirikma olindi. Agar dastlabki alkan monoxlorli hosilasi natriy bilan ta’sirlashib 4,35 g alkan hosil qilsa, dastlabki alkanni aniqlang.
    A) CH4 B) C2H6
    C) C3H8 D) C4H10

  2. Psevdobutilen molekulasida sp3-s va sp2-s bog’lari sonini nisbatini aniqlang.
    A) 3;1 B) 6;4 C) 2;1 D) 6;2

  3. Xloralgidrat tarkibidagi sp3 orbitallar soni dioksan tarkibidagi sp3 orbitallar sonidan nechtaga farq qiladi?
    A) 4 B) 8 C) 12 D) 16

  4. Ketonlar karbon kislota xlorangidridlariga kadmiy organik birikma ta’sir ettirib olinadi. Sirka kislotaning xlorangidridiga 51 g dietil kadmiy ta’sir ettirib necha gramm keton olinadi? (η=0,75)
    A) 21,6 B) 43,2
    C) 32,4 D) 16,2

  5. Qishloq xo’jaligida repellent (chivin va boshqa hasharotlarni haydovchi) sifatida ishlatiluvchi modda tarkibida sp2 va sp3 orbitallar soni nechta?
    A) 24; 24 B) 36; 8
    C) 24; 8 D) 30; 16

  6. Oligosaxaridni to’liq gidrolizidan faqat bitta mahsulot – glyukoza hosil bo’ladi. Agar dastlabki oligosaxaridni atsillash uchun sarflanadigan sirka angidridga nisbatan, gidrolizdan hosil bo’lgan glukozani atsillash uchun sarflanadigan sirka angidrid miqdori 1,5 marta ko’p bo’lsa, dastlabki oligosaxarid nechta glyukoza qoldiqlaridan iborat?
    A) 6 B) 5 C) 4 D) 8

  7. 18 g CH3COOH bug’lari Al2O3 va ThO2 katalizatori ustidan o’tkazildi. Bunda hosil bo’lgan organik moddaning massasini hisoblang. (Ushbu organik modda xloroform va yodoform olishda ishlatiladi).
    A) 8,7 B) 11,6
    C) 17,4 D) 34,8

  8. 0,4 mol noma’lum aldegidning 25 % qismi oksidlanishidan hosil bo’lgan kislotaning massasi, 75 % qismi qaytarilishidan hosil bo’lgan spirt massasidan 7,8 grammga kam bo’lsa, noma’lum aldegidni aniqlang.
    A) HCHO B) CH3CHO
    C) C2H5CHO D) C3H7CHO

  9. Qaysi tolaning puxtaligi tabiiy tola hisoblangan junning puxtaligidan ikki martadan ham ziyodroq, yorug’likka chidash xossasi esa boshqa har qanday tolanikidan ustun turadi?
    A) kapron B) nitron C) xlorin D) lavsan

Eski testlar

🌐@Kimyomilliysertifikt_FM

3 months ago

#Masala: ☕️

  1. 200 g 40% eritmaning bir qismi to’kilib, o’shancha massada 20% eritma qo’shilganda 34% li eritma hosil bo’lsa, to’kilgan eritmaning massasini (g) aniqlang.
    A) 50 B) 40 C) 60 D) 20

Yechimi: m(t)= 200*0,40=80

80 - 0,4x + 0,2x= 2000,34
0,2x =12
x = 60
*

  1. 200 g 40% eritmaning bir qismi to’kilib, o’shancha massada 20% eritma qo’shilganda 34% li eritma hosil bo’lsa, to’kilgan eritma necha foizli bo’lgan?
    A) 36 B) 40 C) 50 D) 20

  2. 200 g 40% eritmaning bir qismi to’kilib, o’shancha massada 20% eritma qo’shilganda 34% li eritma hosil bo’lsa, to’kilgan eritma tarkibida necha gramm tuz bo’lgan?
    A) 36 B) 24 C) 12 D) 20

  3. 200 g 40% eritmaning bir qismi to’kilib, o’shancha massada 20% eritma qo’shilganda 34% li eritma hosil bo’lsa, qo’shilgan eritma tarkibida necha gramm tuz bo’lgan?
    A) 36 B) 24 C) 12 D) 20

  4. 500 g 30% eritmaning bir qismi to’kilib, o’shancha massada 20% eritma qo’shilganda 28% li eritma hosil bo’lsa, to’kilgan eritmaning massasini (g) aniqlang.
    A) 100 B) 40 C) 60 D) 80

  5. 500 g 30% eritmaning bir qismi to’kilib, o’shancha massada 20% eritma qo’shilganda 28% li eritma hosil bo’lsa, to’kilgan eritma necha foizli bo’lgan?
    A) 30 B) 40 C) 50 D) 20

  6. 500 g 30% eritmaning bir qismi to’kilib, o’shancha massada 20% eritma qo’shilganda 28% li eritma hosil bo’lsa, to’kilgan eritma tarkibida necha gramm tuz bo’lgan?
    A) 30 B) 40 C) 50 D) 20

  7. 500 g 30% eritmaning bir qismi to’kilib, o’shancha massada 20% eritma qo’shilganda 28% li eritma hosil bo’lsa, qo’shilgan eritma tarkibida necha gramm tuz bo’lgan?
    A) 30 B) 40 C) 50 D) 20

🌐@Kimyo_milliysertifikat_FM kanali bizdan uzoqlashmang !!!

5 months, 2 weeks ago

**Asosiy stexiometrik qonunlar quyidagilar:

  1. Tarkibning doimiylik qonuni (1809 у J.Lui Prust).
  2. Karrali nisbatlar qonuni (1803 у J.Dalton).
  3. Modda massasining saqlanish qonuni (1748 у Lomonosov).
  4. Ekvivalentlar qonuni (1820 у Volloston).
  5. Avagadro qonuni (1811 у A. Avagadro)
  6. Hajmiy nisbatlar qonuni (1808 у Gey-Lyussak).**
5 months, 2 weeks ago

#test

  1. Molekulasida vodorod atomlari soni teng bo‘lgan alkan va alkendan iborat aralashmaning molyar massasi 31,2 g/mol bo‘lsa, alkanning molyar ulushini hisoblang.
    A) 90% B) 80% C) 70% D)60%
  2. Molekulasida vodorod atomlari soni teng bo‘lgan alkan va alkendan iborat aralashmaning molyar massasi 32,4 g/mol bo‘lsa, alkanning molyar ulushini hisoblang.
    A) 90% B) 80% C) 70% D)60%
  3. Molekulasida vodorod atomlari soni teng bo‘lgan alkan va alkendan iborat aralashmaning molyar massasi 33,6 g/mol bo‘lsa, alkanning molyar ulushini hisoblang.
    A) 90% B) 80% C) 70% D)60%
  4. Molekulasida vodorod atomlari soni teng bo‘lgan alkan va alkendan iborat aralashmaning molyar massasi 34,8 g/mol bo‘lsa, alkanning molyar ulushini hisoblang.
    A) 90% B) 80% C) 70% D)60%

@kimyomilliysertifikat_FM

5 months, 2 weeks ago

#test

  1. 2A(g) ↔️ B(g) + C(g) ushbu reaksiya tenglamasi bo‘yicha B moddaning muvozanat konsentratsiyasi 0,2 mol·l-1 bo‘lsa, A moddaning dastlabki konsentratsiyasini (mol·l-1) hisoblang (KC = 1/4).
    A) 0,4 B) 0,6 C) 0,8 D) 1,0
  2. 2A(g) ↔️ B(g) + C(g) ushbu reaksiya tenglamasi bo‘yicha C moddaning muvozanat konsentratsiyasi 0,2 mol·l-1 bo‘lsa, A moddaning dastlabki konsentratsiyasini (mol·l-1) hisoblang (KC = 1/9).
    A) 0,4 B) 0,6 C) 0,8 D) 1,0
  3. 2A(g) ↔️ B(g) + C(g) ushbu reaksiya tenglamasi bo‘yicha C moddaning muvozanat konsentratsiyasi 0,4 mol·l-1 bo‘lsa, A moddaning dastlabki konsentratsiyasini (mol·l-1) hisoblang (KC = 4/9).
    A) 0,8 B) 1,0 C) 1,2 D) 1,4
  4. 2A(g) ↔️ B(g) + C(g) ushbu reaksiya tenglamasi bo‘yicha B moddaning muvozanat konsentratsiyasi 0,4 mol·l-1 bo‘lsa, A moddaning dastlabki konsentratsiyasini (mol·l-1) hisoblang (KC = 4).
    A) 0,8 B) 1,0 C) 1,2 D) 1,4

@kimyomilliysertifikat_FM

5 months, 3 weeks ago
5 months, 3 weeks ago

“Hech kim mukammal emas, shuning uchun qalamlarda o’chirg’ich bo’ladi”

Xatolar mukammallikka olib boruvchi eng muhim omil.

5 months, 4 weeks ago

Organik kimyodan mavzulashtirilgan qo'lanma.

@Kimyomilliysertifikat_FM

6 months ago

27-oktabrdagi imtixon testi!!!

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago