Miyashunos

Description
🧠 Miyaga qiziquvchilar uchun ta'lim platformasi.

🔷 Murojaat: @miyashunos_manager
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 5 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

2 months, 2 weeks ago

Mundarija - Miyashunos kanalidagi postlar xaritasi

  1. Miyashunos kanaliga kirish - Ingliz tilidagi so'nggi post
  2. Miya nima?
    3. Miya nima EMAS! - miya haqidagi eng ko'p tarqalgan yolg'onlar
  3. Xotira - Miya Mo'jizalari rubrikasining birinchi soni
  4. Dopaminga kirish - Futbol tarixidagi eng esda qolarli lahza
  5. Lazzat gormoni - Dopamin nima?
  6. 86 000 000 000 ta "g'isht" - Neyronlar
  7. Miyamiz o'zgaruvchanmi? - Neyroplastiklik
  8. Miyashunos kim? - Nega aynan miya ilmi?
  9. Tasavvur - Miya Mo'jizalari rubrikasining ikkinchi soni

  10. G'azab o'ldiradi - 1-qism; Hissiyotlar rubrikasi 1-soni

  11. G'azabni miyaga va tanaga ta'siri - G'azab o'ldiradi - 2-qism
  12. Tunda energiyaga boy, kunduzi esa bo'shashgan va lanj | "Uyqu" rubrikasi 1-qism
  13. Gapirish - Miya mo'jizalari rubrikasining 3-soni
  14. Til o'rganish miyani 'aynitadimi'? - Bilingvizm haqida.
  15. Tushun va qanday tushunishingni tushun - Psixolingvistika fani tarixi va ahamiyati.
  16. Xotira va uyqu.
  17. Asabni ehtjyot qiling - Asab tizimi nima?

Miya mo'jizalariga chuqurroq sho'ng'ish uchun bizni kuzatib boring!

@Miyashunos_uz

3 months ago

Avstraliya ham 16 yoshdan kichiklarga ijtimoiy tarmoqlarni ta’qiqladi. (avvalgilarini yozgandim)

Jarima - 32 mln$ gacha.

Jonatan Haidthning ijtimoiy tarmoq va telefonlar zarari haqida kitobi chiqdi.

Xulosasi: 16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bolalarni, zaifroq, ahmoqroq, dangasaroq, ko’proq siqiladigan, diqqatsiz qilib qo’yayapti.

Butun kitob dalillardan iborat.

Smartfon, planshet olib berib - tinchlik sotib olayotgandursiz. O’rniga farzandingiz potensialini yo’qotib yuboryapsiz.

Bolangizni kelajakda muvaffaqiyatli bo’lishini istayapsizmi?

IT, top universitet, eng kuchli ustozlar, to’garaklar kabi yuzta narsaga ovora bo’lmang.

Shunchaki 16-yoshigacha ijtimoiy tarmoq, virtual o’yinlardan uzoq tuting.

Real o’yinlar, kutubxona, foydali videolar to’la hard disk qilib bering.

Bediqqat, sabrsiz, xotirasi past 95% tengdoshlaridan kilometrlar oldinda bo’ladi.

3 months, 1 week ago
3 months, 1 week ago
3 months, 3 weeks ago

"Yaqindagina yodlagan edim. Esimdan chiqdi" | Xotira va uyqu.

Tanish so‘zlarmi? O‘quvchilar so‘z yodlamaganlarida eng ko‘p ishlatadigan gaplaridan biri bu ko‘pchiligimizning zaif nuqtamiz hamdir. Xotira qanday ishlashini yaxshi bilmasdan biror ma’lumotni eslab qolishga harakat qilish, xuddi manzili aniq bo‘lmagan makon tomon yo‘lga chiqishga o‘xshaydi. Uxlaganda darsni yodlasa bo‘ladi desam ishonasizmi? Ba’zan dars qilish o‘rniga uxlasangiz yaxshiroq natija ko‘rsata olasiz desam-chi? Bo‘lmasa oxirigacha o‘qing.

Telefonlarni o‘chiramiz, chiroqlarni o‘chiramiz, har qanday ishimizni to‘xtatamiz va uyquga ketamiz. Lekin aynan shu vaqtda — uyquda — miya o‘zining muhim bo‘lgan ishini boshlaydi. Aynan uyqu vaqtida miya xotiralarni shakllantiradi. Uxlaganimizda miya xotiramizdagi voqea-hodisalarni "yangi ma’lumotlar" qismidan "eslab qolinishi shart!" qismiga olib o‘tadi va tartiblaydi. Ushbu muhim jarayonni o‘tkazib yuboradigan bo‘lsak xotiralarimiz chalkashib ketishi yoki butunlay yo‘qolishi ehtimoli katta.

Biz davrlarda uxlaymiz. Ya’ni o‘rtacha har 90 daqiqada qaytalanadigan bosqichlardan o‘tamiz. Bosqichlar asosan ikkiga bo‘linadi: REM (tez ko‘z harakati) va NREM (tez bo‘lmagan ko‘z harakati). Chuqur NREM uyqusi paytida, miya ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlaydigan miya qismi "hippokampus"dan uzoq muddatga saqlovchi qism "korteks"ga o‘tkazadi. Korteks va amiglada qismlarini qamrab oluvchi REM uyqusi esa bu xotiralarni qayta ishlaydi va neyronlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Natijada o‘sha kuni olgan ma’lumotimizning muhimlari saralanib, xotiraga mixlanadi.

Eng ko‘p qilinadigan xatolardan biri bu uyqu o‘rniga dars qilib, uyquni ’yetkazib olaman’ deb o‘ylash. Kechasi dars qilishning foydalari bo‘lsa-da, uyqu rejimining buzilishi aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Doimgidan kech uyquga yotsak, uyqu davrlariga jiddiy ta’sir qiladi. Ma’lumotlar hippokampus’dan korteks’ga yetib bormay qoladi, va biz kechasi bilan uyqudan kechib o‘rgangan darsimizni ertasiga umuman eslay olmaymiz.

Darsni uyqudan oldin yodlab, ertalab uyg‘ongandan so‘ng takrorlash eslab qolishning eng ko‘p qo‘llaniladigan uslublaridan biri hisoblanadi. Uxlashdan oldin miyamizni nima bilan oziqlantirsak, aynan shu xotiramizga yaxshi o‘rnashadi. Bugun 15 ta so‘z yodlashingiz kerakmi? Ayni uyqudan avval yodlang, va ertalab turib takrorlang — ta’sirini bir kundayoq ko‘rasiz. Yotishdan avval nima bilan shug‘ullanayotganingizga e’tiborli bo‘ling. Har kuni bir vaqtda uyquga yoting. Uyqusini to‘g‘ri tartibga solmagan insonning miyasi hech qachon o‘zining potensialida ishlay olmaydi.

Shularni barchasini bilib turib ham kech uxlaysizmi? Shularni barchasidan keyin ham "yaqindagina yodlagandim" deysizmi? Balki yaqinda yodlaganingiz uchun, uyquga e’tiborsiz bo‘lganingiz uchun esingizdan chiqqandir.

Mehnatimizni qo‘llab-quvvatlash uchun maqolani yaqinlaringiz bilan ulashing. Rahmat.

- Jamshidbek Izzatulloh.

@miyashunos_uz

5 months ago
***?*** **Miyashunos qayta qurildi.** [#bismillah](?q=%23bismillah)

? Miyashunos qayta qurildi. #bismillah

Shu vaqtgacha loyiha faqatgina Telegram tarmog'ida ilmiy-ommabop maqolalar yozish bilan faoliyat yuritdi.

Endilikda, Miyashunos o'z ichiga bir nechta loyihalar va vazifalarni oluvchi ta'lim platformasiga aylandi.

Bu loyihadan quyidagi missiyalar ko'zlangan:
?ilmiy-ommabop kontentlar orqali o'zbek jamiyatida Miya ilmiga bo'lgan qiziqishni uyg'otish
?miya ilmiga qiziquvchi yoshlarni bir jamiyatga to'plash va birgalikda rivojlanish
?yurtimizda shu soha rivojiga olimpiadalar o'tkazish orqali hissa qo'shish

Shu missiya yo'lida, Miyashunos nomi ostida
1. Telegram, Youtube blog, va web sahifasi olib boriladi.
2. Yurtimizda birinchi "O'zbek Miyashunoslar Jamiyati" tashkil topadi.
3. O'zbekistonda birinchi "International Brain Bee" olimpiadasining Milliy bosqichi tashkil qilinadi.

Jamshidbek Izzatullaev - Loyiha asoschisi va IBB Uzbekistan ko-koordinatori.Azizbek Muxtorov - Loyiha ham-asoschisi va IBB Uzbekistan koordinatori.

@miyashunos_uz

5 months ago
[#IBB](?q=%23IBB) [#UBB](?q=%23UBB)

#IBB #UBB

International Brain Bee (IBB) - oʻsmirlar uchun nerv va miya ilmiyotiga yoʻnalgan xalqaro fan-olimpiadasi hisoblanadi.

Har yili IBB ga 40 dan ortiq turli qit'alardan mamlakatlar oʻz vakili bilan ishtirok etadi. Vakil - qatnashuvchi davlatning Milliy Brain Bee olimpiadasi chempioni hisoblanadi. Oʻzbekiston bu akademik yildan (2025-yil uchun) ilk maratoba oʻz vakili bilan qatnashish mazmunida IBB bilan kelishuvga erishdi. Shu boisdan, shu akademik yilda yurtimizda birinchi bor Milliy Brain Bee olimpiadasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Olimpiada Miyashunos loyihasi tomonidan IQtidorly va Yoshlar Ishlari Agentligi bilan hamkorlikda tashkilashtiriladi.

Yurtimizdan vakil sifatida qatnashishni istovchi talabgorlar quyidagilarga mos boʻlishi lozim:

• 14-18 yosh boʻlishi
• Yuqori sinf maktab oʻquvchisi yoki maktabni bitirgan boʻlishi
• Oliy Ta'lim talabasi boʻlmasligi
• Ingliz tilini ilm-fanga tushunish darajasida bilishi

Agar talabgor Milliy Brain Bee bosqichida chempion boʻlsa, u IBBda Oʻzbekiston vakili sifatida xalqaro arenada oʻz bilimini sinaydi.

IBB haqida koʻproq bilish uchun rasmiy sahifasiga tashrif buyuring: https://www.thebrainbee.org/

Olimpiadada oʻzini sinab koʻrmoqchi boʻlganlar diqqatiga kanalni kuzatib boring, toʻliq va batafsil ma'lumotni birin-ketin ulashib boramiz!

Iltimos, bu olimpiada koʻpchilikka yetib borishi uchun biologiya, tibbiyot, nerv va miya ilmiga qiziquvchi yaqinlaringizga joʻnating.

Keyingi postlarda quyidagilar haqida ma'lumot beramiz: 1. IBB qatnashish va gʻolib boʻlish nima foyda beradi?
2. Milliy BB bosqichlari nimalardan iborat?
3. Qanday qilib IBBga tayyorlanish kerak?

Rasmiy kanal: @miyashunos_uz

5 months ago

00:00:10 Azizbek Muxtorov kim?
00:01:27 Miya ilmi haqida qisqa.
00:03:48 Ingliz tilini 10 yil o'rganishimiz shartmi? 5 yoshda 4 til! (Jamshidbek Miya ilmiga qanday kirib keldi)
00:09:03 Neuroscience nima?
00:12:19 Miya qanday boshqariladi?
00:15:14 Miyani "kuchaytirish" mumkinmi?
00:21:08 G'azab va uni nazorat qilish haqida aktual savol.
00:26:27 O'zbekistonda birinchi olimpiada haqida qisqacha.
00:28:45 Miya ilmi — tibbiyotmi yoki psixologiya?
00:32:28 'International Brain Bee' (IBB) olimpiadasi haqida batafsil.
00:37:00 IBB'da qatnashish uchun talablar.
00:40:15 IBB'dagi savollar darajasi.
00:46:07 Miyashunos loyihasi va O'zbek Miyashunoslar Jamiyati haqida.
00:51:29 Miya ilmini o'rganishga 'motivatsiya' qayerdan keldi?
00:54:29 Bu sohani o'qib qanday kasb egasi bo'lish mumkin?
00:58:15 Tinglovchimizdan juda ajoyib savol - IBB Olimpiadasida qatnashishning nima foydasi bor?
01:03:14 Suhbat yakuni.

? Telegram | Instagram | Linkedin

5 months ago
*Ingliz tilidan IT'ga, ITdan Miya ilmiga …

*Ingliz tilidan IT'ga, ITdan Miya ilmiga bo'lgan yo'l.

Qachon, nega, nima maqsadda?

Miyashunos kim? Balki kimlar?

O'zbekiston tarixidagi birinchi olimpiada.*
va boshqa juda muhim yangiliklarni bugungi ovozli suhbatimizda tinglashingiz mumkin.

Manzil: IQtidorly telegram kanali
Vaqt: 5 daqiqadan so'ng.

KO'RISHGUNCHA!
@Miyashunos_uz

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 5 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago