Bu bazamizda faqat birinchi sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin
Last updated 9 months, 3 weeks ago
وكالة تركمنلار الاخبارية
Türkmenler Haber Ajansı
Last updated 2 weeks, 3 days ago
Sha’bon bilan Ramazonda oy va uni doimo lozim tutuvchi yulduz naqadar go’zal bo’lib ketadi-a, Allohim naqadar buyuk va mehribon 🤍
🪽Ulamolar tolibi ilmni o’qigan biror kitobidan dars berishi, ustoz bo’lishi Alloh taolo uni qilgan ibodatlarini qabul qilganligini natijasidandir deyishadi.
🪽Boshqa ilmlardan (hoh u diniy bo’lsin, hoh u dunyoviy) nasibangiz Qur’ondan nasibangizchalik bo’ladi
Ulamolar aytadiki asli o’zi dunyoni yarmini ayol obod qiladi, qolgan yarmini obod qiluvchilarni ham ayollar dunyoga keltiradi. Bu degani insoniyat jamiyatida ham, islom shariatida ham ayollarning o’rni 100dan 75%ni tashkil qiladi. 100dan 75 foiz ayollarning o’rni muhim. Shunday ekan bizni o’rnimiz qay darajada bo’lyabdi. Ya’ni haqiqatda ham shunday bo’lyapdimi degan masalada biz darrov o’zimizga huddi libosimizni tuzatganimizdek, yuzimizdagi insonlar orasida bizga kulgu bo’ladigan, naqulay ko’rsatadigan zararlarni oynaga qarab olib tashlaganimizdek jamiyatdagi o’rnimizni ham shunga qarab to’g’irlab olishimiz kerak. Islom dinida jamiyatda 75% meni o’rnim bormi degan savolni oldimizga qo’yishimiz kerak.
Ba’zi masalalardagina erkak va ayol o’rtasida ajralish bor.
Ilm olishlikda, olima bo’lishlikda erkaklar o’qisa olim bo’ladi, ayollar o’qisa olim bo’lmaydi degan gap yo’q
Ummatni boshqaradigan olima bo’lishlikda sustkashlik qilmang…
Davomi bor…
30noyabrda Ma’hadda ustozimiz bilan bo’lgan suhbatni yozib olgan edik, shuni yozib chiqyapman o’zimga eslatma bo’lsin deb sizga ham biror manfaat yetsa hursand bo’laman.
Ibn Javziy ▪️ talabalarga kunni qanday taqsimlash borasida shunday maslahatlar berib o’tadilar
Ey tolibi ilm nafsingga bomdod paytida ogohlikni lozim tutgin. Dunyo gaplaridan gapirmagin. Salafi solihlar (oldin o’tgan ulamolar) ▫ bu vaqtda dunyo ishlaridan biror narsa gapirmaganlar. Uyqudan uyg’onganingda quydagi duoni o’qigin.
الحمدلله الذي أحيانا بعد ما أماتنا و إليه النشور ، الحمد لله الذي يمسك السماء أن تقع على الأرض إلا بإذنه إن الله بالناس لرؤوف رحيم
So’ng tahoratga tur va fajrni sunnatini o’qi va masjidga Alloh taoloni o’zinigina roziligini istab chiq. Va yo’lingda quydagi duoni o’qi:
اللهم إني أسألك بحق السائلين عليك و بحق ممشاي هذا ، أني لم أخرج أشرا ولا بطرا ولا رياء ولا سمعة ، خرجت اتقاء سختك وابتغاء مرضاتك ، أسألك أن تجيرني من النار وأن تغفر لي ذنوبي إنه لا يغفر الذنوب إلا أنت
Namozni imomni o’ng tarafida o’qishlikni qasd qil. Agar namozdan forig’ bo’lsang o’n marotaba quydagi zikrni ayt
لا اله إلا الله وحده لا شريك له الملك و له الحمد يحيي و يميت بيده الخير وهو على كلّ
شئ قدير
So’ng o’n marta tasbeh, o’n marta hamd, o’n marta takbir ayt, so’ng oyatal kursiyni o’qi. Allohdan namozingni qabul bo’lishini so’ra. Agar imkon qilsang quyosh chiqqunicha Allohni zikr qil quyosh chiqqach namoz o’qi so’ng asr vaqtigacha mutolaa qil. Asrdan to shomgacha zikr qil. So’ng shom namozini o’qigach ikki pora qur’on o’qi, xufton namozini o’qib bo’lgach darsingni tayyorla, so’ng uyquga o’ng tamoning bilan yot va 33marta tasbih, 33 marta hamd, 33marta takbir ayt va Allohim meni qiyomat azobidan o’zing saqla deb ayt. Uyqudan ko’zingni ochsang bilginki ko’zi o’z nasibasini olib bo’lgan bo’ladi. Tahorat qil va tun qarong’usida namoz o’qi. Yengil ikki rakat bilan namozingni boshla so’ng undan keyin qur’ondan ikki porani keyingi ikki rakatli namozingda zam qilib o’qi so’ng ilm darsingni qil. Albatta ilm har qanday nafldan afzaldir deb aytadilar (bu so’zlardan qanchalik himmatimiz past ekanligini ko’rishingiz mumkin biz darsimizni qilib olay deb namozlarimizni pala- partish tezda tugatib olsak ko’p ilm olishga ulguramiz deya tasavvur qilamiz vaholanki baraka ilm bilan birga uni xos zikrlarini qilish bilan bo’ladi)
Boshqa bir kitobda tolibi ilmni doimo dushanba, payshanba kuni ro’zador bo’lishi kerakligi zikr qilingan edi
Allohim barchamizni haqiqiy tolibi ilmlardan qilsin.
O’rtog’larim kanalimni faoliyatini to’xtatganimga urishib berishdi ? va men yana qaytdim
Haqqimga duo qilib turinglar iltimos ertaga imtihonim ?
Va eng asosiysi tezroq tuzalib qolay havo almashganigami qattiq shomollab qoldim ?
Bu bazamizda faqat birinchi sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin
Last updated 9 months, 3 weeks ago
وكالة تركمنلار الاخبارية
Türkmenler Haber Ajansı
Last updated 2 weeks, 3 days ago