"QARSHI ELEKTR TA'MINOTI MASOFASI" FILIALI

Description
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

15 hours ago
**Муборак Рамазон ойи кириб келиши муносабати …

Муборак Рамазон ойи кириб келиши муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана с наступлением священного месяца Рамазан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

1 day, 2 hours ago
5 days, 12 hours ago

Bugun 24 fevral 2025 yil, Dushanba.

➡️ BAYRAMLAR:

🌏 Lotereya tug‘ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇹🇭 Tailand - Sanʼat sohasidagi insonlar kuni.
🇵🇭 Filippin - Zamboanga Sibugay kuni.
🇲🇽 Meksika - Bayroq kuni.
🇸🇪 Shvetsiya - Shvetsiya Finlari kuni.
🇮🇳 Hindiston - Markaziy aktsiz kuni.
🇪🇪 Estoniya - Mustaqillik kuni.
🇷🇴 Ruminiya, 🇲🇩 Moldova - Dragobete.
🇮🇷 Eron - Muhandislar kuni.

➡️ VOQEALAR:

- 1466 - Bryuggeda (Belgiya) birinchi lotereya o‘yini o‘tkazildi.
- 1498 - Tarixchi olim Mirxond vafot etdi.
- 1525 - Paviyadagi jang
- 1582 - Papa Gregori XIII Grigorian taqvimiga o'tish to'g'risida qaror chiqardi.
- 1821 - Meksikaning bo'lajak imperatori Agustin de Iturbide Iguala rejasini e'lon qildi.
- 1881 - Rossiya va Xitoy Peterburg shartnomasini imzolashdi.
- 1902 - Buyuk Britaniyada doktor Lanchester diskli tormoz proyektini patentladi.
- 1918 - «Estoniya mustaqillik deklaratsiyasi» e’lon qilindi.
- 1938 - dunyoda birinchi sun'iy sintetik tolali tish cho'tkasi ishlab chiqildi.
- 1942 - Qora dengizda Struma kemasi cho’kib ketdi.
- 1942 - "Amerika Ovozi" radiostansiyasining birinchi eshittirishi uzatildi.
- 1955 - Turkiya va Iroq Bag‘dod paktini imzolashdi.
- 1994 - O‘zbekiston Respublikasi xalqaro pochta ittifoqiga a’zo bo‘ldi (1994). 
- 1994 - Norvegiyaning Lillixammer shahrida bo'lgan 17 qishki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristayl bo'yicha Olimpiada chempioni bo'ldi.
- 2006 - Toshkent shahrida M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filialii tashkil topdi. 
- 2008 - Fidel Castro Kuba davlat rahbari lavozimidan iste’foga ketdi.
- 2016 - Tara Air kompaniyasining Viking Air DHC-6 Twin Otter 400 samolyoti Nepalda qulab tushdi va 23 kishi halok bo'ldi.
- 2022 - Vladimir Putin boshqaruvidagi Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni boshladi.

➡️ TAVALLUDLAR:

- 1304 - Ibn Battuta, Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh al-Lavatiy attanjiy (1369) — mashhur arab sayyohi va geografi, tarixchi. 
- 1500 - Karl V (1558) -  "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatori (1519—56), Ispaniya qiroli (Karlos I) (1516—56), Niderlandiya shahzodasi (1516-55), Sitsiliya qiroli (Karl IV) (1516—56), Gabsburglar sulolasidan.
- 1744 - Fyodor Ushakov - rus dengiz qo'mondoni, admiral.
- 1786 - Vilgelm Grimm (1859) - aka - uka Grimmlardan biri, nemis filologi.
- 1886 - Pyotr Lebedev  (1912) - rus fizigi, fiziklarning birinchi rus ilmiy maktabini yaratgan. 
- 1873 - Karuzo Enriko (1921) - italyan xonandasi (tenor), belkanto sanʼatining yirik namoyandasi, jahon opera ijrochiligining atoqli vakillaridan. 
- 1881 - Rizamat Musamuhamedov (1979) - sohibkor bogʻbon, uzumchilik amaliyoti novatori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1971).
- 1898 - Anatoliy Avtonomov (1968) – seleksiyachi olim, O‘zbekistoda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1944).
- 1932 - Mishel Legrand (2009) - fransuz bastakori, pianinochi, dirijyor, qo'shiqchi.
- 1932 - Mayya Kristalinskaya (1985) - sovet pop qo'shiqchisi, RSFSRda xizmat ko'rsatgan artist.
- 1947 - Yelena Solovey - sovet va rus teatr va kino aktrisasi, RSFSR xalq artisti.
- 1955 - Stiven Pol Jobs (2011) - amerikalik muhandis va tadbirkor, Apple Inc. korporatsiyasi asoschisi va direktori boʻlgan. 
- 1960 - Ishoq Toʻrayev - aktyor, rejissyor,  Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1998). 
- 1976 - Jan Koum - kelib chiqishi Isroillik tadbirkor, dasturchi, dunyoga mashhur WhatsAppmessenjerini ishlab chiqqan.
- 1977 - Flod Meyvezer - mag‘lubiyatga uchramagan amerikalik professional bokschi.

https://t.me/Qarshiech5

1 month, 3 weeks ago
***?***Butunjahon temiryo'l tarmog'i

?Butunjahon temiryo'l tarmog'i

?https://t.me/Qarshiech5

1 month, 4 weeks ago

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

2 months ago
**Hurmatli hamkasblar, aziz temiryo‘lchilar!**

Hurmatli hamkasblar, aziz temiryo‘lchilar!  

Sizlarni kirib kelayotgan Yangi 2025 yil bilan samimiy qutlayman! Bu kunlarda har birimiz o‘tgan yilni sarhisob qilib, kelajak sari yangi marralarga intilamiz va bu nafaqat yutuqlarning xulosasi, balki oldindagi katta maqsadlarni amalga oshirish uchun kuch yig‘ish vaqtidir.  

2024 yil biz uchun ulkan yangiliklar va muvaffaqiyatlar yili bo‘ldi. Kompaniyamiz nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, balki zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, infratuzilmani rivojlantirish va transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishda katta qadamlar tashladi.  

2024 yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarixidagi eng muhim bosqichlardan biri — Transformatsiya jarayoni boshlangani desak adashmagan bo‘lamiz.  

Xolding tarkibida yangi tuzilmalar tashkil etildi.  Bu jarayon kompaniyada shaffoflikni taʼminlash, kuchli va zaif nuqtalarni aniqlash va ularni samarali boshqarish imkonini berdi.  

Transformatsiya va raqamlashtirish ishlari nafaqat biznes jarayonlarimiz samaradorligini oshirmoqda, balki umumiy tizimni global bozor talablariga moslashtirish imkonini ham beryapti. 

2024 yilda biz xalqaro miqyosda ham yirik loyihalarni amalga oshirishni boshladik. Ulardan eng muhimlaridan biri — “Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasiga start berilganidir. 

Bu loyiha uch davlat o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash, yuk tashish hajmini keskin oshirish, Markaziy Osiyoning global savdo zanjirlariga integratsiyasini taʼminlash,Mamlakatimiz logistika sohasidagi yetakchi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Prezidentimizning tashabbusi bilan 2024 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun bizga zamonaviy talablarga javob beradigan infratuzilmani rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va raqobatbardosh logistika tizimini yaratish imkoniyatini berdi. Bu qonun sohamizning qonuniy asoslarini yana-da takomillashtirdi va yangi investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.  

Ushbu yutuqlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va Hukumatimizning tizimli ko‘magi natijasida amalga oshirildi. Davlatimiz rahbari va hukumatimiz bizga yaratgan imkoniyatlar kompaniyamizning barqaror rivojlanishi uchun mustahkam asos bo‘ldi.  

Bizning maqsadimiz — yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlarini rivojlantirish hamda O‘zbekistonni mintaqaviy logistika markaziga aylantirishdir… BATAFSIL O'QISH BU YERDA⬅️

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

2 months ago

Bugun 27 dekabr 2024 yil, juma.

➡️ BAYRAMLAR:

?? Xalqaro epidemiyaga qarshi tayyorgarlik ko‘rish kuni.
❄️ Qog'ozdan qor parchasi yasash kuni.

➡️ MILLIY BAYRAMLAR:

?? Qirg‘iziston - Pasport va viza xizmati xodimlari kuni.
?? Rossiya - Favqulodda qutqaruvchilar kuni.
?? Shimoliy Koreya - Konstitutsiya kuni.

➡️ VOQEALAR:

- 1513 - Burgoss qonunlari kuchga kirdi.
- 1831 - Charliz Darvin dunyo bo’ylab sayohatga chiqdi.
- 1842 - Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi oʻrtasida “Majburiyatlar akti” deb ataluvchi shartnoma imzolandi.
- 1845 - Amerikalik shifokor Krouford Lang dunyoda birinchi marta tug'ruq paytida og'riqsizlantirishni qo'lladi.
- 1903 - Dublindagi Abbat teatri ochilishi.
- 1918 - Germaniyada polyaklar qo‘zg‘oloni boshlandi.
- 1932 - SSSRda yagona pasport tizimi joriy qilindi.
1932 - Nyu-Yorkda dunyodagi eng katta "Radio City Music Hall" kinoteatri (5945 o'rinli) ochildi.
- 1945 - Xalqaro Valutya fondi tashkil topdi.
- 1949 - Niderlandiya Indoneziyaning mustaqilligini tan oldi.
- 1960 - Bitliz guruhining Angliyadagi ilk konserti.
- 1978 - Ispaniyada Fransisko Franko diktaturasi tugatilganini bildiruvchi yangi konstitutsiya kuchga kirdi.
- 1979 - Afgʻon urushi (1979-1989): Amin saroyi qurshab olindi.
- 1990 - Rossiya qutqaruvchilar korpusi tashkil qilindi.
- 1991- Mozambik Respublikasi, Sloveniya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi Oʻzbekiston suverenitetini tan oldi.
- 1996 - “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”, “Oʻqituvchi va murabbiylar kunini belgilash toʻgʻrisida” Qonunlar qabul qilindi.
- 2005 - “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida”gi qarori qabul qilindi.
- 2007 - Pokistonning sobiq bosh vaziri Benazir Butto saylov oldi tashviqotlari doirasida Ravalpindi shahriga safari chog’ida suiqast qurboni bo’ldi.
- 2008 - G'azo sektorida Isroil armiyasining HAMASga qarshi aksilterror harbiy operatsiyasi boshlandi. Operatsiyaning kod nomi - Cast Lead.
- 2014 - Quyoshdan 50 000 yorug‘lik yili masofada sverxyangi yulduz portlashi qayd qilindi.
- 2019 - Almati shahri yaqinida samolyot qulab tushdi. 12 ta qurbon va 49 kishi jarohatlandi.

➡️ TAVALLUDLAR:

- 1571 - Kepler Iogann (1630) - nemis astronomi va matematigi. 
- 1773 - Jorj Keyli (1857)  - ingliz olimi va ixtirochisi, aerodinamika fani asoschilaridan biri.
- 1822 - Paster (Pasteur) Lui (1895) - fransuz kimyogari, mikrobiologi, hozirgi zamon mikrobiologiyasi va immunologiyasi asoschilaridan biri.
- 1832 - Pavel Tretyakov (1898) - rus tadbirkori, Tretyakov galereyasining asoschisi.
- 1901 - Marlen Ditrix (1992) - nemis va amerikalik aktrisa, qo‘shiqchi.
- 1915 - Tilovbergan Jumamuratov (1990) - Oʻzbekiston (1969) va Qoraqalpogʻiston (1967) xalq shoiri. 
- 1926 - Mahmudjon Ahmedov - jarroh, Oʻzbekistonda xiz-mat koʻrsatgan fan arbobi (1990).
- 1934 - Larisa Latiynina - sovet gimnastikachisi, 9 karra jahon va olimpiada chempioni, 7 karra Yevropa chempioni.
- 1937 - Ibrohim Gʻofurov - yozuvchi, tarjimon, tanqidchi "O'zbekiston Qahramoni" (2021)
- 1946 - Tohir Malik (2019) - yozuvchi, «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» (2000).
- 1948 - Jerar Depardye - fransuz teatr va kino aktyori.
- 1965 - Salmon Xon - hind kinoaktyori, produser, qoʻshiqchi va teleboshlovchi. 
- 1971 - Sergey Bodrov (2002) - sovet va rus kinoaktyori, kinorejissyor, ssenariynavis.
- 1974 - Alyena Vinnitskaya - ukrainalik pop-rock uslubidagi qoʻshiqlar ijrochisi.
- 1978 - Pelin Batu - turk yozuvchisi, aktrisa va tarixchi. 
- 1989 - Yekaterina Lagno - ukrain va rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster.

?https://t.me/Qarshiech5

2 months ago
2 months, 1 week ago
2 months, 1 week ago

Bugun 24-dekabr 2024-yil, seshanba.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? O‘zbekiston - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyasi kuni.
?? Hindiston - Milliy iste'molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
?? Mikroneziya - Konstitutsiya kuni.
?? Liviya - Mustaqillik kuni.

? VOQEALAR:

- 1777 - Jeyms Kuk Rojdestvo orolini kashf etdi.
- 1800 - Fransiyaning birinchi konsuli Napoleonning hayotiga suiqasd qilindi.
- 1801 - ingliz mexanigi Richard Trevitik bug‘ bilan ishlovchi birinchi avtomobilni namoyish qildi.
- 1865 - Ku-klus-klan tashkil topdi.
- 1900 - Xorijda «Искра» gazetasining birinchi soni chiqdi.
- 1914 - Birinchi jahon urushidagi yangi yil kelishuvi.
- 1924 - Albaniya respublikaga aylandi.
- 1942 - RSFSR Narkomprosi «Ё» harfini majburiy ishlatilishi to‘g‘risida buyruq chiqardi.
@Kun_tarixi_TV24
- 1961 - Liviya mustaqil davlat deb e‘lon qilindi.
- 1968 - Yer koinotdan suratga olindi. 
- 1979 - “Arian” fransuz tashuvchi raketasining muvaffaqiyatli uchirilishi.
- 1982 - An-124 “Ruslan” harbiy transport samoliyotining birinchi sinov parvozi.
- 1991 - Rossiya BMTda  SSSRni almashtirdi.
- 1993 - Qoraqalpogiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
- 1994 - Oliy Majlisga birinchi marta ko‘ppartiyaviylik asosida saylovlarning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
- 1994 - Jazoirda bortida 232 kishi bo'lgan Air France samolyoti o'g'irlab ketildi. Ikki kundan so'ng, Marselda samolyot hujum orqali egallandi.
- 2018 - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi tasdiqlandi.

? TAVALLUDLAR:

- 1167 - Jon Lendless (Yersiz) (1216) - Angliya qiroli (1199-1216).
- 1761 - Salim III (1808) - Usmonlilar imperiyasi sultoni (1789-1807).
- 1798 - Miskevich Adam (1855) - Polyak shoiri, polsha milliy harakati arbobi.
- 1856 - Tomson - Ingliz fizigi, metallarning elektron nazariyasi asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1937). 
- 1867 - Tavfiq Fikrat (1915) - Turk shoiri, ma'rifatparvar, jurnalist.
- 1868 - Emanuel Lasker (1941) - nemis shaxmatchisi va matematigi, shaxmat bo‘yicha ikkinchi jahon chempioni (1894-1921).
- 1901 - Aleksandr Fadeev (1956) - rus sovet yozuvchisi, tanqidchi, adabiyot nazariyotchisi, jamoat arbobi.
- 1906 - Jeyms Hedle Cheyz (1985) - angliyalik detektiv yozuvchi.
- 1918 - Turob To’la (taxallusi, familyasi To’laxo’jayev (1990) - shoir dramaturg va kinodramaturg. O’zbekiston xalq shoiri (1988).
- 1922- Po'lat Mo'min (2003) - O'zbekiston xalq yozuvchisi.
- 1925 - Nazarova Tamara (1998) - O’zbekiston xalq artisti (1969).
- 1926 - Halima Komilova (1984) - balet artisti, raqqosa, O'zbekiston xalq artisti.
- 1928 - Salimov Oqil - texnika sohasidagi olim, davlat arbobi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1994-1998)
- 1937 - Rixsi Ibrohimova - Iste'dodli teatr aktrisasi, “O‘zbekiston хalq artisti” (1979).
- 1942 - Joʻrabek Murodov - taniqli tojik qoʻshiqchisi, bastakori va shoiri, Tojikiston xalq artisti (1974) va SSSR xalq artisti (1979).
- 1943 - Tarja Halonen -  Finlandiyaning birinchi ayol prezidenti (2000-2012) .
- 1947 - Nadim Norxojayev - Xalqimizning sevimli bastakori.
- 1958 - Doni Ilyosov - Bastakor, dirijiyor va musiqiy bezakchi.
Kun tarixi kanalidan olindi.
- 1957 - Xamid Karzay - Afgʻonistonning 4-prezidenti (2004-2014).
- 1961 - Ilhom Aliyev - Ozarbayjonning 4-prezidenti (2003-yildan).
- 1961 - Gulxatsha Ayimbetova - xonanda, Qoraqalpogʻiston (1999) va Oʻzbekiston (2000) xalq artisti.
- 1984 - Burak Oʻzchivit - Turkiyalik aktyor.
- 1989 - Moʻminjon Abdullaev - oʻzbek yunon-rum kurashchisi.
- 1998 - Aleksis Mak Allister - argentinalik futbolchi, jahon chempioni (2022)

?https://t.me/Qarshiech5

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago