Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
#tasodifan *Tasodifan olingan rasmlar hammasidan chiroyli bo'ladi. Tasodifan tanishilgan odamlar bilan ko'proq baxtli bo'lamiz. Tasodifan bir chekkada uxlab qolish uyquning eng mazzalisidir. Yaqinlar bilan o'ylanmasdan, birdan yig'ilib o'tirishlar doim ko'proq maroqli bo'ladi...
Ya'ni hamma narsaning "o'z-o'zidan, tabiiy" bo'lgani chiroyli..
🌷💚*
- Sizga lola sovg‘a qilaymi?
- Ha)
- Qaysi rangdagisidan?
- Yashil...
- Menimcha lolaning yashili bo‘lmaydi.
- Menimcha, inson chin dildan istasa barcha narsaning ilojini topsa bo‘ladi...💚
#elon
Kimda Akrom Malikning "Halqa" asari bor. Sotiladigan yoki o'qib turishga beriladigan.
Juda-juda zarur edi...❗️❗️❗️
Agar kimdadir bo'lsa @Arobiya0301 ga yozib yuborsin.
#iqtibos
To qo'limizda kitob borligidan qisinib-qimtinib, uyalib yurarkanmiz,
To kitob varaqlab o'tirgan joyimizdan to'rttasi turib ketaverar ekan,
To "kino" yu "klip" larimizda kitob qo'ltiqlab, ko'zoynak taqqanlar - "lox", "botanik" ... sifatida ko'rsatib , kulinarkan,
To kitob do'konlarimizda kitobbexabarlar sotuvchilik qilar ekan,
To oligarxlar - "alloma" sanalarkan,
To xo'jako'rsinga kitobxonlik "targ'ibot" lari olib borilar ekan...
Bugungi jamiyatimizda kitob mutolaasining ahvoli o'nglanmaydi, o'nglanmaydi, o'nglanmaydi!
Qora suyaklar asaridan
Bugun ertalab 8:00 dan boshlab, 16:00 gacha deyarli ijtimoiy tarmoqlarga kirmadim, barcha ishlarimni bir chetga surib bir kitobni mutolaasini boshladim. 278 betlik kitobni qanday o'qib, ichiga kirib ketib qoldim, o'zim ham bilmayman.
Xullas, asar ham, u bilan birga ko'z yoshlarim ham tugadi...( hali ham kitob ta'siridaman)
Muqovasiga yozilganidek "ko'z yoshlarga g'arq qilgan asar" ekan?
Sizlarga bir savol: topinglar-chi bu qaysi asar?
#hamd
Allohimga behisob shukur, bugun meni yana bir orzuyim ushaldi.
Avvaldan Misrda, u yerdagi Al-Azhar universitetida o'qishni niyat qilardim. Lekin bir qancha sabablar tufayli deyarli taslim bo'lish arafasida edim.
Bugun esa men aynan o'sha yerda dars beradigan kuchli bilim egasi, "tirik Qur'on", eng asosiysi Payg'ambarimizning avlodlaridan bo'lgan Zaynab bintu Abdulloh ustoza qolaversa ularning qizlari bilan tanishish va ular bilan bir dasturxon atrofida o'tirish baxtiga muyassar bo'ldim?
Ular o'zbekistonga bizning ustozlarimizga ijoza bergani kelishgan edi. Ustozalarimizning ikkisi uchun ham bu kun hayotlaridagi eng quvonchli kun bo'ldi. Ularga shunaqangi havasim keldi? Tadbirdan so'ng hammamiz ovqatlangani bordik. U yerda Zaynab ustozadan duolar oldim, shunaqangi hayajonli bo'ldi, bag'rilariga bosib, yuzlarimizdan o'pib duo qildilar?
Baribir, butun hayoti ilm ichida o'tgan insonlarning yuzi, ifori o'zgacha bo'lishiga yana bir bor amin bo'ldim?Ichimdagi bu quvonchni hech kimga yetkazib bera olmayman? Barcha-barchasi uchun Allohimga behisob shukur, eng unutilmas kunga aylandi bu kun hayotimdagi?
Kim uchundir bu yozganlarim ortiqcha bo'rttirib yuborish yoki quvonchli xabar emasdir, ammo men uchun ahamiyati katta, shaxsan men ular bilan tanishib, Misrning tarovatini, muhitni his qilgandek bo'ldim? (buni menga o'xshab shu yerda o'qishni orzu qilganlar tushunadi?)
Muhimi, ishonch va harakat ekan, inson chin dildan xohlasa robbim biz bandalarini har qanday yo'l bilan bo'lmasin, quvontirib qo'yar ekan.
Xullas kunim shunday jamiyl o'tdi?
Tamam...MashaAlloh?
#baxt In shaa Alloh ertaga juda muhim kun bo'ladi, men uchun. Duo qilib qo'yinglar? o'zim kutganimdan ham yaxshi o'tsin. Alloh nasib etsin!
In shaa Alloh ertaga juda muhim kun bo'ladi, men uchun. Duo qilib qo'yinglar? o'zim kutganimdan ham yaxshi o'tsin.
Alloh nasib etsin!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago