Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 day, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
"Katta og'a mukofoti" haqida eshitganmisiz? Ha, shunaqasi ham bor va u 1984 asari bilan bog'liq
Jorj Oruellning "1984" asari personaji nomi bilan ataladigan ushbu mukofot fuqarolarning shaxsiy hayoti va erkinliklarini juda qo‘pol ravishda buzgan hukumat yoki biror tashkilotga beriladi.
U 1998-yilda Angliyada ta'sis etilgan bo'lib, bugungi kunda dunyoning 21 mamlakatida o'z egalariga topshiriladi. Hakamlar hay'ati — olimlar, huquqshunoslar va jurnalistlardan iborat bo'lib, ular kimni mukofotlashni hal qilishadi.
Mukofot g‘oliblari orasida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to'plash borasida nizoli siyosatga ega "Google" kompaniyasini, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni, Angliya sobiq bosh vaziri Toni Blerni ko'rish mumkin.
Yangi yil oldidan uni yaxshi kayfiyatda kutib olish uchun nimalar qilish kerak?
Har kuni tongingizni qahva yoki kakao ichib boshlang.
Boshlab qo‘ygan ammo oxiriga yetkazmagan kitobingizni oʻqib tugating.
Sevimli qoʻshiqlaringizdan qishki pleylist tuzing.
Kechasi yog'ayotgan qordan zavqlaning.
Do'stlaringiz bilan karaokelarga boring.
Yangi yil uchun sovg'alar ro'yxatini tuzing (va albatta, ro'yxat bo'yicha xarid qiling).
Kuningizni oilangiz va yaqinlaringiz bilan o'tkazing. Darhaqiqat, kundalik muammolar va ishlar sabab biz ko'pincha qarindoshlarimizga kam e'tibor qaratamiz.
O'zingiz xafa qilgan odamlardan kechirim so'rang va sizni xafa qilganlarni o'zingiz ham kechiring.
Bir kunni gadjetlarsiz va internetsiz o'tkazing yoki ular bilan o'tkazadigan vaqtingizni tartiblashga harakat qiling..
Mandarinlarni iste'mol qiling.
Yangi yil yarmarkalariga borib, sayr qiling va bayramona kayfiyatni his eting.
Keraksiz narsalardan xalos bo'ling, ularni soting yoki xayriya qiling.
Issiq qo'lqop va bosh kiyim sotib oling.
Bo‘sh kuningizni sevimli seriallaringizni tomosha qilish bilan o'tkazing.
Ko'pdan beri ko'rmagan insoningizni yo‘qlang va suhbatlashing.
Uslubingizda biror narsani o'zgartiring. Masalan, soch turmagingizni yangilang yoki tashqi ko'rinishingizda, imidjingizda nimadirlarni o‘zgartiring!
Meni ijtimoiy tarmoqda eng charchatgan narsalar:
Tartibli ilmdan uzoqlashish va shuning natijasida paydo bo‘layotgan bo‘lmag‘ur bahslar (muhimi, bu tortishuvlarda hech kimning yengganini ko‘rmadim hali);
Tarafkashlik (katta muammolarni gapirishning foydasi bormikin, shu arzimagan masalada sharmandalik ko‘rinish zohir);
Guruhbozlik (maydalashishning yana bir xunuk ifodasi);
Osmoniy so‘zlardan manfaat yo‘lida foydalanish (insonmiz-ku deyishimiz mumkindir, ammo baribir bu gap oqlab bermaydi bizni);
Tortishuvda yengish uchun hadis izlash (qidirish tugmasi ham sezadi qizarayotgan yuzni);
Alloh asrasin, shu maqsad yo‘lida hatto oyat izlash (odam o‘lgani yaxshi shu ishni qilganidan!);
Qilgan amalini ro‘kach qilaverish (banda aslida hech kim);
O‘tmish bilan yashab qolish va o‘sha o‘tmishni yuzga solaverish (orqaga qarayvergan odam bexosdan chuqurga tushib ketadi);
Xolislikni o‘zini qo‘llovchilardagina ko‘rish (qiyin, juda qiyin bu illatdan qutulmoq, ammo qutulmoq kerak, shunisi aniq);
Samimiyatdan uzoq xulosalar (bobomni sog‘indim);
Ko‘pi o‘zimda uchragani uchunmi, mazkur qusurlarni darrov ilg‘ayman, meni alday olmaysizlar, uzr!
Xayrulla Hamidov
Menga eng yoqqan ayol obraz Patrisiya Xolman ekan
Menga eng yoqqan ayol obraz Patrisiya Xolman ekan
Imom Buxoriy 16 yoshga to‘lganida Movarounnahrdagi barcha muhaddislardan hadis eshitib bo‘lgan edi va Arabiston yarimoroliga muhaddislardan hadis eshitish uchun safar qilib kelgandi. 18 yoshga to‘lganida esa u “Tarixul kabir” asarini yozdi. Ushbu kitob kishilar (hadis roviylarining tarjimai holi) haqida bitilgan ahli sunnaning eng ko‘zga ko‘ringan kitoblaridan biri. Ushbu asar keyinchalik 600 ming sahih hadis asosida bitiladigan asarga zamin bo‘lgan.
Endi savol shulki, bugungi yoshlarimiz bu yoshda nimalarni amalga oshirishdi?
Ehson Faqih.
Izoh: Imom Buxoriyning “Tarixul kabir” kitobi sahobalar, tobe’iynlar va o‘z ustozlarigacha bo‘lgan hadis roviylarining tarjimai holini jamlagan kitobdir. Imom Buxoriyning o‘zi bu kitobni boshlashi haqida gapirib bergan. U kishi: “Men haj qilib bo‘lganimda, akam onamni olib uyga qaytdi. Men hadis o‘rganish uchun qoldim. O‘n sakkiz yoshga to‘lganimda, “Qazoya as-sahoba va at-tobe’iyn va aqoviluhum” kitobini yozdim. O‘sha payt Ubaydulloh ibn Musoning davri edi. Men “Tarix” kitobimni oydin kechalarda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlari yonida yozgandim. “Tarix” kitobimdagi har bir ismning qissasi bordir. Lekin, men kitobni uzun qilib yuborishni xohlamaganim uchun qissalarni keltirmadim”. Ibn Rajab Hanbaliy: “Imom Buxoriyning ko‘plab kitoblari bor. U kishi o‘zining “Sahihul Buxoriy” va “Tarixul kabir” kitoblarini yozishi bilan barcha insonlardan o‘zib ketdi”, degan.
25 yoshdan oʻtganingdan keyin har safargi yangi yilni kutib olish qiyinlashib ketarkan.
Maʼnaviy tomondan...
Yosh boʻlib puling kam boʻlganda borishing mumkin boʻlgan joylar roʻyxati: 🌅🗽🏖🗺
Esse nima?
Esse (fransuzcha "essai" so‘zidan olingan bo'lib, "urinish" yoki "tajriba" degan ma'noni anglatadi) — muallifning o‘z fikrlari, mulohazalari va his-tuyg‘ularini ifodalashga qaratilgan badiiy-publitsistik janr. Esselar odatda muayyan mavzuga erkin va subyektiv yondashuv asosida yoziladi.
Esse qat’iy kompozitsion qoidalarga bo‘ysunmaydi. Muallif o‘z fikrlarini erkin shaklda ifodalashi mumkin. U mavzuga o‘z nuqtai nazaridan qaraydi va shaxsiy his-tuyg‘ularini ifodalaydi. Esse doim subyektivdir.
Esse mavzuni chuqur tahlil qilish emas, balki o‘quvchini muallifning fikriga qiziqtirish uchun yoziladi. Unda rasmiylik yoki og‘ir terminologiya kam bo‘ladi. Esse tili odatda sodda, lekin badiiy va ta’sirchan bo'ladi. U ko‘pincha qisqa yoziladi va doim bir mavzuni yoritadi.
Bu janr qiziqmi? Siz kimlarning qanday esselarini o'qigansiz?
Hayotda bir narsani ko‘p kuzatdim: odatda badavlat, ko‘zi to‘q, o‘zini bosib olgan kishilar maqtanmaydi. Cho‘ntagida hemiri yo‘q ayrim kimsalar esa karillayveradi (Bu bilan “Kambag‘allik ayb”, demoqchi emasman).
Taqvodor olim kamsuqum, kamgap bo‘ladi, xayrli ishni ko‘p qilsayam indamay yuradi, maqtanmaydi. Bir-ikkita ma’ruza eshitgan yoki kitobning u yer-bu yeridan chala-chulpa o‘qib olgan ba’zi kishilar esa o‘zini muttaqiy olimdek tutadi, fatvo berishga o‘ch bo‘ladi. Shunday odamlarni ko‘rsam, bir gap yodimga keladi. Ustozlar aytadilar: “Sayoz ariq sharillab oqadi. Chuqur dengiz esa bir maromda, sokin harakatlanadi”.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 day, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago