PSIXODIAGNOSTIKA

Description
PSIXOLOGIYANI BIZ BILAN O'RGANING
YAGONA ILMIY PSIXOLOGIK KANAL

YOU TUBE kanal: https://bit.ly/3qvEaI1

Psixologik testlar, trening materiallari: @PsixologiyaBaza

Admin: Psixolog Azamat Baxriddinov @az_uz

Donate uchun:
https://tirikchilik.uz/azuz
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 5 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

3 weeks, 5 days ago
Jinsiy zoʻravonlik psixologiyasi haftaligi davomida, menda, …

Jinsiy zoʻravonlik psixologiyasi haftaligi davomida, menda, JZ (jinsiy zoʻravonlik) qurbonlari bilan ishlash, boshqa psixoterapiyalardan farq qiladimi, degan savol paydo boʻldi. Bu savolni soʻnggi kunlarda oʻzimga ham koʻp bora berib keldim. Oʻzimcha ichki bahslar olib borib, ushbu masalaga "yoʻq, farq qilmaydi" deb javob berishni istardim, chunki bu masala atrofida mavjud boʻlgan qoʻrquv yoki qarshilikni kuchaytirishni xohlamadim.
Ammo, yakunda jinsiy zoʻravonlik bilan ishlash boshqa psixoterapiyalardan farq qilishini tan olishga majbur boʻldim. Ushbu farqlarni hurmat qilish va ularni ochiq-oydin tushunish jinsiy zoʻravonlik qurbonlari bilan ishlash sifatini yanada oshirishi mumkinligi tushundim.
________________________________________
Misol (tushunishingiz uchun):
Birinchi mijoz: yaqin qarindoshi (onasi vafot etgan) ayrilgan. Mijoz shuqur depressiya holatida. Ushbu mijozda PTSB (post-travmatik stress buzilishi) aniqlandi.
Ikkinchi mijoz: yaqin tanishi tomonidan zoʻrlangan 22 yoshli qiz. Mijoz shuqur depressiya holatida. Ushbu mijozda PTSB (post-travmatik stress buzilishi) aniqlandi.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz yuqoridagi ikki mijozda ham bir xil tashxis mavjud. Odatda tibbiyotdagi singari psixologiyada ham takror holatlarga bir xil korreksiya qoʻllaniladi. Lekin JZga uchragan mijozlar bilan ishlashda alohida munosabat talab etiladi.
________________________________________
Demak, JZga uchragan mijoz bilan ishlash boshqa psixoterapiyalardan nimasi bilan farq qiladi? Ushbu savolga, quyidagi oʻta muhim qoidalar orqali javob berishga harakat qilaman.

JZga uchragan mijozlar bilan ishlashning 5 qoidasi

1️⃣ Ish muhitini tashkil etish: Barcha suhbatlar va terapiya seanslari qatʼiy maxfiylik asosida olib borilishi lozim. Mijoz oʻzini xavfsiz his qiladigan muhitni taʼminlash, xonani yorugʻlik, tovush va qulay jihozlar bilan taʼminlash muhim. Mijozning shaxsiy chegara va xohishlariga qatʼiy rioya qilinishi shart. Mijozning jinsini ham inobat olish zarur, yaʼni JZga uchragan mijoz bilan qarshi jins vakili ishlashi tavsiya etilmaydi.

2️⃣ Muloqot yondashuvi: Psixolog mijoz bilan ishlash jarayonida empatiyani namoyon etib, mijozni qoʻllab-quvvatlashi kerak, shuningdek mijozni tanqid qilmaslik yoki u haqida salbiy fikr yuritmasligi lozim. Mijozning his-tuygʻulari va soʻzlariga toʻliq eʼtibor berish zarur.

3️⃣ Davolashning individual yondashuvi
― Travmaning darajasini aniqlash: Zoʻrlanish natijasida mijozda yuzaga kelgan psixologik jarohat darajasini baholash.
― Davolash rejasi: Mijozning ehtiyojlariga qarab individual terapiya rejasi ishlab chiqiladi.
― Uzoq muddatli yordam: Agar mijozga uzoq muddatli qoʻllab-quvvatlash kerak boʻlsa, bu haqida maslahatlar berish.

4️⃣ Xatolardan qochish
Shoshilmaslik: Mijozni oʻz travmasini tezda eslashga majbur qilish mumkin emas. Masalan, tajovuz qilgan shaxs haqida soʻramaslik, zoʻrlangan kundagi jismoniy ogʻriqlar yoki hissiyotlar haqida aslo gap ochmaslik kerak.
Haddan tashqari mulohaza yuritmaslik: Faqat kerakli paytda tavsiya yoki tahlil berish lozim. Yaʼni mijoz bilan uzoq muddatli ishlash jarayonida faqat tinglash, mijozning his-tuygʻulari har doim jiddiy qabul qilish zarur.
________________________________________
5️⃣ Oʻzini asrash
Psixolog oʻzining emotsional holatini nazorat qilish uchun oʻz-oʻzini parvarish qilish usullaridan foydalanishi muhim. Travma bilan ishlash psixologga ham taʼsir qilishi mumkin, shuning uchun u oʻz holatini nazorat qilish va professional yordam olishga tayyor boʻlishi lozim. Bu holatda psixolog oʻzining holatini esdan chiqarmasligi kerak. Baʼzida, mijozlar bilan terapiyadan keyin, ayol psixologlarda mijoz (agar mijoz ayol boʻlsa va erkak tomonidan zoʻrlangan boʻlsa) singari erkaklarga nisbatan ishonchsizlik, nafrat, qoʻrquvlar yuzaga kelishi mumkin.
________________________________________

Agar sizga JZga uchragan mijoz murojaat qilsa va siz oldin bu kabi mijozlar bilan ishlamagan boʻlsangiz “oʻzimni sinab koʻraman, shunaqa mijozlar bilan ham ishlash koʻray-chi” deb mijozni hayotini xavf ostiga qoʻymang!

*®️* Psixologiya

1 month ago
**Xayollardagi jinsiy zoʻravonlik va stereotiplar**

Xayollardagi jinsiy zoʻravonlik va stereotiplar

Stereotiplar – bu muayyan guruh yoki shaxslarga nisbatan shakllangan, koʻpincha umumlashtirilgan va noaniq fikrlardir. Ular odatda madaniyat, tarix va ijtimoiy munosabatlar orqali shakllanadi. Jinsiy zoʻravonlik kontekstida stereotiplar quyidagi jarayonlar fonida namoyon boʻladi:
1. Ijtimoiy munosabat fonidagi stereotiplar - bu jamiyat hayoti davomida shakllangan va baʼzi fundamental qarashlar natijasida shakllangan fikrlar. Masalan:
• Ayollar “uydan tashqariga chiqmasliklari kerak" va "oila bilan cheklangan" boʻlishi lozim;
• "Ayol oʻz qilmishi bilan zoʻravonlikni chaqiradi" yoki "koʻchada ochiq kiyinish zoʻravonlikka undaydi";
• Oilaviy zoʻravonlikni shaxsiy masala sifatida qabul qilish va uni jamiyat tomonidan jiddiy qabul qilmaslik;
• “Ayol (xotin) faqat erga tegishli”;
• “Ayollar tugʻishi kerak, boʻldi” degan qarashlar.

  1. Jinsiy fantaziyalar fonidagi stereotiplar – bu jinsiy ogʻishish yoki kognitiv chalkashlik natijasida yuzaga yuzaga keluvchi qarshi jins vakillariga nisbatan qarashlar. Masalan:
    • “Erdan ajrashgan demak jinsiy munosabatga ochiq”
    • “Ochiq kiyingan, demak yengil tabiatli”
    • “Menga kulib qarayapti demak men unga yoqyapman”
    • “Ayollar ham qiziqadi” kabi fikrlar.

Yana bir holat bor-ki, aksariyat erkaklarda kuzatilishi mumkin. Yaʼni koʻchada, jamoat joyida ayollarga jinsiy mayl (hirs) bilan qarash. Ushbu qarashning ortida qanday xayol va fantaziyalar borligini tasavvur qilish qiyin. Bu ham bizning jamiyatda normal deb qaraluvchi jinsiy ogʻishishlardan biri.
____
Ste
reotiplarning jinsiy zoʻravonlikka taʼsiri
Stereotiplar jinsiy zoʻravonlikka yoʻl ochib beradi va zoʻravonlarni oqlash yoki jabrlanuvchini aybdor qilish uchun zamin yaratadi. Masalan, ayollar yoki jabrlanuvchilarning harakati, kiyimi, yoki oʻtmishdagi xatti-harakatlari zoʻravonlik uchun sabab qilib koʻrsatiladi. Bu esa jabrlanuvchilarning himoya va adolatga boʻlgan huquqlarini cheklaydi.
Yuqoridagi kabi stereotiplar sababli jabrlanuvchilar koʻpincha jinsiy zoʻravonlik haqida gapirishdan qoʻrqadi. Ular jamiyat tomonidan tanqid qilish, sharmanda boʻlish yoki ularga ishonilmaslikdan xavotirlanadi.

Xullas, stereotiplarga qarshi turish uchun oʻzimizdan boshlashimiz zarur. Bolalarimizga jinsiy tarbiyani toʻgʻri berishimiz ham jinsiy zoʻravonliklarga yechim boʻlishi mumkin.

Menimcha hozir yana bir ikkita kognitiv faoliyati toʻliq shakllanmagan (oʻzbekchada “kaltafahm”, koʻcha tilida “tormoz”) odamlar yozadi, “Jinsiy tarbiya bu yomon”, “Bolaga jinsiy aloqani oʻrgatasanmi” deb. Sizlarga foydasi boʻlmasa ham aytaman, jinsiy tarbiya degani bu jinsiy aloqa yoki Kamasutra yoki pornografiya emas. Jinsiy tarbiya oʻz nomi bilan tarbiya, oʻzini qadrini bilish, erkaklik va ayollik farqini anglash, shaxsiy chegarani qoʻyish degani.

*®️* Psixologiya

1 month ago
**Ma'lumot uchun:**

Ma'lumot uchun:

Oʻzbekistonda oʻtgan 2023-yilda 449 ta jinsiy jinoyatga oid, eng ogʻir nomusga tegish jinoyatlari qayd etilgan.

Nomusga tegish deyilganda absolyut jinoyatchi sifatida erkaklar koʻz oldimizda gavdalanadi. Lekin oʻtgan 2023-yilda nomusga tegish jinoyatining 99.1 ulushi (~445 nafari) erkak jinoyatchilarga qolgan 0.9 foizi (~4 nafari) ayollarga tegishli.

4 months ago

Kofesevarlar uchun, maxsus tayyorlandi ?

4 months ago
4 months ago

Chegaradagi shaxsiyat buzilishi (Borderline Personality Disorder, BPD) diagnostikasini quyidagi savollar orqali qisman aniqlash mumkin.

1. Hissiy oʻzgarishlar bilan bogʻliq savol:
"Baʼzan kayfiyatingiz tez-tez oʻzgarib turadimi? Masalan, bir daqiqa juda quvnoq boʻlib, keyingi daqiqada gʻazablanib yoki qaygʻuli boʻlib qolgan paytlaringiz boʻlganmi?"
Javob: "Ha, baʼzida kayfiyatim tez oʻzgaradi, lekin bu qanday holatlar bilan bogʻliq ekanini aniqlay olmayman."

2. Impulsiv xatti-harakatlar haqida:
"Oʻzingizni baʼzan hech oʻylamasdan yoki rejasiz nimadir qilayotganingizni his qilasizmi? Masalan, doʻkonga borib birdan biror narsa xarid qilish yoki kutilmagan qarorlar qabul qilish?"
Javob: "Ha, baʼzida birdan nimadir qilgim keladi va bu haqda koʻp oʻylamayman."

3. Munosabatlar bilan bogʻliq savol:
"Odamlar bilan boʻlgan munosabatlaringiz haqida oʻylaganingizda, baʼzida kimnidir juda yaxshi koʻrib, keyingi safar u odamdan bezib qolgan paytlaringiz boʻlganmi?"
Javob: "Ha, baʼzan kimdir bilan juda yaqin boʻlaman, lekin keyin birdan u bilan boʻlishni istamayman."
4. Boʻshliq hissi haqida:
• "Hayotingizda baʼzida nima bilan shugʻullanishni bilmay qolgandek, ichingizda boʻshliq yoki qoniqmaslik hissini his qilasizmi?"
Javob: "Ha, baʼzida hech narsaga qiziqmayman va nima qilishni bilmay qoldim."

Yuqoridagi savollarga, xuddi ko’rsatilgan javoblarning mazmuni singari javob olinsa, demak ushbu shaxsda BPD bo’lishi mumkin.

⚠️ ESLATMA: BPD diagnostikasi uchun faqat savollar kifoya qilmaydi; koʻpincha chuqur tahlil va diagnostik mezonlarga asoslangan baholashni amalga oshirish kerak boʻladi.

© Psixologiya

4 months, 1 week ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 5 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago