Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
O‘sha paytda Xitoyda SSSRdagi kolxozlardan andoza olinib «xalq kommunasi» deb nomlangan kollektiv xo‘jaliklar tuzilgan va barcha yerlar ularga berib yuborilgan edi.
Odamlar kommunalarga tegishli yerlarda yetishtirilgan hosildan hech narsa ololmas, o‘zlarida esa ekin ekish uchun yer qoldirilmagandi. Ana shunday sharoitda nafaqat shaharlarda yashovchilar, balki qishloqlar aholisi ham chorasiz qoladi va ocharchilik ko‘plab odamlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shu tariqa ocharchilik ko‘lami misli ko‘rilmagan darajaga yetgan.
Yan Tszishen o‘z tadqiqotlarida shunday deb yozadi:
«Xenan provinsiyasidagi Sinyan okrugida och-nahor dehqonlar g‘alla saqlanadigan omborlar oldiga kelib «Kommunistik partiya, Mao rais, bizni qutqar», deb qichqirgan holda o‘lib qolaverishgan. Omborlarni qo‘riqlagan harbiy xizmatchilar esa ularga yordam bermagan. Ular qanday qilib bo‘lsa ham omborlarni g‘allaga to‘ldirish payida bo‘lishgan».
Mamlakat rahbarlari ham ocharchilikni bartaraf etish masalasida umuman chorasiz qolishadi va g‘alla o‘rimi arafasida bug‘doy ekilgan dalalarni va uni qabul qilish omborlarini harbiylar yordamida qo‘riqlashadi.
Odamlar bug‘doy qabul qilinadigan omborlar yonida yordam so‘rab o‘tirishar, biroq ularni eshitadigan hech kim yo‘q edi. Ombor darvozasi harbiylar tomonidan qattiq qo‘riqlangan. Ombor darvozasi oldida o‘tirgan ko‘plab odamlar ochlikdan vafot etgan. Ularning jasadlarini yaqinlari olib ketmasa, tunda yig‘ishtirib olib, ommaviy qabrlarda ko‘mib yuborishgan. Shu tariqa ocharchilik uch yil davom etgan.
Nihoyat Xitoy rahbarlari chumchuqlarni ommaviy tarzda yo‘q qildirib katta xatoga yo‘l qo‘yishganini tushunib yetishadi. Ular zudlik bilan Kanada va SSSRdan juda ko‘p miqdorda chumchuq sotib olib dalalarga qo‘yib yuborishadi. Ammo vaziyatni o‘nglash uchun yana bir necha yil kerak bo‘ladi. Shu tariqa tabiatga qarshi ayovsiz kurash olib borgan xitoyliklarni uning o‘zi ayovsiz jazolaydi.
Manba kun.uz
Bu tarixiy hodisa, tabiat muvozanatini buzish qanchalar yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga yaqqol misoldir.
Kanalga obuna bo'ling https://t.me/kvazar_quasar
Youtobe https://www.youtube.com/@kvazar6683
Shundan so‘ng mamlakat bo‘ylab e’lon beriladi va eng avval dehqonlar ishga kirishadi. Xitoyning barcha hududlarida chumchuqlarga qiron keltirish boshlanadi. Hukumat barchani shu ishga jalb qilib, chumchuq o‘ldirish bo‘yicha plan belgilaydi. Budjet tashkilotlarida ishlovchilar, dehqonlar, harbiy xizmatchilar, maktab o‘quvchilari va talabalar, hamma shu ishga jalb qilinadi.
Chumchuqlar tabiatan havoda 15 minutdan ortiq parvoz qila olmaydi. Bu unga qarshi kurashayotganlarga qo‘l keladi. Odamlar chumchuqlarni charchatish uchun do‘mbiralar va boshqa kuchli ovoz chiqaruvchi moslamalar bilan qurollanib olishadi. Baland ovozlar va shovqin-suron bilan qo‘rqitilgan qushlar qo‘na olmay qulab tusha boshlaydi. Odamlar esa ularni qoplarga solib, maxsus punktlarga olib borib topshirishadi.
«Maktabdagi barcha o‘qituvchi va o‘quvchilar chumchuq o‘ldirishga borardik. Tunda esa ularning uyasini buzishda foydalanish uchun narvon yasardik. Bu ishlar chumchuqlar tabiat uchun foydali qush ekanini bilishimizdan ancha avval sodir bo‘lgandi. O‘shanda bizni chumchuqlar xalqning donini yeb ketadi deb ishontirishgandi», deb eslagandi chumchuq ovida qatnashgan o‘quvchi keyinchalik.Chumchuq ovi boshlangach 1958 yil mart-aprel oylarida birgina Pekin va Shanxay shaharlarida qariyb 1 million dona chumchuq o‘ldiriladi. Butun Xitoy bo‘ylab esa qariyb 2 milliard dona chumchuq yo‘q qilinadi.
Erta quvonch va ocharchilik
1959 bahorda ob-havo yaxshi keladi. G‘alla hosili kutilganidan ham yaxshi rivojlanadi. Mamlakatning barcha hududlaridan mo‘l hosil olinishi haqida markazga raport topshirishadi. Ammo oxir-oqibat mo‘ljallangan hosil olinmaydi va ocharchilik boshlanadi.
Mamlakatdagi qariyb barcha chumchuq yo‘q qilingach, tabiatdagi muvozanat buziladi. 1959 yilning bahorida hamma joyni shilliqqurt va chigirtkalar bosib ketadi. Ular yo‘lida uchragan narsani kemirib ketaveradi, shu jumladan ko‘m-ko‘k bo‘lib o‘sib turgan bug‘doyni ham. Ularga qarshi hech qanday chora ko‘rishning iloji yo‘q, ularni kushandasi bo‘lgan chumchuqlar esa qirib bitirilgan edi.
Yozga borib hosil yig‘ishtirib olinganda bug‘doyning salmog‘i avvalgi yillardagidan ham bir necha barobar kamligi ayon bo‘ladi. Shundan so‘ng ocharchilik boshlanadi.O‘sha yili 1958 yilda yetishtirilgan hosildan ham ancha kam xirmon ko‘tariladi. 1960-61 yillarda esa ahvol undan ham battar ko‘rinish oladi.
Avvalgi yillarda yetishtirilgan bug‘doyning zaxirasi borligi uchun 1959 yilda ocharchilik ko‘lami kamroq bo‘ladi. Ammo 1960-61 yillarda ham bug‘doy hosilining katta qismini shilliqqurt va chigirtka yeb ketgani uchun ocharchilik misli ko‘rilmagan darajaga chiqadi.
Xitoylik jurnalist, ocharchilik yillari bo‘yicha tadqiqot olib borgan Yan Tszishenning keltirishicha, 1958-62 yillarda Xitoyda jami 36 million odam ocharchilik tufayli halok bo‘ladi. Rasmiy ma’lumotlarda esa halok bo‘lganlar soni 15 million bo‘lgani aytiladi.
Manba kun.uz
👇
Tabiatga qarshi chiqish loyihasi
1957 yil 18 fevral kuni Xitoy kommunistik partiyasining navbatdagi s’yezdida Xitoyni rivojlantirish bo‘yicha «Katta sakrash» deb nomlangan dastur muhokama qilinadi. Bu dasturning hammualliflaridan biri o‘sha paytda Xitoy ta’lim vazirining o‘rinbosari bo‘lgan biolog Chjou Tszyan edi.
U o‘z dasturida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va odamlarning qornini to‘ydirish uchun chumchuqlar va kalamushlarni yoppasiga qirib bitirishni taklif qilgandi. Chjou Tszyanning hisob-kitoblariga ko‘ra mamlakatda yetishtirilayotgan bug‘doyning katta qismini chumchuqlar va kalamushlar yeb qo‘yyapti. Agar ular qirib tashlansa, millionlab odamlarni to‘ydirsa bo‘ladigan bug‘doyni asrab qolish va mamlakat aholisini qashshoqlikdan chiqarish mumkin bo‘ladi.
Kompartiya s’yezdida otashin nutq so‘zlagan Chjou Tszya o‘z vaqtida Prussiya qiroli Buyuk Fridrix ham shunday yo‘l tutganini va ijobiy natijalarga erishgani haqida gapiradi.
O‘sha paytda mamlakat rahbari bo‘lib turgan Mao Tszedunni bu ishga ko‘ndirish qiyin bo‘lmaydi. O‘rta maktab ta’limini oxirigacha yetkazmagan Mao Tszedun mamlakatdagi barcha kalamush va chumchuqlarni qirib bitirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida tasavvurga ham ega emasdi. Bu ishning salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilganlar esa mamlakat rahbari rozilik bildirgan ishga e’tiroz qila olmasdi. Shu tariqa Chjou Tszyanning taklifi qabul qilinadi.
Muhim qaror: Hasharotlarga va qushlarga qarshi hujum
«Katta sakrash» dasturida ko‘zda tutilgan mamlakatdagi barcha kalamush va chumchuqlarni qirib bitirish ma’qullangach uni amalga oshirish uchun ishga kirishiladi. Chumchuqlar va kalamushlarni qay tarzda yo‘q qilish, bu ishga kimlarni jalb qilish, o‘ldirilgan jonzotlarni yo‘q qilish kabi ishlar rejasi tuziladi.
1958 yil 18 mart kuni Xitoy kompartiyasining navbatdagi VIII s’yezdida Mao Tszedun nutq so‘zlaydi va mamlakatdagi chumchuqlar va kalamushlarni qirib tashlash rejasining ahamiyatli tomonlari haqida gapiradi. U o‘z nutqida Xitoydagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tayyorlangan hisobotdan turli raqamlar va misollarni keltiradi. Unga ko‘ra chumchuqlar har yili 36 million odamning qornini to‘ydirish mumkin bo‘lgan bug‘doyni yeb ketmoqda. Agar ular qirib tashlansa hosilning salmog‘i keskin ortadi. Shu tariqa Mao Tszedun tomonidan chumchuqlarga qarshi kurash e’lon qilinadi.
Manba kun.uz
👇
Diqqat muhim!
"Kvazar" kanali sizning yodingizda qanday muhrlangan? Nimalar qilish orqali kanalning avvalgidek keng auditoriyasi va nufuzini tiklash mumkin? Javoblaringizni izohlarda kutamiz
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago