Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Xubbi haqida afsona
Xorazmda Amudaryo bilan bog‘liq ko‘plab afsonalar uchraydi. Ulardan biri suv ilohi Xubbi haqida. Afsonaga ko‘ra, Xubbi baliqni bir qo‘li bilan tutib quyoshga uzatar va uni quyosh shulasida qovurib yer ekan. Xubbi suvga cho‘kkanlarni qutqargan. So‘yilgan ho‘kizlarga jon bag‘ishlagan. Jamshid ismli hukmdor taxtga o‘tirgan vaqtda Xubbi dom-daraksiz g‘oyib bo‘ladi. Uni dengiz malikasi o‘g‘irlab ketgan. Xubbining onasi esa o‘g‘lini Amudaryodan yig‘lab qidirgan. Xubbining onasi o‘z xalqini daryoda urishishga o‘rgatadi. Shundan buyon Xorazmda qayiqlarning burnida shu ayolning haykali o‘rnatilgan. Xorazm diniy qarashlarida suv muqaddas hisoblangan, Xubbi esa suvning saqlovchisi sifatida qadrlangan. Bu an’ana Xorazmda islom dini kirib kelgunga qadar amalda bo‘lgan.
Maktab darsligidan
@ruhbon ?
Боролмадим, меҳроб бўш эди бўш эди бу қаро саждагоҳ. Чўл кўрмаган булбул тўшида тирилолмай қийналди Дугоҳ. Тирилолмай қийналдим бу кеч, тирилолмай титрадинг сағир. Зиндонингдан қоча олмадинг, қаерга ҳам борардинг, ахир? Mirzohid
Боролмадим,
меҳроб бўш эди
бўш эди бу қаро саждагоҳ.
Чўл кўрмаган булбул тўшида
тирилолмай қийналди Дугоҳ.
Тирилолмай қийналдим бу кеч,
тирилолмай титрадинг сағир.
Зиндонингдан қоча олмадинг,
қаерга ҳам борардинг, ахир?
Mirzohid
Sun'iy intellekt tarjimalarini tahrirlashni o'rganamiz.
Bugungi kunda AI juda ko'p sohalarning ishini yengillashtirmoqda, jumladan, tarjima qilishni ham osonlashtirmoqda. Quyidagi savollarga javob berib, matningiz sifatini yanada yaxshilay olasiz:
1.Original matnni o'qib, uning mazmuni haqida umumiy tasavvur hosil qildingizmi?
Ha, bu juda oddiy qadam. Ko'pchilik matnni to'liq o'qib chiqmasdan, tarjima qilishga kirishib ketadi. Bu asar ohangiga ta'sir qilmay qo'ymaydi. Chunki sun'iy intellekt, asosan, hammaga tushunarli bo'lishiga harakat qiladi. Nozik til unsurlarini esa payqamay qolishi mumkin.
2.Asliyat matnida ishlatilgan maqol va iboralar qachon va qanday maqsadlarda ishlatilishi bo'yicha kichik tadqiqot qildingizmi?
SI so'zlarni to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilishi yoki sinonimlar turib, dominanta (boshqalariga nisbatan nutqda
keng qo'llaniladigan va ma'nosi barchaga tushunarli bo'ladigan so'z)lardan foydalanishi mumkin. Bu matn tilini qashshoq qilib qo'yadi. Shu sababli, iboralar va maqollarni to'g'ri va aniq kontekstda ishlatish juda muhim.
3.Imloviy, uslubiy va tinish belgilaridagi xatolarni tekshirdingizmi?
SI bular bilan muammolar kamdan-kam kuzatiladi. Shunday bo'lsa-da, tayyor bo'lgan matnni qayta o'qib chiqish bilan ulardan qutulish mumkin.
4.Grammatik xilma-xillik yetarlichami?
SI har doim ham matnda grammatik xilma-xillikni ta'minlay olmaydi. Natijada, bir xil strukturali gaplar qatori paydo bo'ladi. Bu matnni o'qishga zerikarli qilib qo'yadi. Gap bo'laklari tartibini o'zgartirish, turli grammatik sinonimlar (qo'shimchalar sinonimligi) ni ishlatish kesim shaklini almashtirib turish (ot kesim, fe'l kesim), takrorlanuvchi jumlalarni olib tashlash yoki muqobillari bilan almashtirish orqali tarjimangizni to'kis qilishingiz mumkin.
+ 1. Stilni izchil saqlayapsizmi?
Har kimning o'z yozish uslubi bor: kimdir sonlarni harflar bilan yozadi, boshqasi esa raqamlar bilan. Sonlar o'z navbatida arab va rim raqamlarida ifodalanadi. Uslub bosh harflar va qo'shtirnoqlarni qanday qo'llashingiz hamdir. Sun'iy intellekt ba'zida ularni aralash tartibda ishlatishi mumkin. Masalan, birinchi xatboshida "19-asr" deb tarjima qiladi, keyinroq esa "XIX asr" deb yozishi mumkin. Stil izchilligini ta'minlash uchun matnni tekshirish lozim.
Foydali bo'lgan bo'lsa, reaksiya & ulashishlar kutaman.
@ruhbon ?
Longread?
Post yozish haqidagi yozganlarimni sog'inganlar bormi?)
Yoki faqat qizlar toxic bo'lishadi yo men hali toxic bolalarni uchratmadim.
Qizlar, osonroq yashayveraylik?
Ba'zan yolg'iz yashash xato emas, to'g'ri tanlov. Birga tinch yashamoqchimisan, xohlaysanmi yo'qmi kelishib yashashingga, ayrim qurbonliklar qilishingga to'g'ri keladi. Bunga tayyor bo'lmasang, tayyor bo'lishni istamasang - yolg'iz yashayver. Hech kimga og'iring tushmasligining o'zi bir yaxshilik, ishon.
"Roman qanday yoziladi?" faqat roman yozmoqchilar uchun emas. Aksincha, har bir kitobsevar uchun qiziqarli va foydali bo'lishi mumkin. Maqola orqali o'zimiz sevib o'qib yurgan kitoblar qanday dunyo yuzini ko'rishi, yozuvchilar bu mo'jizalarni qanday yaratishlari haqida, va eng asosiysi, roman yozish uchun! kerak bo'ladigan deyarli barcha masalliqlarni bilib olasiz. Unda biz oldinroq o'rgangan asar yozish metodlari ham tilga olingan, yangi usullar-da berilgan. Umid qilamanki, maqola sizga yoqib qoladi.
Unutish uchun eng yaxshi usul nima? Ko'nikish uchun nima qilish kerak? Kechira olmasam-chi? O'zim kechirilmay turib?!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago