Kamzul Atelier

Description
Buyurtma berish:
@kamzul_uzb
+998 99 088 37 63
Manzil: Chilonzor-10, 28/86

Modelyer-chevar istalgan bichimdagi libosni modellashtiradi:
- Rasmiy uslubdagi liboslar
- Toʻy va oqshom koʻylaklari
- Tayyor kiyimlarni qomatga moslash
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

3 months ago
[#koylaklar](?q=%23koylaklar)

#koylaklar

Tashqarida havo sovigani sari bizda iliq nafislik darajasi ortib boradi☺️ Panbarxat matosidan tikilgan issiqqina, bejirim koʻylak.

Bu koʻylak bilan uzun palto va uzun qoʻnjli etik kiyib, mukammal uygʻunlikka erishasiz. Sovuqda ham koʻzni quvnatuvchi goʻzal obrazlar yaratish mumkin.

Tikish narxi: 200 000 so'm
Mato: panbarxat
Tikish muddati: 3-4 kun

Buyurtma uchun:

☎️ +998990883763

? @kamzul_uzb

3 months, 1 week ago
[#ish](?q=%23ish)

#ish

Nafislik, qulaylik va iliqlik taratuvchi ko'ylak. Matoni mijozning o'zi olib kelgan. Mato sifatiga va narxiga qarab tayyor ko'ylak sizga 300 mingdan 400 minggacha tushishi mumkin.

Tikish narxi: 200 000 so'm
Mato: panbarxat
Tikish muddati: 3-4 kun

Buyurtma uchun:

☎️ +998990883763

? @kamzul_uzb

3 months, 2 weeks ago
Kamzul Atelier
6 months ago

#tips

Oʻzi nima tiktirish mijoz uchun foydaliroq ekani boʻyicha maslahatlar:

Uyga kiyiladigan koʻylak-lozimlarni individual tiktirish bozordagidan qimmatroq tushadi. Toʻgʻri, sifatliroq va oʻzingizga mos boʻladi, lekin sal qimmatroq.

Biznes uslubdagi pidjak, shim, yubkalar
Oqshom koʻylaklari, ayniqsa murakkab bichimlilari
Kelin koʻylaklar
Maktab formalari

Shu toifa liboslar individual tikilsa ham doʻkondagidan karrasiga arzon tushadi va sifati ancha yuqoriroq boʻladi.

Masalan, yaqinda tikilgan qora-kulrang oqshom koʻylagi doʻkondagidan sal kam 2 baravar arzon tushgan. Hozir bitta kelin koʻylak ustida ishlayapmiz. Bitganda narxini yozamiz, u ham hatto salondagi koʻylak ijarasidan ham arzonroq chiqyapti, adashmasam.

Buyurtmalar va bozordagi narxlarni taqqoslab, tahlil qilgach, shunaqa xulosaga keldim:

Qimmat, murakkab fasonli liboslarni tiktirish mijoz uchun manfaatliroq ekan. Ham $200-$300 lik narsani 2-4 baravar arzonroq oladi, ham oʻlchami 100% oʻziga mos boʻladi, ham oʻzi istagan oʻzgarishlarni kiritish imkoni bor, ham sifatliroq mato tanlashi mumkin boʻladi.

8 months, 2 weeks ago

#tips

Sifatli mato tanlash sirlari (davomi)

4️⃣ Rang

Mato yoki libos tanlashda teringiz rangini ochadiganidan tanlang. Va albatta ob-havoni ham hisobga oling. Masalan, qora va to'q ranglar issiq tortadi, och ranglar esa aksincha nurlarni qaytarish evaziga kamroq tanangizni qizitadi.

Istalgan rangni o'zingizga mos tusini (ottenok) topish mumkin. "Senga binafsharang yarashmaydi!" deyishsa, ishonib ketavermang. To'q binafsharang yarashmas, lekin ochrog'i, yorqinrog'i va boshqa tuslarini sinab ko'ring.

5️⃣ Naqshlar

Mato naqshlari 3 xil bo'ladi: mato to'qilishida turli rangli toladan qo'shib tikilgani, bir tusli matoga rang bilan tushirilgan naqsh va mato ustiga applikatsiya qilingan naqsh (tayyor kiyimlardagi rasm va yozuvlar).

Eng chidamli va sifatlisi, tabiiyki, matoga qo'shib to'qilgan naqshlar. Yuvganda rangi o'chmaydi yoki yulinib, to'kilib tushmaydi.

Matoni yana katta gulli/naqshli va mayda gulli/naqshli ekaniga qarab ham e'tibor bering. Masalan, kichik jussali kishilarga yirik gulli mato unchalik yarashmasligi mumkin.

*6️⃣ Mato teksturasi*

Bu juda muhim omil. Shaklini tutib, hurpayib turishi kerak bo'lgan libosga tashlanib turadigan yumshoq mato olish xato bo'ladi. Libosingiz qanday turishi kerakligini tasavvur qilib, keyin unga mos mato tanlang.

7️⃣ To'qish zichligi

To'qish zichligi qancha yuqori bo'lsa, mato shuncha sifatli bo'ladi. Kiyganda yoki quyoshga tutganda orti ko'rinadigan matolarda to'qish zichligi juda past. Sifatli matodan tikilgan kiyimning ichi ko'rinmaydi.

Shu bois ham nomi bir xil matoning narxi har xil bo'ladi: zich to'qilgan, qalin lyon bilan dokasimon, xilviragan lyonning farqi bor. Tayyor kiyim olishda ham shunga e'tibor bering.

Foydali postlarni yaqinlaringizga ulashishni unutmang?

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her