Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
✳️ ECL DEUTSCHPRÜFUNG ‼️
Thema 1 ECL ? testiga namunalar
Thema 2 Ballar ? qanday hisoblanadi?
Thema 3 Imtihon ? strukturasi qanday?
Thema 4 imtixon narxlari qanday?
Thema 5 Imtihon to'lovi qachon va ? qanday amalga oshiriladi?
Thema 6 ECL ga ro'yxatdan o'tayoganda so'raladigan ?JSHSHIR nima?
Thema 7 Imtihon markazi ?qayerda joylashgan?
Thema 8 Imtihon ? mavzulari
Thema 9 Foydali? maslahatlar
Thema 10 Og'zaki ? imtihon qanday böladi?
Thema 11 ECL sertifikati elchixonada tan olinganmi?
Thema 12Imtihonga qanday registratsiya qilinadi?
Thema 13 Imtihon sanalari qachon va bir yilda necha marta bo'ladi?
Thema 14 Imtihon javoblari qancha muddatda chiqadi?
Thema 15 ECL imtixonida nimalar mumkin va nimalar mumkin emas?
Thema 16 O'gzaki imtixon (Sprechen) ga Partner tanlash tartibi qanday?
Thema 17 Shreiben va Leseverstehen uchun qanchadan vaqt beriladi?
ECL Zertifikat in Usbekistan ?
Telegram guruh
? Imtihon markazi qayerda joylashgan?
? Xalqaro ECL imtihon markazining Oʻzbekistondagi asosiy filiali (1) Toshkentda quyidagi manzilda joylashgan (Imtihon markazi kodi: UZ998001):
(1) Shayxontohur tumani, Chorsu maydoni, 1-A uy, 82-maktab, 4-qavati
Bundan tashqari (2) Namangan (imtihon markazi kodi: UZ998002) va (3) Buxoro (imtihon markazi kodi: UZ998003) shaharlarida quyidagi manzillarda ham filiallar mavjud:
(2) Namangan shahar, Iftixor köchasi, 77 uy
Moʻljal:Chortoq Yöli aylanmasi
(3) Buxoro shahar, Suvchilar köchasi 18-uy
ECL Zertifikat in Usbekistan ? Telegram guruh
? Imtihon to'lovi qanday amalga oshiriladi?
? Imtihon to'lovi bgau.uz/ecl saytning o'zida Humo yoki Uzcard orqali, ro'yxatdan o'tgach darhol amalga oshirilishi kerak!
ECL Zertifikat in Usbekistan ? Telegram guruh
?ECL imtihoni natijalari chiqdi.
? Aprel oyi ECL imtihoni natijalari E-mail pochta manzillaringizga joʻnatildi
?Muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlarni tabriklaymiz
?Sertifikatning PDF nusxasi faqatgina talab asosida beriladi. Buning uchun sertifikat soʻrayotgan tashkilot yoki ta’lim muassasining soʻrovnomasi nusxasini yoki elchixona termini screenshot faylini [email protected] e-mail manziliga ilova qilib 6-may soat 20:00 gacha talabnoma yozishingizni soʻraymiz.
?Murojaat uchun :
?? @ECLadmin
? +998940769899
? Brüder Grimm - Eng tez va sifatli ta’lim
Bugungi mavzu asosan Germaniyada oilalilarga beriladigan pullar haqida bo’ladi. Agar sizga ushbu mavzu qiziq bo’lsa, unda postni oxirigacha o’qing.
*1️⃣. Bundesstiftung Mutter und Kind tomonidan beriladigan bir martalik* moliyaviy ko’mak.
Ushbu yordam puli xomilador ayollar uchun mo’ljallangan. Pulni olish yoki olmasligingiz, qancha miqdorda olishingiz mumkinligi sizning oilaviy daromadingizga bog’liq. Germaniyada yashayotgan yosh oilalarning aksari hali ham talaba yoki Ausbildungda ekanini inobatga olsak, ular bemalol ushbu yordam pulini olishlari mumkin. Pulni olish uchun xomilador vaqtingizda o’z shahringizdagi Schwangerschaftsberatungsstellega murojaat qilishingiz mumkin (websaytning pastki qismida Schwangerenberatung degan bo’limni tanleng). Bola tug’ilgandan so’ng ushbu pulni olishni ilojisi yo’q. Tanishlar o’rtacha 900-1100€ atrofida yordam puli olishgan. Bitta farzand uchun faqat bir marta pul olish mumkin.
-Bu pulni olish uchun qaysi viza bilan Germaniyada yashayotganini ahamiyati bormi?
-Yo’q, ushbu pulni talabalar ham, azubilar ham, ishchilar ham bemalol olishlari mumkin. Muhimi Germaniyada qonuniy yashayotgan bo’lishi va milliy vizaga ega bo’lishlari lozim. Turistlarga, Ferienjobga kelganlarga ushbu pul berilmaydi.
2️⃣. Kindergeld. Bu Germaniyada yashayotgan har bir farzand uchun to’lanadigan bola puli, har oyda 250€ miqdorida beriladi. Pulni olish uchun o’z shahringizdagi Familienkassega murojaat qilishingiz mumkin. Bola puli farzand 18 yoshga to’lguncha beriladi, ba’zi holatlarda (Ausbildung, Studium) bola 25 yoshga kirguncha ham Kindergeld olish mumkin. Agar bola O’zbekistonga ketadigan bo’lsa, buni Familienkassega xabar qilishingiz zarur. Chunki bolaning asosiy yashash joyi Germaniyada bo’lmasa, bola puli berilmaydi. Bola hali O’zbekistondan Germaniyaga kelmagan bo’lsa ham, Kindergeld olishni ilojisi yo’q.
-Kindergeld olish uchun vizani ahamiyati bormi?
-Bor. Agar siz Germaniyada Au Pairlik, FSJ/BFD, Ish izlash vizasida yurgan bo’lsangiz, sizda tug’ilgan farzandingiz uchun Kindergeld olish huquqi yo’q. Agar siz talaba bo’lsangiz, unda yoki ishlayotgan bo’lishingiz yoki Elternzeitda bo’lishingiz zarur. Ya’ni agar talaba bo’lib, hech qayerda ishlamasangiz, farzandingiz uchun Kindergeld ololmaysiz. Avvallari ishlaydigan talabalarga ham Kindergeld berilmas edi, 2020-yildan ushbu qoidalarga o’zgartirish kiritilgan. Lekin ba’zi Familienkasselar hali ham ishlayotgan talabalarga ham farzandi tug’ilganida Kindergeld bermayotgan ekan. Agar siz ham Kindergelddan Ablehnung olgan bo’lsangiz, u holda Widerspruch yozib, ularga yangi qoidalarni o’rgatib qo’ying ? Shaxsan o’zimda shunday holat kuzatildi, talabalik vizasi bilan yurganim uchun, Familienkasse avvaliga Kindergeld berishni xohlamadi (Ablehnung), keyin Widerspruch yozib, ularga yangi qoidalarni eslatib qo’ydim. Shundan keyin Kindergeld berishni boshladi.
3️⃣. Elterngeld. Farzand tug’ilgandan keyin olish mumkin bo’lgan pullardan yana biri bu Elterngeld hisoblanadi. Elterngeldning miqdori 300€ va 1800€ orasida, ya’ni siz minimum 300€ yoki maksimum 1800€ Elterngeld olishiz mumkin.
Elterngeld olish uchun siz Elternzeitga chiqqan bo’lishingiz yoki haftasiga 32 soatdan kamroq ishlashingiz lozim. Agar haftasiga 32 soatdan ko’p ishlasangiz, sizga Elterngeld berilmaydi.
Qancha Elterngeld olishingiz sizning bola tug’ilishidan oldingi va bola tug’ilgandan keyingi daromadlaringizga bog’liq. Misol uchun, bir talaba farzandi tug’ilishidan oldin yarim stavka ishlab 1200€ oylik olardi, farzandi tug’ilgandan keyin ishni kamaytirdi va 1000€ olyabdi. Tug’ruqdan oldingi va tug’ruqdan keyingi oylikning farqi 200€, lekin shu holatda ham unga 300€ Elterngeld beriladi. Agar uning oyligi o’zgarmagan taqdirda ham 300€ olishi mumkin. Agar oyligi kamayishni o’rniga ko’paysa ham, 300€ olishi mumkin. Muhimi haftasiga 32 soatdan ko’p ishlamasa bo’ldi.
-Chancenkarte o'zi nima?
-Bu viza turlaridan biri xalos. Kimdir Germaniyaga kelish uchun Blaue Karte vizasini oladi, kimdir Fachkraft vizasini, yana kimdir esa Ausbildung/Studium uchun viza oladi. Bu viza turlarining o'ziga yarasha talablari bor. Misol uchun, blaue karte uchun yuqori maoshli ish, oliy ma'lumot diplomi kerak bo'lsa, Fachkraft vizasi uchun diplom Anerkennung bo'lishi hamda nemis tili bilimlari talab etiladi. Talabalar uchun esa o'qishga kirish, nemis tilini C1 darajada bilish, bloklangan hisob raqam ochish va hkz.
Agar siz yuqoridagi viza turlarini olishga qiynalayotgan bo'lsangiz (bloklangan hisob raqamga pul yo'q, C1 yo'q, diplom Anerkennung bo'lmadi, ish topilmayabdi va hkz), u holda Chancenkarte deb nomlangan vizani olishga harakat qilsangiz bo'ladi. Ushbu viza o'z nomi bilan sizga Germaniyaga kelish va ish topishda imkoniyatlar taqdim etadi.
-Chancenkarteni olish aynan qanday imkoniyatlarni beradi?
-Ushbu viza sizga asosan Germaniyada ish izlash yoki olgan diplomingizni Anerkennung qildirish uchun vaqt beradi. Undan tashqari quyidagi qo'shimcha imkoniyatlar ham taqdim etiladi:
1) Germaniyada haftasiga 20 soat ishlashga ruhsat
2) ikki hafta to'liq stavkada Probebeschäftigung (bu sizga ham bo'lajak ish beruvchiga ham foydali bo'ladi)
-Chancenkarte qancha muddatga beriladi?
-Avvaliga 12 oy, undan so'ng yana 2 yilga cho'zdirish mumkin. (Holatga qarab)
-Chancenkarteni oddiy ish izlash vizasi yoki Anerkennung uchun olinadigan vizalardan qanday farqi bor?
-Postni oxirigacha o'qisangiz, farqini bilib olishingiz mumkin.
-Chancenkarte olish uchun qanday talablarga javob berish kerak?
-Chancenkarte quyidagi talablarni bajarganlarga berilishi mumkin:
1⃣. Viza olish uchun o'z o'zini ta'minlay olishini ko'rsatish (bloklangan hisob raqam yoki Verpflichtungserklarung (kafolat xati)) (❗️bu talabni bajarish majburiy)
2⃣. Nemis tilini kamida A1 darajada yoki ingliz tilini kamida B2 darajada bilish (❗️bu talabni bajarish majburiy)
3⃣. O'zbekistonda tan olingan kamida 2 yillik kollej diplomi yoki bakalavr darajasi (ha, Germaniyada anerkennt bo'lishi shart emas, qaysi davlatda olingan bo'lsa, o'sha davlatda tan olingan bo'lsa kifoya). (❗️❌bu talabni bajarish majburiy emas, agar diplomni Anerkennungstellega topshirgan bo'lsangiz, ular sizga Anpassungslehrgang orqali diplomingiz anerkennt bo'lishi mumkinligi aytgan bo'lsa kifoya)
4⃣. O'zining kvalifikatsiyalari orqali kamida 6 ball to'play olishi. Ball to'plash haqida quyida batafsil ma'lumot bor. (❗️bu talabni bajarish majburiy)
-Ball to'plash nima degani? Qanday qilib ball to'plash mumkin?
-Germaniya ham xuddi Kanada singari ma'lum bir malakaga ega insonlarga viza berish uchun ballik tizimni joriy qilmoqda. Siz o'z malakalaringizga qarab (til bilish darajangiz, ish tajriba, yoshingiz) ma'lum miqdorda ball to'plashingiz mumkin.
-Qanday malaka uchun qanday ballar beriladi?
-Quyidagi hollarda sizga turlicha ballar beriladi:
1. Anerkennungsstelle sizning O'zbekistonda olgan diplomingiz Anpassungslehrgang orqali anerkennt bo'lishi haqida qaror qabul qilgan bo'lsa - 4 ball.
2. B2 darajada nemis tilini bilsangiz - 3 ball
3. B1 darajada nemis tilini bilsangiz - 2 ball (B2 orqali 3 ball olgan bo'lsangiz, B1 dagi ball qo'shilmaydi. Qolgan til sertifikatlarida ham shu qoida)
4. Nemis tilini A2 darajada bilsangiz - 1 ball.
5. Ingliz tilini C1 darajada bilsangiz - 1 ball
6. Kollej yoki OTM diplomini olgandan keyin oxirgi 7 yilda diplomga oid ishda kamida 5 yil ishlagan bo'lsangiz - 3 ball
8. Diplomingizni Germaniyada malakali mutaxassislar yetishmayotgan sohada olgan bo'lsangiz (Hamshiralik, Vrach, O'qituvchi, Injener va hkz) - 1 ball
9. Yoshingiz 35 ga to'lmagan bo'lsa - 2 ball
11. Oxirgi 5 yilda eng kamida 6 oy Germaniyada yashagan bo'lsangiz - 1 ball
12. Turmush o'rtog'iz ham siz bilan kelayotgan bo'lsa yoki u ham chancenkarte olayotgan bo'lsa - 1 ball.
Intensiv nemis tilini B2 darajada örganishni maqsad qilganlar diqqatiga!!!
yangi ochilayotgan B2.1 kursimizga qiziquvchilarni taklif etamiz.
Kurs narxi: 1mln 800 ming söm.
Har kunlik dars davomiyligi: 3 soat
Haftada: 5 kun
Vaqti 14 30 dan 17 30 gacha
Talabgorlar B1 sertifikatiga ega bö'lishlari, B1.1,B1.2 kursini tugatgan bolganlarni sinov asosida qabul qilaman.
Boshlanadi:4 martdan
Öqituvchi: Narimonbek Elchibekov?
Halqaro , milliy sertifikatlarni qölga kiritish uchun dadil qadam tashlashingizga kömakdosh bölishdan hursandmiz.
?Nemis tilidan Xalqaro til Sertifikati ECL ga Aprel uchun registratsiya ochildi!?
?Toshkent, Namangan va Buxoroda
??Yozma imtixon sanalari?: B1daraja —> 5-Aprel
B2 daraja —> 6-Aprel
?Sprechen —> 5-26-Aprel
?Natijalar 03.05.24 gacha
✔️Sertifikatlar 7.06.24 gacha
?Registratsiya 6-Mart soat 16:00 gacha
?Darajalar: B1va B2
⚡️ECL sertifikati:
✔️ Barcha Yevropa Ittifoqi davlatlarida tan olinadi
?Bundan tashqari AQSh, Arab davlatlari, Kanada va boshqa rivojlangan davlatlar elchixonalarida tan olingan
? Weiterbildung, Ausbildung, Studiencollege, FSP, FSJ, BFD dasturlarida, oila birlashtirish, ish boʻyicha va koʻplab oʻquv yurtlarida qabul qilinadi
⭐️ ALTE akkreditatsiyasidan oʻtgan
? Muddatsiz amal qiladi
? https://bgau.uz/ecl
? @BruederGrimmSS
? +998909878184
? +998900469899
Brüder Grimm - Eng tez va sifatli ta’lim
Telegram | Instagram | YouTube
Habaringiz bor, Brüder Grimm Akademiyasi 3 yillik hamshiralik yönalishida öqigan yoki 3 - bosqichdagilar uchun bepul intensiv kurslariga röyxatni 15 fevralda yakunlanishini e'lon qilamiz. Söralgan hujjatlaringizni ( 1.diplom ilovasi bn pdf, shaklda, 2. horijga chiqish passporti pdf shaklda 3.Tarjimai hol ) quyidagi telegramm akkauntiga @narimonbekelchibekov jönantishingizni söraymiz.
?Assalomu alaykum,
?Hurmatli nemis tili ixlosmandlari!
? Fevral oyidagi ECL imtihoniga muddatidan keyin roʻyaxtdan oʻtish uchun…
? 9-yanvar? soat 16:00 ⏳ gacha
?imtihon toʻlovi bilan birgalikda 274000,00 soʻm qoʻshimcha toʻlov asosida?
Nomzodning
?darajasi( B1, B2, C1)
?elektron passport nusxasi
?yashash manzili,
?toʻlov qogʻozi(kvitansiya)
?E-mail pochtasi
?telefon raqami
ushbu telegram profilga yuboriladi:?? @BruederGrimmSS
? Brüder Grimm - Eng tez va sifatli ta’lim
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago