Mirzohid Berdiboyev | blog

Description
O'zimga eslatmalarim!

Shu kanalni 100 yildan keyin o'qiganlarga hayot qo'llanmasi bo'lsin.
Murojat uchun: @MirzohidB
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

4 days, 14 hours ago

Bizni jamiyatni shunaqangi katta xavflar kutib turibdiku shunaqangi katta muommolari borki.

Biz hozir to'yga kelganlarni hammasi stulga o'tirarmikan.Ularga joy yetadimikan.Qo'shnim nega mendan zo'r bo'lib ketyapdi.

To'yimga faqat qora mashina gaplashaymi.Qilgan uyimni yanada qanday qilib kattaroq qilsam bo'ladi.Qaynona kelin munosabati.

Xullas juda juda kichkina maishiy muommolar.

Bittagina Xitoylarni bizga juda katta oqimda kirib kelishdan qo'rqib ketyapman.

Bundan tashqari yana qancha katta xavflar bor.

Iltimos mashinasiz o'tsak ham uysiz o'tsak ham to'yni 10 kishilik qilsak ham.

Faqat faqat ilmga va katta muommolarga e'tibor beraylik.

Bizni qabrimizni Rus yoki Xitoy oyog'i bilan bosib ketmasin.

Bizdan keyingi avlodlar bizni kechirmaydi.

5 days, 23 hours ago

Yaxshi o'qituvchi nafaqat yaxshi maosh balkida erkinlik ham xohlaydi.

O'qituvchidan dars o'tishdan boshqa yumushlarni so'rayvermaslik kerak.

6 days, 13 hours ago

Xato bu normal hodisa.Bizni deyarli hamma to'g'ri qilgan ishlarimiz xatolarimiz tufayli aslida.

2 months, 2 weeks ago

Assalomu alaykum hurmatli o'quvchilar.Mening ismim Mirzohid shu o'quv markaz asoschisiman.

Iltimos 5 daqiqa vaqtingizni ketkizib shu gapalarni o'qib chiqing.

Men bu dargohni yagona maqsad yagona missiya bilan ochganman.

Men dunyoda O'zbeklarni qora ishchi bo'lib ishlashini xohlamayman.Men har bir yurtdoshimiz til o'rganishini eng yaxshi joylarda ishlashini xohlayman.

Ha bizning vatan iqtisodiy jihatdan ko'p davlatlardan orqada lekin bu doim orqada bo'ladi degani emas.Nasib bo'lsa biz ham rivojlangan davlatlar safida bo'lamiz.

Buning uchun hozir hammamiz birlashib qo'limizdan nima kelsa shuni qilamiz.Shu jumladan bizning markaz ham.

Men har doim jamoamizga aytib kelaman.Bizning markazda nemis tili o'rganayotganlar shunchaki mazza qilayotganidan emas ular hayotlarini yaxshilash uchun ular farzandlari yaxshiroq hayotda yashashi uchun.Ular ota onasini hayotini yaxshilash uchun til o'rganmoqda deb.

Tog'ri qaysidir joyda biz xato qilamiz qaysidir joyda tajribamiz yetishmasligi mumkin.Lekin ishoning buni har doim yaxshilashni to'g'rilashni xohlaymiz.

Shaxsan o'zim har bitta o'quvchidan bildirilgan e'tirozni judayam qattiq o'rganaman.

Ba'zida o'quvchilarimizdan bu markaz pul qilarkan puldan boshqa narsani o'ylamas ekan degan fikrlar keladi.Bu o'quvchilarni ham tushunamiz .

Lekin mening va jamoamizning maqsadi unday emas.Jamoamdagilar bilishadi 4 yildan beri bitta oddiy Samsung telefon ishlatishimni.Oddiy 2 xonali uyda ijarada turishimni.Hech qanday mashina yoki shunga o'xshash narsalarim yo'qligini.

Men har bir O'zbekni hayotini yaxshilanishini bizdan keyingi avlodlarga yaxshiroq vatan bo'lishi.
O'zbeklarni gapini dunyo ta'n olishini xohlayman.

Hurmatli o'quvchilar bu gaplar sizga baland parvoz eshitilishi mumkindir lekin bular meni yuragimdan qalbimdan chiqayotgan gaplar hisoblanadi.

Ba'zida kurs narxi qimmat probniy pullik deyishadi.Ha bu gaplar albatta tog'iri lekin biz o'zimizni saqlab qolish uchun ko'proq insonlarga yordam berish uchun ta'limni hamma hurmat qilishi uchun shu ishlarni qilishga majbur bo'lganmiz.

Agar sizda e'tiroz bo'lsa yokida nimadir yoqmasa iltimos qilaman shunchaki kelib adminstrator xodimlarimizga yokida filal menejerlarimizga kelib ayting.

Xato yoki kamchiliklar bo'lsa kelib bizga ayting biz qo'limizdan kelgancha to'g'irlaylik.

Biz rivojlanaylik biz xatolarmiz bo'lsa tog'irlaylik.Nima qilish kerak bo'lsa qilaylik lekin siz aziz o'quvchilarni rozi qilaylik.Hayotingizni yaxshilashga yordam beraylik.

Yagona maqasdmiz sizga eng yaxshi ta'limni berish.

Ta'lim dargohimizdan ozroq foyda olib ketsangiz jamoamiz haqqiga duo qilib qo'ying.

Vaqt ajratib o'qiganingiz uchun katta raxmat.

O'zbek qora ishchi emas.

https://t.me/Mirzohid_blog

2 months, 2 weeks ago

Odamda samimiylik bo'lmas ekan xuddi kim kimnidir hayotida yashayotgandek bo'ladi.

Sababi siz boshqalarga kimdir bo'lib ko'rinishni xohlaysiz, haqiqiy o'zingizdek emas.

Samimiy bo'ling hayot bir marta beriladi.

2 months, 3 weeks ago

Assalomu alaykum men sizlarga hozir bitta oddiy hisob kitobni ko'rsatib beraman.

Agarda biz Germaniyaga 2030 yilgacha jami markazlar davlat markazlari bilan birlashib 50 mingta vatandoshimizni junatsak qancha pul kirib kelishini aytaman.

50 mingta odam oyiga 1000 € dan junatsa.

1 oyda 50 millon € keladi.
1 yilda 600 milllon € degani.

Bu so'mda hozirgi kurs buyicha 8 trillion so'm degani.

Tassavur qiling shuncha pul.Undan tashqari qancha fikr yangi bilim keng dunyo qarash.

Mana biz nega qattish ishlashmiz kerak. Mana nega ishimizni eng zo'ri qilib bajarishimiz kerak.

Sizlar oddiy ish qilmayapsizlar hurmatli jamao azolari.

Bu raqamlarni shunchaki qilsa bo'ladi.
Hali shunday kun keladi o'zbekistonga germaniyadan 8 trillion pul kirib keldi degan xabar chiqadi.

Bu gapni hamma eslab qolsin o'sha payti qalbingizdan ajoyib his o'tadi. Men bunga ishonaman.

Bu gaplar Blitz jamoasiga aytilgan gaplar edi.

3 months ago

Insonga maqtovlar yoqadi unga bo'lgan e'tiroflar yoqadi.

Lekin haqiqiy maqtov va e'tirof yagona zotdan kutiladi.Faqat bu dunyoda emas.

3 months, 1 week ago

O'qishdan to'xtagan odam fikrlashdan to'xtaydi.

Muallif: Ahad Abirqulov

3 months, 4 weeks ago

Eng katta xulosalarimdan biri.

Siz qilayotgan ishingizga bu vaqtinchalik deb yondashgan paytingiz 2 ta eng muxim ko'nikmani ham rivojlantirmayotgan bo'lasiz.

Tassavur qiling siz farroshsiz va bu ishni katta ehtimol bilan vaqtinchalik deb qaraysiz.Va ishingizni sifati ham shunga yarasha bo'ladi.

Lekin, hozir bor ishim shu deb yondashsangiz katta ehtimol u ishni eng sifatli qilib bajarasiz.

Bu esa sizda 2 ta ko'nikmani shakillantiradi.
Birinchisi bu ishni eng yaxshi qilib bajarishni.

Ikkinchisi shu ondagi sizga bog'liq bo'lgan narsaga bor e'tiborni qaratishni.

Har qanday davlatda va har qanday ishda sizga shu 2 ta ko'nikma doim kerak bo'ladi.

Buni yana nima misolida ko'rsa bo'ladi.

Musulmon odam o'tmishi va kelajagini emas.Yashab turgan aynan buguni haqida o'ylaydi va aynan bugundagi amallariga bor e'tiborini qaratadi.

Sababi siz o'zgaritadigan yagona narsa bugundagi hodisalardir.

Shunday ekan hozir sizda nima bor sizga nima yuklatilgan o'shanga bor e'tiborni qarating uni eng zo'ri qilib bajaring.

Ishoning shu 2 ta ko'nikma sizga hamma narsani olib keladi. Hayolingizga kelmagan ishlar bo'lib ketadi.

4 months ago

Maqsad yoki rejalaringizni amalga oshirish uchun qayerlardandir motivatsiya yoki shunga o'xshash narsalar qidrmang.

Shunchaki eng yaqin odamlaringiz qarindoshlaringiz va atrofingizdagi millatdoshlaringiz ahvoli ham sizga yetadi maqsadlaringizni amalga oshirishda to'xtab qolmaslikka

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her