✒️✒️Masturabegim...

Description
Shunchaki topganlarim topilgan yaxshi insonlar uchun
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

hace 1 mes, 3 semanas
Aksar odamlarga shunday ko‘rinsam kerak. Bundan …

Aksar odamlarga shunday ko‘rinsam kerak. Bundan ajablanmayman. Chunki inson o‘zi qanday bo‘lsa atrofdagi insonlarni ham shunday deb o‘ylarkan. Shuning uchun ham atrofimda yomonlar ko‘pmikan deb o‘ylab qolaman ba'zan. Sababi oddiy meni yaxshi ko‘radigandan yomon ko‘radiganlar talaygina.

O‘zlaricha bellashadimiye karera borasida, yoki bo‘lmasa o‘zlaricha meni muhokama qiladimiyey tushunmiman. Yomonlik qilmasangiz ham yomonsiz ekan Shu uchun aytishadida hammaning ham hayotida yaxshi qahramon bo‘la olmaskansan deb. Yomon bo‘lib ko‘rinsam ham yolmog‘iz bo‘lib ko‘rinmasman xar qalay. To‘g‘rimi? Siz nima deb o‘ylaysiz.? Meni taniganlar siz uchun men qanday ko‘rinaman yaxshi yoki yomon????

hace 1 mes, 3 semanas
Dunyoda eng adolatli narsa oʻlimdir. Hali …

Dunyoda eng adolatli narsa oʻlimdir. Hali hech kim uni sotib ololmagan. Ololmaydi ham. Birgina shunda ojiz inson. Mansabni, e'tiborni, xashamadni, or va nomusni, xatto yurak hukmron bo‘lgan muhabbatni ham sotib olish mumkin bo‘lgan vaqtdamiz. Pul bo‘lsa changalda degan naql o‘z isbotini topgan. Lekin ojiz banda degan naql ham borki yoshlar tilida aytgandek doim trendda bo‘lib kelmoqda. Qancha boy bo‘lmasin mulkini va jonini asragan xolda o‘lim bilan savdolasha olmaydi. Qancha urunmasin yolg‘iz o‘zi o‘lim sari boradi. Ana shuning uchun ham ojiz bandadur. Shunaqa..

hace 1 mes, 3 semanas

Alam qiladiya..

Taqdir sizga kimnudur yo‘lizdan chiqarsayu ammo siz uni tutib qola olmasangiz. Qayta bunday imkoniyat bo‘lmasligi mumkin. Siz uchun imkondek tuyuladi ammo Tangrim siz uchun atamaydi bilasizmi shuni. Atrofda ko‘p uchratim vaqtida qadrlay olmay uzoqlashganlarni. Taqdir boshqa insonga ataganda esa afsuslar ila alam bilan boqishlarni. Bunday xolatni men o‘zim xis qilmaganman. Alam qilmagam sira. Lekin tabiatdan mehribonman. Meni qadrlagan insonni tutib qolishga va doim atrofimda bo‘lishiga intilaman. Ammo mendek ko‘p inson o‘ylamasa kerakki shuning uchun alam do‘st ularga.

Lekin aksariyat xolatda sizni tanlamagan ekanman vaqtida degan alamli afsuslar mengacha yetib kelgan. Tana boshqa dard bilmas degandek. Vaqtida tuyg‘ularini menga ayta olmay, tanlovda adashganlarning alami menga emas ularga hamroh..
Kelajakda men kimnudur tanlasam taqdir bo‘lib, ayta olmaganlar yuqoridagi videodek alam qilmasa bo‘ldi. Vaqtida qilinmagan harakat alam bilam tugaydi.. Shunaqa gaplar...

hace 4 meses
Men qaytdim...

Men qaytdim...

Hayot bir tekisda o‘tmaydi deyishardi rost ekan.  Baz'an omad sizni qurshab olsa o‘z mehri bilan,  ba'zan muammolar o‘z to‘foni bilan sizni qaylargadur uloqtirar ekan.  Ana shunda siz yolg‘iz qolib ketarkansiz.  Muammolar eshik qoqqanda baxt,  omad,  quvonch sizni tark etganida beixtiyor qo‘lingiz qalam tutgisi kelmaganida siz bilan qolgan ilhom parilarini ket deyarkansiz.
Vaqt har narsaga da'vo deganlaridek.  Tangrim bergan muammolarga o‘zi chora ko‘rsatarkan. Men qaytdim...

Xayrli tong qalbim tubidan topganlarimni sevib o‘quvchi topilgan qadrdonlarim...

hace 5 meses, 2 semanas
Eng zo’r bo'lishingiz shart emas. Doimo …

Eng zo’r bo'lishingiz shart emas. Doimo yaxshi va sabrli bo’ling..
Bir umr zo‘rligini isbotlayman deb yaxshilik qilishni unutgan odamlar atrofda o‘zi talaygina. Nega dersiz. Hayotda zo‘r inson bo‘laman deb bosgan qadamingiz ostida insonlar ko‘ngli, yomonliklarimiz, kibrli boqishlarimiz yanchilib yotgan bo‘ladi. To‘g‘rimi so‘zim.. Siz nima deb o‘ylaysiz?

hace 5 meses, 2 semanas
Bir kunda bir nechta bolachalarni ko‘rdim. …

Bir kunda bir nechta bolachalarni ko‘rdim. Mehr bilan katta bo’layotgan bola, onasi bilan mashaqqatda ulg’ayotgan bolalik begona bo’lgan bola, shoxona dabdaba qiyinchilik so’zi begona bo’lgan bola va tug’ilishi bilan taqdiriga bitilgan qismatga ko’ngan tilanchi bola…
O’ylab ko’rsam hammasi bola lekin qismat charxpalagi har yoqqa uloqtirgan bolalar… birini ko’rib havas qilsangiz ikkinchini ko’rib achinasiz ham. Lekin nima bo’lganda ham har bir bola bolalik gashti bilan o’ssin deyman… chunki bolalik nimaligini bilmay o’sganlardan mehrli yurak talab qilib bo’lmaydi….Qismati ularni bolalikdanoq bardosh yuki bilan yuragini bosib mehr tuyg’usini yanchib bo’lgan…

hace 6 meses, 1 semana
Sen qanotlar bilan tug’ilding, nega sudralib …

Sen qanotlar bilan tug’ilding, nega sudralib yuribsan? To‘g‘ri nega undaymiza.. O‘zimizning imkoniyat chegaramizni o‘zimiz belgilab olamizda. Qo‘limdan kelmaydi deb dangasalik qilamiz. Ammo imkoniyatimiz chegara bilmasligini, uni cheklamasakgina ucha olishimiz mumkinligini bilmaymiz. Ba'zan bilganimizda umr atalmush karvon manziliga yetib kelib, yuzimizda ajinlar bilan iz qoldirgan bo‘ladi. Ana shunda nimaga vaqtida urunib ko‘rmadim ekana deb qolamiz. Shunday bo‘lishini xoxlamasangiz bugun xa bugun imkoniyatlaringiz chegarasini buzib, parvozga shaylaning. Men bir umr sudralib yurishni emas parvoz qilib imkoniyat osmonida parvozga qadamma qadam borayapman. Sizchi?

hace 6 meses, 2 semanas
Men hamma bilan bir xil gaplashaman, …

Men hamma bilan bir xil gaplashaman, xoh u mansabdor bo’lsin, xoh oddiy inson. Chunki hammamiz bir insonmiz. Nega endi o‘zgacha muomila ularning kiyinishi, kelib chiqishi, mansabiga qarab o‘zgarishi kerak. Shu jihatlama insonlarni ajratadiganlarni va mansabi yuqorilab o‘zini osmon deb yerdagilarni mensimaydiganlarni ko‘rsam jahlim chiqadi negadur tushunmayman, tushunmasam ham kerak. Chunki qancha boshimdan o‘tkazmay hayron qolayveraman. Dastlab ish boshlaganimda mensimaganlar bugun yoshim bilan tajribam oshib, oz bo‘lsada sohamda o‘rnimni topganimda o‘zgarishi men uchun hayratlanarlida. Nima bo‘lganda ham hamma bir xil o‘ylamasligini allaqachon anglab yetganman. Shu uchundur bilaman niqoblar bozori bugun xaridorga to‘la..Bozori chaqqon.. Tushungan tushundi

hace 6 meses, 2 semanas
Men chizayotganimni tasavvur qilaman, keyin tasavvurimni …

Men chizayotganimni tasavvur qilaman, keyin tasavvurimni chizaman. Shuning uchun ba'zan men chizgan suratlarni yoki so‘zlarimni aksariyat odamlar tushunishga qiynaladi. Bundan hafa bo‘lmayman. Nega bilasizmi? Chunki ular oddiy ko‘zlar bilan ko‘rishadi. Agar qalb ko‘zi bilan qaraganda edi tushuna olgan bo‘lardi. Afsus.. Balki shuning uchun o‘zgacha ko‘rinarman men. Go‘yoki hamma inson bir xil qonun asosida yashaydi. Faqatgina men o‘zgachadek tuyuladi...

hace 8 meses, 2 semanas

Qalban taniganmisiz?

Ba'zan hayron qolaman ba'zi odamlar kiyinishizga, ba'zi odamlar esa qadi qomatingizga, ba'zi insonlar esa mansabingizga qarab baxo beradi va sizni o‘zlariga moslab tanib olishadi. Ana shunda kim uchundur faqir, kim uchundur boy ko‘rinasiz. Aslida esa... Hech kim qalbi bilan tanishni istamaydi. To‘g‘rida soxtalik o‘rab olgan atrofimizdagi muhutda qalbga ne hojat, ko‘z tanigani yetarli bo‘lmoqdaku.
To‘g‘rimi?

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago