Official Telegram channel of DJSOOL
.
.
.
.
ADMIN: https://telegram.me/DJSOOL
owner : @beruang
list admin : t.me/REKBER_POCHITA/1084
contact : @REKBER_POCHITA_BOT
list big testi : @BIGTESTIPOCHITA
testi : @TESTIREKBER_POCHITA 38k+
lpm : @LPM_JUALAN_NKS
kritik/masukan : @diphrajeshabot
since : 23 mei 2023
Last updated 1 month, 4 weeks ago
МЕН ШОИРМАН СЎЗИМ БАРҲАЁТ
Мустақиллигимизнинг ўттиз икки йиллигига бағишлаб, Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш. М. МИРЗИЁЕВ ташаббуси билан миллат ва мустақиллик Қаҳрамони, халқ шоири Абдулла ОРИПОВ ҳаётидан ҳикоя қилувчи фильм яратилиб, 2023 йил 1-2 сентябрь кунлари — мамлакат телевидиниелари орқали намойиш этилди.
“Менинг кўз ўнгимда жонланар тарих...”*
“Асримиз одами” қаршимда пайдо.
Йўқ, бу кино эмас, Сўз оққан ариқ,
Абдулла Орифга айланган дарё!
“Минг йилларким булбул каломи...”*
Ташна юраклардан кетмагай ўчиб.
Навоий навоси, Жомийнинг жоми,
Миллион йилларни яшайди қучиб.
“Булутларга ёндош
Осмон остида...”*
“Митти юлдуз” бошин силаб коинот.
“Йиллар армони”ни дорга осдида
Абдулла Орифдан қолган ўчмас от.
“Ўзимни мозийнинг бағрига урдим...”*
Менга ҳам керакдир сенга кераги!
Ноҳақ гап-сўзларда мен шуни кўрдим:
Ҳақиқат ядроси — “шоир юраги”.
Ҳайҳот! “Мен шоирман,
истасангиз шу...”*
Абас ўтмагандир умрим чоғлари.
Сатрларим сарсон айлолмас мангу,
Ўтмиш сиёсатнинг сариқ доғлари.
“Дунёга сиғмаган буюклар ночор...”*
“Тилла балиқча”дек ботқоқда лаби.
Лойга ботга чоғинг, дўстинг ҳам қочар,
Амал отга минсанг ўзгарар таъби.
“Умр ўтиб борар мисоли эртак...”*
Кино тасмаларда кезиб дарбадар.
“Биринчи муҳаббат” ўлмайди демак,
Ўзин йўқотса ҳам одамзод агар.
“Яхшиям боқийдир дилбар шеърият...”*
Шодлик майи каби ичарлар қониб.
Шоир қалбидаги энг эзгу ният:
— Элим, деб, юртим, деб яшангиз ёниб!
Ватан! Деб кетдилар кимлар отилиб...
Бадар кетганим йўқ ёниқ гулханим.
Ўтмиш саҳнасидан чиқдим отилиб,
Дея: “Ўзбекистон — Ватаним маним!”
— Абдулла Орипов сатрлари
✍️Лочин ЭЛМУҲАММАД
2023 йил 2 сентябрь
??☀??☀??☀??☀??☀
https://t.me/Lochin_ELMUHAMMAD_ijodi
Ўзбекистон мусулмонлари идораси мамлакат бўйлаб Қурбон ҳайити намозини ўқиш вақтлари ҳақида маълумот берди.
*?@Faktlar_qiziqarli_kerakli *- Ishonish qiyin ammo haqiqat bo'lgan olam..
Assalomu alaykum! Xayrli kech! Azizlar! Yaqinlashib kelayotgan ❤(16-iyun) Qurbon hayiti va o‘sha kundagi tavallud kunim bilan tabriklayman! ????❤
Камоли эҳтиром ила Лочин ЭЛМУҲАММАД
DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT!
HURMATLI QADRDONLAR, SEVIMLI KANALIM A'ZOLARI! ENDI BEMALOL SHE'RLARINI HAQIDA IJODIY JARAYONDA FAOL BO‘LIB, FIKRLARINGIZNI YO‘LLASHINGIZ MUMKIN!
✍️Kamoli ehtirom ila suyukli do‘stingiz L.
?Ramazon tuhfasi?
БИЗНИ ТАШЛАБ КЕТМА, РАМАЗОН
Бисмиллоҳ... сўзимиз тилдами, дилда,
Ҳақни ёд этдикми ойдами, йилда?
Билмаймиз йўлимиз ўнгдами, сўлда...
Сен келдинг пок диллар бўлди чароғон,
Бизни ташлаб кетма, нажот Рамазон!
Либосимиз кибр, кўнгил ва тан кир,
Ёримиз шайтону коримиз жабр.
Аллоҳ йўлида ҳам жам бўлмадик бир...
Ёлвораман Ҳаққа ҳолимиз вайрон,
Бизни ташлаб кетма, нажот Рамазон!
Бозорлар тўла зар неъматлар — садаф,
Лекин ким бол тотар, ким эса алаф.
Ношукр бандалар қумурсқадай саф...
Нафсимиз сабрга ўргатдинг бир он,
Бизни ташлаб кетма, нажот Рамазон!
Бугун орамизда бинокор ҳам кўп,
Бегуноҳ гўдак ва гуноҳкор ҳам кўп.
Соқол қўйган ''така'' — зинокор ҳам кўп...
Мўминлик ҳаёси қилади исён,
Бизни ташлаб кетма, нажот Рамазон!
Ойдан тўкилмайди оҳлар дуосиз,
Дилдан тўкилмайди доғлар дуосиз.
Қалби тирилмайди соғлар дуосиз,
Кафтлардан тўкилган тилаклар уммон,
Бизни ташлаб кетма, нажот Рамазон!
Мўминга муборак тонглар бериб кет,
Нодон йиққан хато тошин териб кет.
Қалбда тошдек қот-у, ёғдай эриб кет,
Янаги йил сенга етайлик омон,
Биздан рози кетгил, нажот Рамазон!
✍️Лочин ЭЛМУҲАММАД
???????????
?Ramazon tuhfasi?
BIZNI TASHLAB KETMA, RAMAZON
Bismilloh... soʻzimiz tildami, dilda,
Haqni yod etdikmi oydami, yilda?
Bilmaymiz yoʻlimiz oʻngdami, soʻlda...
Sen kelding pok dillar boʻldi charogʻon,
Bizni tashlab ketma, najot Ramazon!
Libosimiz kibr, koʻngil va tan kir,
Yorimiz shaytonu korimiz jabr.
Alloh yoʻlida ham jam boʻlmadik bir...
Yolvoraman Haqqa holimiz vayron,
Bizni tashlab ketma, najot Ramazon!
Bozorlar toʻla zar neʼmatlar — sadaf,
Lekin kim bol totar, kim esa alaf.
Noshukr bandalar qumursqaday saf...
Nafsimiz sabrga oʻrgatding bir on,
Bizni tashlab ketma, najot Ramazon!
Bugun oramizda binokor ham koʻp,
Begunoh goʻdak va gunohkor ham koʻp.
Soqol qoʻygan ''taka'' — zinokor ham koʻp...
Moʻminlik hayosi qiladi isyon,
Bizni tashlab ketma, najot Ramazon!
Oydan toʻkilmaydi ohlar duosiz,
Dildan toʻkilmaydi dogʻlar duosiz.
Qalbi tirilmaydi sogʻlar duosiz,
Kaftlardan toʻkilgan tilaklar ummon,
Bizni tashlab ketma, najot Ramazon!
Moʻminga muborak tonglar berib ket,
Nodon yiqqan xato toshin terib ket.
Qalbda toshdek qot-u, yogʻday erib ket,
Yanagi yil senga yetaylik omon,
Bizdan rozi ketgil, najot Ramazon!
✍️Lochin ELMUHAMMAD
???????????
https://t.me/Lochin_ELMUHAMMAD_ijodi
Mohi Ramazon tuhfasi ...DADAMGA AYTING... Biz umid qilmasakda, xalq xizmatida paytimiz odamlar sanʼatimizdan minnatdorlik sifatida koʻngil tuhfasi oʻrnida kimdir gul, kimdir nimadir hadya etishardi... Lekin shunday kunlarning birida jajji bolakay kaftidek…
**Mohi Ramazon tuhfasi
...DADAMGA AYTING...
Biz umid qilmasakda, xalq xizmatida paytimiz odamlar sanʼatimizdan minnatdorlik sifatida koʻngil tuhfasi oʻrnida kimdir gul, kimdir nimadir hadya etishardi... Lekin shunday kunlarning birida jajji bolakay kaftidek qogʻozdagi eng katta “hadya”ni qoʻlimga tutdi. Qogʻozda bor-yoʻgʻi toʻrttagina soʻz yozilgan edi: “Uyimizga qaytsin, dadamga ayting!”
Bolakayning soʻzlaridan toʻlqinlanib ketdim-u koʻzyoshlarim ila qalamimni qoʻlga oldim. Ramazon tuhfasi sifatida bolakayning nomidan bitilgan satrlarimni uyidan ketib qolgan otalarga ilindim.**
Bir parcha qogʻozga tilagim yozdim,
Yoʻq, maktub yozmadim, yuragim yozdim.
Jajji bir armonim — ertagim yozdim,
Iltimosim, oʻqing, olamga ayting,
Uyimizga qaytsin, dadamga ayting!
Kimlarning uyida har kun toʻy boʻlar,
Koʻchasidan oʻtsam koʻnglim bir toʻlar...
Kimlarning uyida alamlar kular...
Diydalari qotgan odamga ayting,
Uyimizga qaytsin, dadamga ayting!
Kulishni unutgan ukamning koʻzi,
Qizgʻaldoqdek soʻlar singlimning yuzi.
Toshlarga toʻldiku onamning boʻgʻzi...
Oyoqyalang umr yoʻlimda dayding,
Uyimizga qaytsin, dadamga ayting!
Mehrsiz yashnagan yerni kim koʻrgan,
Otasiz ot mingan erni kim koʻrgan,
Jahonni titratgan sherni kim koʻrgan?!
Lek ulgʻayib qolar goʻdaklik payti...
Uyimizga qaytsin, dadamga ayting!
Rasmiga termilib qarab qolaman,
Onamga bildirmay yigʻlab olaman...
Bolasin yigʻlatmas OTA boʻlaman!
Ota-ona ekan yurakning bayti,
Uyimizga qaytsin, dadamga ayting!
Ot mindirib qoʻydi xudo zoʻrlarga,
Dunyoni talashgan dunyoxoʻrlarga.
Qarang, toʻlib ketdi koʻcha koʻrlarga...
Sinovlarda sinmang, shaytonga “hay” deng,
Uyimizga qaytsin, dadamga ayting!
Lochin aka, sizga savol havola:
Olam kularmikan, kulmasa bola?
Baland togʻ tik tursa soʻlmagay lola...
Haliyam kech emas, siz, “ortga qayt”, deng,
Uyimizga qaytsin, dadamga ayting!
✍️Lochin ELMUHAMMAD
31-mart 2024-yil
????????
https://t.me/Lochin_ELMUHAMMAD_ijodi
Official Telegram channel of DJSOOL
.
.
.
.
ADMIN: https://telegram.me/DJSOOL
owner : @beruang
list admin : t.me/REKBER_POCHITA/1084
contact : @REKBER_POCHITA_BOT
list big testi : @BIGTESTIPOCHITA
testi : @TESTIREKBER_POCHITA 38k+
lpm : @LPM_JUALAN_NKS
kritik/masukan : @diphrajeshabot
since : 23 mei 2023
Last updated 1 month, 4 weeks ago