Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 2 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Kitobni o’qib, ilm yo’lini oson emasligi, qiyinchiliklar bo’lishi shu qatorda undagi yaxshiliklar, quvonch, ilmli insonni hurmati va albata ilmsizlik oqibati, hayot yo’li, maqsad qo’yib intilish, hayotdagi turli sinovlarga chalg’ish, asl maqsadni esdan chiqarish, safardagi omonatni hayoldan chiqarish, va turli xildagi sinov, hayot yo’llari haqida yozilgan. Hikoyalar, amaliy misollar ko’p va qiziq.
Kitobni boshi chiroyli boshlangan, lekin o’rtasidan voqealar nega unaqa bo’layotgani tushinarsizdek. Lekin ohirgi 20 beti mani nazdimda shox asarlardek yozilgan, butun asarga yaxshi xulosa berilgan.
Va albata biz barimiz yo’ldamiz, har birimizning vazifamiz mavjud. Lekin uni esdan chiqarish oqibati, turli xildagi yo’llarda yuramiz. Bizga berilgan omonat albata so’ralishi doim yodimizda bo’lishi keraklgini xulosa qilib chiroyli misol bilan yozilgan.
#1
05.01.2025
23:56
«Haq bo‘lsangiz ham ota-onangiz bilan tortishmang. "Birrul volidayn" – bu otangiz yoki onangizning boshini o‘pib qo‘yishgina emas. Bu bilan ularning roziliklarini oldim deb ham o‘ylamang.
"Ota-onaga yaxshilik qilish" degani, ularni baxtiyor qiladigan narsani amalga oshirishga shoshilish hamda ularni xafa qiladigan narsadan yiroq bo‘lishdir».
Doktor Ahmad Iso Ma’soraviy
Hozirjavoblik san’ati
Semiz ayol avtobusga chiqqan edi, yo‘lovchilardan biri baqirib qoldi: men bu avtobusni fillarni tashish uchun maxsus ekanligini bilmabman.
Ayol bosiqlik bilan javob berdi: adashdingiz janob, bu avtobus huddi Nuh alayhissalomning kemasi kabi, unga fil ham eshak ham minaveradi.
Mashhur yozuvchi Bernard Shouga boshqa bir yozuvchi gap qotdi: siz mol-dunyo topish uchun yozasiz. Men esa, izzat va sharaf uchun yozaman. Shuning uchun men sizdan afzalman.
Bernard Shou unga hozirjavoblik bilan dedi: to‘g‘ri aytasiz, kimga nima yetishmasa o‘shani axtaradida.
Johiliyat davri shoiri Bashor ibn Burdning ko‘zlari a’mo edi. Bir kuni unga bir kishi: Alloh taolo bir odamni ko‘zini ko‘r qilgan bo‘lsa, unga boshqa narsani evaz qilib beradi. Sizga nimani evaz qilib bergan?-deb so‘radi istehzo ila. Bashor hozirjavoblik ila: senga o‘xshaganlarni ko‘rmasligimni evaz qilib berdi, dedi.
Bir a’mo kishi uylandi. Unga xotini: agar meni ko‘rganingizda edi, naqadar oqbadan, naqadar go‘zalligimni ko‘rib taajublangan bo‘lardingiz, dedi. Shunda eri: agar aytganingdek bo‘lganingda edi, ko‘zi ochiqlar seni menga qoldirmagan bo‘lar edi, debdi.
Shoir Mutanabbiyni hijolatga qo‘yish uchun bir kishi unga: men sizni uzoqdan ko‘rib ayol kishimi debman, debdi. Mutanabbiy unga javoban bosiqlik bilan: men esa, sizni uzoqdan ko‘rib erkak kishi deb o‘ylabman, debdi.
Qabih bir ayol bir kishiga qarab: agar sen meni erim bo‘lganingda qahvangga zahar solib bergan bo‘lar edim, debdi. Erkak unga javoban: agar men seni ering bo‘lganimda o‘sha qahvani ichishga bir lahza ham taraddudlanmagan bo‘lar edim, debdi.
Britaniya sobiq bosh vaziri Cherchill oriq Bernard Shouga qarab: sizni ko‘rgan odam Britaniyada oziq-ovqat taqchilligi muammosi bor ekan, deb o‘ylaydi, debdi. Bernard Shou semiz Cherchillga javoban: sizni ko‘rgan odam esa, o‘sha muammoning sababini tushunib oladi, debdi.
Bir kuni Jaho bir qishloqqa borsa o‘sha qishloq aholisidan biri unga: Ey Jaho, men sizni mana bu eshagingizdan tanibman, deb gap qotibdi. Zukko Jaho unga javoban: ha, odatda eshak eshakni taniydida, debdi.
Bir kishi bir ayolga qarab: eh naqadar go‘zalsiza!-debdi. Ayol erkakka: agar siz ham go‘zal bo‘lganingizda, sizga ham o‘shanday maqtov aytgan bo‘lar edim, debdi. Shunda erkak: hechqisi yo‘q, menga o‘xshab yolg‘ondan aytavering, debdi.
Alisher Navoiy hazratlari 4 yoshida Mantiq ut-tayr kitobini o'qishni boshlagan bo'lsa, ushbu baytlarni o'qib qanday tushungan ekanaa.
Abiturientlik davrida Adabiyot darsliklarida ushbu Alisher Navoiyning yoshlikida 4 yoshida ushbu kitobni boshlab 6 yoshida to'liq yodlab olgani, ota-onasi esa undan qo'rqib ketib kitobni olib qoygani haqida o'qib kitob yosh bola oqidigan kitob deb oylagandik. Korib turganizdek, kitob butkul boshqacha. Biz 2 3 marta oqib keyin manosini tushinvomiz. 4 yoshlarida ushbu jumlani oqib qanday tushungan ekanlara.
Mana buni Buyuklik desa boladi.
BIR ERKAKNING MA’SHUQASIDAN AYB TOPGANI
Bir sheryurak, dushmanlar dodini beradigan er kishi bor edi, bir necha yil bir ayolga oshiq bo‘lib yurdi. Ul ayolning bir ko‘zida tirnoq uchiday kichkina oq nuqtasi bor edi. Ayolga ko‘p marta diqqat bilan qaragan bo‘lsa ham bu oqlikdan erkak bexabar edi. Oshiq boshi ishq shavqi qiyomida yor ko‘zining aybini ilg‘armidi? Bir vaqt erkakning ayolga nisbatan ishqi kamaydi, oshiqlik dardiga darmon topilganday, ayolga bo‘lgan muhabbatida nuqson paydo bo‘ldi. Ayolga boshqacha qo‘z bilan qaraydigan bo‘ldi shekilli, uning ko‘zidagi oq dog‘ni ilg‘ab qoldi. U ayolga dedi:
- Ko‘zingdagi oq dog‘ qachon paydo bo‘ldi? Ayol dedi:
- Sening muhabbating kamaygan kundan beri shunaqa bo‘ldi. Senda ishqaro nuqson paydo bo‘lgach, mening ko‘zimda ham shu sabab nuqson paydo bo‘ldi. Ko‘nglingda vasvasadan ming g‘avg‘o bor. Avval o‘z aybingni ko‘r, ey ko‘ngil ko‘zi basir odam! Qachongacha boshqalardan ayb qidirasan, o‘z yoqangni hidlab, o‘z aybingni qidirsangchi. O‘z aybing o‘zingga ayon bo‘lib, og‘irligini sezsang, boshqalar aybiga parvo qilmaydigan bo‘lasan.
"Mantiq ut-tayr"dan.
Jahonni anglasam, hech kimsaga vafosi yo‘q,
Ajal kelsa, olur joning aningkim, oshnosi yo‘q.
Agar dunyo vafo qilsa, nabiylarga qilur erdi,
Olur joningni qo‘ymasdin, bo‘lak bir muddaosi yo‘q.
Kishikim pir etogin tutmayin, betavba ketsanglar,
Qiyomat kun qayon bormoqlarig‘a rahnamosi yo‘q.
Xudoga bandalik qilg‘on saharlar, uxlamas tunlar,
Dilida xavfi yo‘qlarning, biling, zikru sanosi yo‘q.
Yetimlar ko‘nglini ovlang, alarga bermangiz ozor,
Yomon so‘z birla og‘ritmang, Xudoyimning rizosi yo‘q.
Kimikim kirsa shayton yo‘lig‘a, iymoni yo‘q beshak,
Alar iblis qavmidur, bo‘lak bir peshvosi yo‘q.
Hamisha yig‘lagin, ey tolibo, ko‘zdan to‘kib qonlar,
Xudoning shavqida to‘kkin ko‘zingdin yosh riyosi yo‘q.
Faqirlarni ikki olamda Payg‘ambar suyar ermish,
Gʻariblarning dilida ushbu dunyoning havosi yo‘q.
Bu olam xalqiga har kim nasihat qilsa, yoqmaydur,
Necha bema’nilar aytur: «Haziniyning mazosi yo‘q».
Ilm nurdir, johillik zulmatdir. Ilm Paygʻambarlarning merosi, mol-dunyo firʼavn va qorunlarning merosi.
Ahmoq bilan do'st bo'lishdan saqlan, u senga foyda qilishni istab zarar keltiradi.
Nokas bilan do'st bo'lishdan saqlan, zero u senga eng kerakli damda yordamini bermaydi, qochadi.
Yomonlik qiluvchilar bilan do'st bo'lishdan saqlan, zero u seni odiy masalarda sotib ketadi.
Yolg'on bilan do'st bo'ishdan saqlan, zero u sarob kabidir, uzoqni yaqin qilib ko'rsatadi, yaqinindagi uzoqlashtiradi.
“Agar siz o‘zingizni har tomonlama mukammal deb hisoblasangiz, demak siz hech qachon mukammal bo‘lmagansiz”
Krishtianu Ronaldu, futbolchi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 2 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago