✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍

Description
• Fikrlar
• Tahlillar
• Iqtiboslar
• Ommabop badiiy asarlar
• Qiziqarli viktorina savollari
Bog'lanish uchun
@ulugbek_jamolidinov
Reklama va hamkorlik https://t.me/fikrat_reklama
Advertising
We recommend to visit

Murojaat uchun: @Timur_Xoshimov

Last updated 1 week ago

Admin: @Grishka174 (По поводу бесплатных ключей НЕ ПИСАТЬ! Лично каждому не выдаю!)

Chat: @chatkeysnod32

Last updated 1 year, 6 months ago

🌟Owner: @AMYyt

🔞CHANNEL DISKUSI:
@AMYYTGROUP

❤️TESTI PEMBELIAN CHEAT:
@AMYytbtestimoni

🤖CHANNEL STORE AKUN:
@AMY_STORE

⚠️BUKAN PERTAMA
TAPI PEMAIN LAMA⚠️

Last updated 2 days, 7 hours ago

3 days, 11 hours ago

#kechki_mutolaa

Buyuk prezident - buyuk etikdo’zning o’g’li. Real voqea.
Avraam Linkoln, oddiy bir etikdo’zning o’g’li Amerika Qo’shma Shtatlarining prezidenti bo’lib qoldi.

Tabiiyki, barcha zodagonlar juda xavotirga tushdi, g’azablandi, bezovta bo’ldi.

Faoliyatining birinchi kuni u senat oldida qasamyod qilmoqchi bo’lib endi o’rnidan turmoqchi edi hamki zodagonlardan biri o’rnidan turib shunday dedi: - Janob Linkoln, to’satdan qandaydir bir hodisa tufayli prezident bo’lib qolsangiz ham, shuni esingizdan chiqarmangki, qachonlardir siz otangiz bilan mening uyimga, oilam vakillarining poyafzalini tuzatishga kelib yurgansiz. Bu yerda otangizning poyafzalini haligacha kiyib yurgan ko’plab senatorlar bor, shuning uchun o’z ildizlaringizni aslo unutmang.
Avraam Linkoln bir zum o’ylab, pinagini buzmay sekin javob berdi:

- Mening otamni menga aynan Senat vakillari oldida qasamyod qilishimdan oldin eslatib qo’yganingiz uchun sizdan g’oyat minnatdorman. Otam chindan ham ajoyib inson edi, xaqiqiy san’atkor edi –hali hech kim bunday go’zal poyafzal qilmagan.

Men bilaman, nima qilishimdan qat’iy nazar, men hech qachon otam buyuk etikdo’z - poyafzal yaratuvchisi bo’lganiday buyuk prezident bo’la olmayman. Darvoqe, bu yerda hozir bo’lganlarning hammasiga shuni eslatib qo’ymoqchimanki, otam tomonidan yaratilgan poyfzalda ulg’aygan oila a’zolaringiz bo’lsa, men o’zim ham ushbu san’at tahsilini olganman. Men buyuk etikdo’z emasman, lekin hech bo’lmaganda poyafzalingizni tuzatib berish qo’limdan keladi. Menga xabar bersangiz bo’ldi, men sizning uyingizga kelaman.

Senat mutlaq sukunatga cho’mdi, senatorlar bu insonni kamsitib bo’lmasligini va u ijodkorlikka cheksiz ehtirom bilan qarashini tushunib yetgan edi.

Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat

3 days, 13 hours ago

#mutolaa_uchun

O‘tkir Hoshimov - “Dunyoning ishlari”

Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat

3 days, 13 hours ago

Xullas kitob yana mualliflik huquqi sabab o‘chirildi.
To‘g‘risi kimdir mualliflik huquqini talab qilib yutib chiqsa kami 100 mln jarima chiqadi. Man esa oddiy o‘qituvchiman. Buncha pul uchun 1 yil ishlashim kerak

1 week, 3 days ago
1 week, 3 days ago

#mutolaa_uchun

**Azamat Korjovov - “Musofir go‘dak qismati”. Birinchi qism

Obunachilardan so‘ralgan asar.**

Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat

1 week, 3 days ago
2 weeks, 3 days ago

#kechki_mutolaa

Daryodan o‘ta olmagan imom

Yaqin o‘tmishda, daryo bo‘yidagi qishloqlardan birida keksa va faqir kosib kampiri bilan umrguzaronlik qilarkan. Daryoning narigi tomonida bir bozor bo‘lib, juma kuni, ayniqsa, gavjum bo‘lar, atrofdagi ko‘p qishloqlardan xaridor va sotuvchilar kelishar ekan. Kosib chol ham o‘zi tikkan poyabzallarini sotish uchun ana shu juma bozorga borarkan. Daryoning narigi sohilidagi bozor cholning uyidan ko‘rinib tursa-da, ko‘prik yo‘qligi bois, uyidan ancha chaqirim naridagi sayoz kechuv joyiga borishga to‘g‘ri kelar, shuning uchun chol payshanba kuni kechasi yo‘lga chiqarkan. Olib kelgan poyabzallarini sotib bo‘lgach, juma namozini ado etib, uyiga otlanar va shanba kuni manziliga yetib kelarkan.
Shunday kunlarning birida chol narsalarini tezda sotib bo‘lib, jumaga bordi. Masjidga kirganida imom ixlos mavzuida mav’iza qilardi: «Muhtaram jamoat, ixlosda hikmat ko‘p. Kishi ixlos orqali nainki oxirat, balki shu dunyoning o‘zidayoq manfaat topadi. Misol uchun, ana shu daryodan ham chin ixlos bilan «Bismilloh»ni aytib, xavf-xatarsiz kechib o‘tish mumkin».
Bu gaplar hunarmand chol uchun bag‘oyat yaxshi yangilik bo‘ldi. U imomning aytganlarini shu bugun namozdan keyinoq amalga oshirishni ko‘ngliga tugdi. Qulog‘iga boshqa gaplar kirmas, nuqul endi yo‘li yaqin bo‘lishini o‘ylab quvonar, biroq lopillab oqayotgan daryodan kechib o‘tishni o‘ylaganida ko‘ngliga vahima oralardi.
Namozdan keyin odamlar tarqalgach, sekin imomning oldiga borib so‘radi: «Taqsir, nahotki «Bismilloh»ni aytib daryodan kechib o‘tish mumkin bo‘lsa?»
– Albatta, – dedi imom, – ixlosning xosiyati ko‘p. U bilan bundan ham ajoyib ishlarni qilsa bo‘ladi, faqatgina ixlosni qalbga mustahkam joylash muammo. Agar buning uddasidan chiqsangiz, daryoda xuddi yerdagidek yura olasiz.
Bu gaplardan keksa kosibning shubhasi tumanday tarqadi. Imomga chin dildan tashakkurlar aytib, daryo tomon yo‘l oldi. Qirg‘oqqa yetib kelgach, shimining pochasini ko‘tardi-da, «Bismilloh», deya suvga tushdi. Voajab! Haqiqatan ham u xuddi ko‘lmakdan kechayotgandek bemalol yurardi.
Uyiga birinchi marta juma kunining o‘zida qaytdi. Kampiri bundan hayron bo‘lib, sababini so‘radi. Chol bo‘lgan voqeani birma-bir hikoya qilib berdi. Hayratdan yoqasini ushlab qolgan kampir xayoliga kelgan fikrni eriga aytdi:
– Xo‘jayin, o‘sha ilming ziyoda bo‘lgur imom-domlani bir mehmonga chaqirsak, nima deysiz?
– Juda yaxshi o‘ylabsan, xotin, kelasi juma, Xudo xohlasa, albatta olib kelaman. Sen tayyorgarligingni ko‘raver.
Kelishilgan kuni kosib chol savdoni yakunlab, jumani o‘qigach, imomni uyiga taklif qildi, birgalashib qirg‘oqqa kelishdi.
– Domla, o‘zingiz o‘rgatgandek shu yerdan kechib o‘tamiz-da. Bilasiz, sayoz kechuv joyi juda uzoqda.
Chol shunday deya o‘tgan galgidek bamaylixotir suvga tushib keta boshladi. Bir mahal ortiga o‘girilib qarasa, imom hali ham qirg‘oqda turibdi.
– Ha, taqsir, nimani kutyapsiz, yuring, – dedi chol hayratlanib.
Imom shunday javob qildi:
– E yo‘q, siz yuravering, men o‘sha kechuvdan boraqolaman.

Mohidil Faxriddin hoji qizi

Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat

2 weeks, 3 days ago

**Mixail Bulgakov- “Usta va Margarita”

So‘ralgan asar.**

Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat

2 weeks, 3 days ago

​​Oltindek qimmatli fikrlar

*— Bir xil harakatni takrorlayverib, undan har xil natija kutish aqlsizlikdir.

— Harakatsizlikning asosiy sababi fikrlamaslikdir.

— Iste’dodsiz bola yo‘q, e’tiborsiz ota-onalar bor, xolos.

— Kitob o‘qish fikrlashga o‘rgatadi.

— Atrofimizda sizdan ham fazilatli odamlar borligini unutmang.

— Rahbarning obro‘si uning shaxsiy ibratidadir.

— Johillik ilmsizlikdan, boshqalarning qalbini, fikrini, qadrini bilmaslikdan boshlanadi.*

Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat

3 weeks, 2 days ago

Ikki juft paypoq

Ota o‘g‘liga ikki maktub qoldirdi: "Birini vafot etgan kunim och, ikkinchisini dafn etganingdan keyin", deb vasiyat qildi. Vafot etgach o‘g‘il ilk maktubni ochdi. Xatda: "O‘g‘lim sendan bir istagim bor: meni paypoqlarim bilan ko‘m".

Imom uning yalinib-olvorishiga qaramay, bu talabni qabul qilmadi. Marhumni istar-istamas paypoqsiz ko‘mdi. Dafn marosimi tugagach, o‘g‘il ikkinchi xatni ochdi: "Qara o‘g‘lim, bir juft paypoqni ham o‘zim bilan olib ketolmadim".

Rashod Nuri Guntegin

Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat

We recommend to visit

Murojaat uchun: @Timur_Xoshimov

Last updated 1 week ago

Admin: @Grishka174 (По поводу бесплатных ключей НЕ ПИСАТЬ! Лично каждому не выдаю!)

Chat: @chatkeysnod32

Last updated 1 year, 6 months ago

🌟Owner: @AMYyt

🔞CHANNEL DISKUSI:
@AMYYTGROUP

❤️TESTI PEMBELIAN CHEAT:
@AMYytbtestimoni

🤖CHANNEL STORE AKUN:
@AMY_STORE

⚠️BUKAN PERTAMA
TAPI PEMAIN LAMA⚠️

Last updated 2 days, 7 hours ago