Unlock a World of Free Content: Books, Music, Videos & More Await!

Pharmacology.uz

Description
Ушбу каналда фармакологияга оид материаллар ва дорилар хакида
маълумотлар бериб борилади.

Хамкоримиз: @Hd_Reklama_Agentlik

👨‍⚕️ Мурожаат учун: @Bekhzod_Usmonov
Advertising
We recommend to visit

✅ Бирор бир маҳсулотга буюртма бермоқчи бўлсангиз @SOTUVCHll га ёзинг!

Last updated 9 months, 1 week ago

Ваҳиманинг ўзи ярим касалликдир.
Ҳотиржамлик ярим соғликдир.
Сабр эса шифонинг бошланишидир...

Абу Али Ибн Сино

Каналда берилаётган маълумотларни шифокор маслаҳати билан қўлланг!

Реклама: @Dr_Ergashoff

Тиббий саволлар учун: @Tibbiyot_aloqabot

Last updated 1 month, 1 week ago

Сизнинг соғлиғингизга ғамхўрлик қиладиган шифокорлар жамоаси. Тиббиёт ҳақида оддий сўзлар билан.

🧑‍⚕️Каналда берилган маълумотларни шифокор маслахати билан қўлланг!

Reklama👉 @activus_reclama

Last updated 3 days, 10 hours ago

6 days, 12 hours ago

📣 Maks Academy o'quv markazi

🔤🔤🔤🔤🔤
*🔤*🔤*🔤*🔤*🔤*🔤*🔤*🔤*🔤
*kurslariga qabul e'lon qiladi.
*📎 Darslar Ustozimiz "Maks Academy" o'quv markazi va Dr.Maks kardio klinikasi asoschisi, yuqori malakali kardiolog MAKSUD SHARIFOVICH TAIROV, hamda tajribali o'qituvchilar* Jonibek Panjiyev va Suhrob Toshpo'latov tomonidan onlayn ko'rinishda telegram va zoom platformalarida olib boriladi.
✔️Darslar IYUN oyidan boshlanadi
✔️Dars soni 24 ta*✔️*Davomiyligi 2 oy*✔️*25 yillik amaliy tajriba*✔️*Evropa kardiologlar jamiyati tavsiyalari va chet adabiyotlari asosida
💬 Online muloqot*🔤*-guruh Dushanba-Chorshanba-Jum’a*🔤*-guruh Seshanba-Payshanba-Shanba

🌐Sahifalarimizga a'zo boʻling va manbalar bilan tanishib oling 👇Telegram | You Tube / Instagram
👨‍💻*Ro’yxatdan o’tish va batafsil ma’lumot uchun 👇*@manager_Maks_Academy va @Jonibek_Abdumajidovich

https://t.me/Shifokor_Jonibek_Panjiyev

SHOSHILING O'RINLAR CHEGARALANGAN!!!

1 week, 4 days ago

#Magniy B 6 tabletkasi 

💊DORI SHAKLI : tabletka

💊TARKIBI : 📝
Faol moddalar: magniy laktat digidrati – 470 mg, piridoksin gidroxloridi – 5 mg
Yordamchi moddalar: saxaroza, ogʻir kaolin, akatsiya yelimi, karboksipolimetilen 934, talk (magniy gidroksilikati), magniy stearati, karnaub mumi (kukun), titan dioksidi.
Tabletkadagi magniy (Mg2+) ning umumiy miqdori 48 mg (1,97 mmol) ni tashkil qiladi.
💊TA'SIRIGA KO'RA 👇
Vitamin mineralli majmua

TA'SIR QILISH MEXANIZMI QANAQA ⁉️
Magniy asosan xujayra ichki kationi hisoblanadi. U neyronlarning qoʻzgʻaluvchanligini va qoʻzgʻ'alishni nerv-mushak boʻylab oʻtkazilishini pasaytiradi, Koʻpchilik fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi. Magniy aʼzolar va toʻqimalarning muhim elementi hisoblanadi: suyak toʻqimasida odam organizmidagi magniyning umumiy miqdorini yarmi saqlanadi.
💊QO'LLANILISHI 👇
 -- Asabiylik, taʼsirchanlik, kuchsiz xavotirlik, oʻtkinchi toliqish, uyquni biroz buzilishida .
– Meʼda-ichak spazmlari, yurakni tez-tez urishi (sogʻlom yurakda) shaklidagi bezovtalik koʻrinishlarida.
– Mushak tirishishlari, sanchilish hissi bo'lganda.
-- Epilepsiya xurujidan keyingi holatlarda qo'llash mumkin. 
-- Magniy organizmda yetishmovchiligida qo'llash mumkin.
-- Uyqusizlikda qabul qilish yaxshi samara beradi.
💊QABUL QILISH DOZASI 👇
Kattalar kuniga 2 - 3 tabletka qabul qilishlari mumkin. Maksimal qabul qilish kunlik dozasi 6 - 8 tabletkagacha .
6 yoshdan kichkina bo'lgan bolalarga magniy preparatini qabul qilish mumkin emas.
🚫NOJO'YA TA'SIRI 👇
-- Teri reaksiyalari va biroz holsizlik.
-- Qon bosimini tushishi kuzatilishi mumkin.
QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR 👇
-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda.
-- Organizmda magniy moddasi oshib ketganda mumkin emas.
-- 6 yoshdan kichik bo'lgan bolalarga mumkin emas.
-- Kalsiy va fosfor preparatlari bilan bir vaqtda mumkin emas.
-- Emizish davrida mumkin emas.
-- Qon bosimi past holatlarda mumkin emas.
-- Diareya holatlarida mumkin emas.
Magniy B 6 ni suyuq shakli ham bor.
Magniy B 6 ni homiladorlik davrida qabul qilish mumkin. Lekin emizish davrida qabul qilish buyurilmaydi. 
Magniy B6 ni kalsiy va fosfor preparati bilan bir vaqtda qabul qilish kerakmas , sababi magniyni ichaklardan so'rilishini kamaytiradi.
Magniy B 6 va magniy tarkibli preparatlar qon bosimini tushiradi. Shu sabab qon bosimi past bo'lganda mumkin emas. 
Magniy B 6 preparatini qabul qilish davomiyligi 1 oy. Undan keyin orada ancha tanaffus qilib qo'llagan ma'qul. Sababi organizmda magniy ko'payib ketishi ham yaxshi emas .
Muskullar titrashi ham magniy yetishmovchiligi sabab kuzatilishi mumkin.
Mg yetishmovchiligi kaliy miqdorini pasayishiga olib keladi, bu o‘z navbatida yurak ishiga ta’sir qiladi va yurak ritmi kamayadi.
Mg yetishmovchiligi ta’sirida odamda kayfiyat tushib ketadi, depressiya ko‘proq moyillik paydo bo‘ladi.
Magniy B 6 va magniy tarkibli preparatlarni spazmolitik vosita sifatida homiladorlikda buyurish mumkin.
Magniy organizmda kamaysa bosh og'rig'i, uyqusizlik, ishtaha pasayishi , tomir tortishishi , qabziyat va qorin dam bo'lishi kabi holatlar kuzatiladi.
Magniy B 6 ni va magniy tarkibli preparatlar ichni surish xususiyatiga ega. Shu sabab qorin dam bo'lganda va qabziyatda qabul qilish mumkin. Lekin diareyada qabul qilish buyurilmaydi. 
Magniy preparatlari yana yurak qon tomir tizimiga yaxshi ta'sir qiladi. Tomirlarda qon ivib , tromb hosil bo'lishini oldini oladi ma'lum miqdorda. 
💉Qo'llash -- retseptsiz
💉Ishlab chiqaruvchi -- Fransiya , Uzbekistan.

1 week, 5 days ago

🚨 Yalligʻlanishga qarshi dori vositalari.

@Pharmacology_uz

2 weeks, 2 days ago

Loperamid tabletkasi

💊DORI SHAKLI 👇
 2 mg dozali tabletkalar
💊TAʻSIRIGA KO'ʻRA 👇
Diareyaga qarshi vositalar.
💊TA'SIR QILISH MEXANIZMI 👇
Ichakning sillik mushaklarining tonusi va xarakatlanishini pasaytiradi. Ichakning opiat retseptorlari bilan boglanishi va atsetilxolin va prostaglandinlarning ajralib chikishini susaytirishi xisobiga, peristaltikani sekinlashtiradi ichakning axlat massalarining tutib turilishiga yordam berib va ich kelishiga kistovlarni kamaytirib, anal sfinkterining tonusini oshiradi.
Ichakdan oson suriladi. Surilish kattaligi - 40%. Maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti -5-8.5 soat. Tasiri tez boshlanadi va 4-6 soat davom etadi. Plazma oksillari bilan bogʻlanishi- 97%. Jigarda konyugatsiya yoʻli bilan deyarli tulik metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 9-11 soatni tashkil kiladi. Asosan axlat bilan chiqariladi. Preparat gematoensefalik tusiq orqali oʻtmaydi.
💊QOʻLLANILISHI 👇
Turli allergik, emotsional, dori, nurlanish ovqatlanish tartibi va ovqatning sifat tarkibini oʻzgarishi, metabolizm va soʻrilishni buzilishida. infeksion diareyada yordamchi vosita sifatida. Oʻtkir va surunkali diareyani simptomatik davolash. Ileostomali bemorlarda ich kelishini (axlatning miqdori va xajmini kamaytirish, xamda unga kattiqrok konsistensiya berish) boshqarishda qoʻllanadi.
💊QOʻLLASH USULI VA DOZALARI 👇
Ichga qabul qilinadi. Kattalar kuniga bir qabulda 2 ta tabletkadan 2 - 3 mahal qabul qilishi mumkin. 
    6 yoshdan katta bolalarga oʻtkir diareyada dastlab 1 tabletka buyuriladi va keyin oshirilishi mumkin. Bolalar uchun maksimal sutkalik doza 2 - 3 tabletka . Ich kelishi meʼyorlanganida, 12 soatdan ortiq ich kelmaganida yoki qorin dam bulganida preparatni bekor qilish kerak.
🚫NOJOʻYA TAʻSIRI 👇
Nojo'ya taʼsirlari, odatda preparat uzoq muddat qabul qilinganida kuzatiladi. Bosh ogrigi, qorin  soxasida ogʻriqlar va diskomfort, ogizni qurishi, allergik reaksiyalar (teri toshmalari) bolishi mumkin. Kam xollarda uyquchanlik yoki uyqusizlik, bosh aylanishi, ichak spazmlari, koʻngil aynishi, qusish, qabziyat, meteorizm, juda kam xollarda ichak tutilishi kuzatiladi.
QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR 👇
Ichak tutilishi, oʻtkir dizenteriya , keng taʼsir doirasiga ega antibiotiklarni qabul kilish oqibatida paydo bo'lgan oʻtkir yarali kolit va soxtamembranoz kolit, xomiladorlik va enizish davrida mumkin emas.  3  yoshgacha boʻlgan bolalar, preparatga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
💉Qo'llash -- retseptsiz
💉Ishlab chiqaruvchi -- Uzbekistan , Rossiya.

@Pharmacology_uz

2 weeks, 2 days ago

👉 Farmakologiya. Farmakodinamika 🔥****
🔗https://youtu.be/mh9YVlYtUNQ?si=rHf5AEp-d9w70zVG

Bizni kuzatishda davom eting!
🔵 Telegram | 🟥 You tube

YouTube

🖇Farmakologiya. Farmakodimamika

***👨‍⚕️***Lektor: A'zamjon Bozarov ***➡️***Telegram sahifamiz: https://t.me/doctors\_team ***⚡️***Online kurslar:https://t.me/online\_course\_feedback #doctorsteam #first\_aid #k...

2 weeks, 2 days ago

#pharmacology💊#usmle#ppt

🔥FARMAKOLOGIYA🔥

➡️ Mavzu: Farmakodinamika

Do'stlaringizga ham ulashing🚀🚀 🚀

Bizni kuzatishda davom eting!
🔵 Telegram | 🟥 You tube

2 weeks, 3 days ago
Pharmacology.uz
2 weeks, 3 days ago

Pharmacology.uz:
Нормодокс.
Qõllash mumkun bölmagan holatlar.
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda.
– Yopiq burchakli glaukomada mumkin emas.
– Prostata bezining adenomasi, siydikni tutilishida.
– Meʼda va oʻn ikki barmoq ichakning yara kasalligida mumkin emas.
– Yurak ishemik kasalligida qoʻllash mumkin emas.
MASLAHAT

Normodoks preparati allergiyaga qarshi va uxlatuvchi ta'sirga ham ega. Shu sabab kunlik qabul dozasi 1 - 2 tabletkagacha.

Normodoksni yana homiladorlik davrida toksikoz holatlarida ham buyuriladi.  Yaxshi samaraga ega. Homiladorlikning erta toksikozlarida qabul qilish mumkin. Toksikoz holatini hammamiz bilamiz , homilador ayolda ko'ngil aynib ,qayt qilish ko'payib ketishi va uzoq davom etishi kabi holatlar bilan aks etadi.
Maslahat shuki , homiladorlikning birinchi 3 oyligida metoklopramid tarkibli ( serukal , serukglan kabilar kiradi ) vositalarni qabul qilgandan ko'ra normodoksni qabul qilgan ancha yaxshi.
💉Qo'llash -- retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi -- Hindiston , Uzbekistan

@Pharmacology_uz

3 weeks ago

ҲУШДАН КЕТИШ

ХКТ-10.R 55

◾️Таърифи. Ҳушдан кетиш қисқа муддат ҳуш йўқотиш ва постурал тонус
бузилиши, юрак-қон томир ва нафас фаолияти бузилиши билан характерла-
нади.
◾️Патогенез.Ҳушдан кетиш –аноксия патогенези ишемик ва асосан пара-
симпатик ёки симпатик таъсирларнинг етишмовчилиги фонида мия қон айла-
нишининг ўткир юзага келадиган етишмовчилиги билан белгиланади.
◾️Таснифи. Патогенезнинг ўзига хослигидан келиб чиққан ҳолда қуйи-
дагиларга ажратилади:
1. Нейроген:
– рефлектор:
а) вазовагал, б) синокаротид, в) ситуацион, г) ортостатик.
– эмоциоген,
– ассоциатив,
– дисциркулятор,
– дезадаптацион.
2. Соматоген:
– кардиоген,
– анемик,
– гипогликемик,
– респиратор.
3. Экстремал:
– гипоксик,
– гиповолемик,
– интоксикацион,
– медикаментоз,
– гипербарик.
4. Кўп омилли синкоплар: бир нечта механизмлар таъсири комбинацияси-
нинг натижаси.
◾️Белгилари. Ҳушдан кетишнинг 3 даври мавжуд.
1-давр бир неча сониядан 1-2 дақиқагача давом этади. Бош айланиши,
кўнгил айнаши, кўз олдининг қоронғулашиши, қулоқ шанғиллаши, кучайиб
борувчи умумий ҳолсизлик ва ҳуш йўқотилиши юзага келади.
2-давр ҳуш йўқотиш, давомийлиги 6-60 сония. АБ пасайиши, кучсиз ла-
бил пульс, баъзан – брадикардия, юзаки нафас, тери қопламларининг рангсиз-
лиги, умумий мушак гипотонияси фонида ҳуш йўқотилиши билан характер-
ланади. Кўзлар ёпиқ, қорачиқлар кенгайган. Чуқур ҳуш йўқотишда бир қанча
клоник ёки тоник-клоник титраш, ихтиёрсиз бовул қилиш мумкин.
3-постсинкопал давр, бир неча сония давом этади: икканчи давр амнезия-
си билан ҳуш, ўзи, жой, вақт ва воқеага ориентация тикланади. Хавотирлик,
ифодаланган умумий ҳолсизлик, тахикардия, нафас тезлашиши билан кечади.
◾️Дифференциал диагноз. Дифференциал ташхислаш анафилаксия, ми-
окард инфаркти, ЎАТЭ, гипогликемия, эпилепсия, жазава, ички қон кетиш,
шунингдек, Моргань-Эдемс-Стокс ҳуружи билан ўтказилади.
❗️Диққат қилинг.
Биринчи навбатда беморни текширганда БМЖни истисно этиш зарур.
◾️Текширув баённомаси.Умумий клиник текширувлар: сўроқ қилиш,
анамнез йиғиш, физикал текширув, неврологик белгилар, МВБ, ЭКГ, қорин
бўшлиғи УТТ.
Қон ва пешобнинг умумий таҳлили.
Биокимёвий таҳлил: билирубин, ферментлар, мочевина, креатинин, оқсил
фракцияси, қондаги қанд, сут кислотаси, кетон таначалари миқдори, коагуло-
грамма, КАҲ, электролитлар.
Қўшимча равишда КТ ёки МСКТ.
◾️Диагноз мезонлари.
Диагноз анамнез, клиник белгилар: тахипноэ, тахикардия, рангсиз ва
нам тери, АБ, МВБ, пешоб ва капилляр тўлиш пасайишига асосланган ҳолда
қўйилади.
◾️Даволаш.
1. Жабрланувчининг ҳаёти учун хавфли бўлган ташқи омиллар: электр
токи, газ, олов ва бошқаларни бартараф этиш.
2. Бемор оёқларини кўтарган ҳолда горизонтал ҳолатда ётқизиш зарур.
3. Эркин нафас олишни таъминлаш: ёқа, делбоғни ечиш.
4. Юзга совуқ сув сепиш, ёноқларга уриб-уриб қўйиш.
5. Қўзғатувчи воситаларни (нашатир спирти, уксус) ҳидлатиш яхши ёрдам
беради.
6. Ҳушдан кетиш чўзилганида танани уқалаш, иссиқ грелка қўйиш; 1 мл
1 % мезатон эритмасини м/о ёкит/о 1 мл 10 % кофеин эритмаси; ифодаланган
брадикардияда т/о 0,5-1 мл 0,1 % атропин сульфат эритмаси тавсия этилади.
◾️Шифохонадан чиқишда тавсиялар. Яшаш жойи бўйича невропатолог,
терапевт назорати.
https://t.me/Shifokor_Jonibek_Panjiyev

3 weeks ago
We recommend to visit

✅ Бирор бир маҳсулотга буюртма бермоқчи бўлсангиз @SOTUVCHll га ёзинг!

Last updated 9 months, 1 week ago

Ваҳиманинг ўзи ярим касалликдир.
Ҳотиржамлик ярим соғликдир.
Сабр эса шифонинг бошланишидир...

Абу Али Ибн Сино

Каналда берилаётган маълумотларни шифокор маслаҳати билан қўлланг!

Реклама: @Dr_Ergashoff

Тиббий саволлар учун: @Tibbiyot_aloqabot

Last updated 1 month, 1 week ago

Сизнинг соғлиғингизга ғамхўрлик қиладиган шифокорлар жамоаси. Тиббиёт ҳақида оддий сўзлар билан.

🧑‍⚕️Каналда берилган маълумотларни шифокор маслахати билан қўлланг!

Reklama👉 @activus_reclama

Last updated 3 days, 10 hours ago