Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

Ta'lim Huquqi

Description
Murojaat uchun: @Talim_huquqibot
Advertising
We recommend to visit

• 𝐎'𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐞𝐧𝐠 𝐚𝐪l𝐥𝐢 𝐢𝐧𝐬𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫𝐢 💚
• 𝐎𝐝𝐝𝐢𝐲𝐥𝐢𝐤𝐝𝐚𝐧 𝐦𝐮𝐤𝐚𝐦𝐦𝐚𝐥𝐥𝐢𝐤 𝐬𝐚𝐫𝐢 𝐛𝐢𝐳 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠🤗

📈 Reklama xizmati: @reklamaland

Last updated 6 days, 14 hours ago

نقل الإخبار السياسية - الرياضية - الفنية - وكافة الإخبار الخاصة بالعراق
عدم التطرق لاي طائفية
عدم التطرق لأي امور دينية ومذهبية ونقاشاتها
العراق يجمعنا بالحب والسلام 🇮🇶
للتواصل عبر الخاص
@Thartharnews_bot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Al Madina FM Syria 101,5 FM
www.almadinafm.com

Last updated 2 days, 4 hours ago

5 days, 7 hours ago

⚡️Taʼlim krediti ajratishning yangi tartibi

Prezidyent farmoniga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan oliy va profyessional taʼlim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

⁃ oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi;

Taʼlim krediti:

⁃ oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda profyessional taʼlim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;

⁃ oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

❗️Bundan “Ijtimoiy himoya yagona ryeyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.

🎓 @Talim_huquqi

1 week, 1 day ago

⚡️Prezident maktablari uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan boshlanadiHujjatlar 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.
**Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Talabgorning:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);*
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari)* aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o’quvchi qabul qilinadi?
* Umumtaʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan oʻquvchilar Prezident maktablarining *5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.

Istalgan hududdagi Prezident maktabiga topshirsa bo’ladimi?

Yo‘q. O‘quvchilar faqat ta’lim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktab oʻquvchilari faqat Nukus shahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab oʻquvchilari esa faqat Andijon shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.

Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun o’quvchining baholariga qanday talab qo’yiladi?

Talabgorning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʻlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.

🎓 @Talim_huquqi

1 week, 3 days ago

⚡️SQB bankdan imtiyozli taʼlim krediti.

Kredit shartlari:
14 foizi (xotin-qizlarga foizsiz)
Muddati: o'qish davri + 7.5 yil
Miqdori: shartnomaga asosan
Imtiyozli davri: o'qish davri + 6 oy

Batafsil: https://sqb.uz/uz/individuals/credits/educational-credit-uz/

🎓 @Talim_huquqi

2 weeks, 3 days ago

*⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi.*

🎓 @Talim_huquqi

2 weeks, 3 days ago

#Bilasizmi | #imkoniyat

⚡️Ayrim yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari bir qismi qoplab beriladi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1.360.000 so‘m) miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida subsidiya ajratiladi. O‘qish xarajatlarining qolgan qismini ariza beruvchining o‘zi to‘laydi.

Asos: https://lex.uz/docs/-6051791#-6054488

🎓 @Talim_huquqi

3 weeks, 1 day ago

*Xotin-qizlar qayerlarda tekin o'qiydi?
* Batafsil: https://t.me/Talim_huquqi/3729

Prezident va nomli davlat stipendiyasini olgan talabalar qanday imtiyozga ega?
Batafsil: https://t.me/Talim_huquqi/3730

🎓 @Talim_huquqi

2 months, 1 week ago
***💐*** **Milliy urf-odatlarimiz, azaliy qadriyatlarimizni o'zida …

💐 Milliy urf-odatlarimiz, azaliy qadriyatlarimizni o'zida mujassam etgan qutlug' sana - Navro'z bayramingiz muborak bo'lsin! **Ushbu bahor ayyomi siz va oila a'zolalaringizga sog'lik, baxt va xotirjamlik olib kelsin.

Hurmat bilan @Talim_huquqi admini.**

2 months, 2 weeks ago

#Bilasizmi

⚡️Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlardan soliq olinmaydi.

🔔 Soliq kodeksining 378-moddasi 19.1 bandiga muvofiq, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.📝 Shuningdek, belgilangan shaklda tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlari portali orqali
(ijara.soliq.uz) hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.

Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi? Javob...

🎓 @Talim_huquqi

2 months, 2 weeks ago

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);

22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

23-mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

📃 Asos: 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni.

🎓 @Talim_huquqi

2 months, 2 weeks ago

#Bilasizmi

Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi?

📃 Qonunchilikka koʻra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovi Davlat byudjeti hisobidan, 60 foizdan ortgan taqdirda OTM mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda:

ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (340 ming soʻm), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (170 ming soʻmdan) oshmasligi lozim;

ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;

❗️OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
Manba: @imtiyozuz

🎓 @Talim_huquqi

We recommend to visit

• 𝐎'𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐞𝐧𝐠 𝐚𝐪l𝐥𝐢 𝐢𝐧𝐬𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫𝐢 💚
• 𝐎𝐝𝐝𝐢𝐲𝐥𝐢𝐤𝐝𝐚𝐧 𝐦𝐮𝐤𝐚𝐦𝐦𝐚𝐥𝐥𝐢𝐤 𝐬𝐚𝐫𝐢 𝐛𝐢𝐳 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠🤗

📈 Reklama xizmati: @reklamaland

Last updated 6 days, 14 hours ago

نقل الإخبار السياسية - الرياضية - الفنية - وكافة الإخبار الخاصة بالعراق
عدم التطرق لاي طائفية
عدم التطرق لأي امور دينية ومذهبية ونقاشاتها
العراق يجمعنا بالحب والسلام 🇮🇶
للتواصل عبر الخاص
@Thartharnews_bot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Al Madina FM Syria 101,5 FM
www.almadinafm.com

Last updated 2 days, 4 hours ago