Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

K. N. H. | filologiya |

Description
K.Hakimov kursi
Advertising
We recommend to visit

For-paid - @king9lucifer
💯 TARGET 150K🎯

💯 FULL HD & FULL SCREEN Status🤩🌈

💯 Without loosing quality ✔️

💯 Vertical & Horizontal video's
By ads

https://telegra.ph/Rulea-for-subscriber-04-09

https://telega.io/c/BEST_STATUS_VIDEO_4K_HINDI

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Rapper , songwriter

Last updated 2 months, 1 week ago

ئایدی مودیری کاناڵ👈👈👈



جوانترین کلیپی کوردی گۆڕانی ڕەسەن
له باغی گوڵان ببینن




@ayoub_63

Last updated 5 months, 3 weeks ago

2 weeks, 2 days ago

URG‘U MAVZUSIDA BULAR JUDA MUHIM:
1. So'z urg‘usi Tovushga, Gap urg‘usi gapning oxiridagi Kesim oldidagi So'zga tushadi;
2. Undosh tovushga hech vaqt urg‘u tushmaydi;
3. So'z urg‘usi Fonetikada, Gap urg‘usi Sintaksisda o'rganiladi;
4. Differensial yozuv qonuniyatlariga ko'ra omonimlar so'zlarning katta qismi Urg‘u yordamida ham farqlanadi: "olma, surma, tortma, tugma" so'zlarida urg‘u OXIRGI bo‘g‘inga tushsa, bu so'zlar OT turkumiga mansub: qizil olma. Agar urg‘u Oldingi bo‘g‘inga tushsa, FE'L turkumiga mansub bo'ladi: kitobni olma.
Yoki "ezma, qaynatma, burama, aylanma" so'zlarida urg‘u OXIRGI bo‘g‘inga tushsa, bu so'zlar SIFAT bo'ladi: aylanma yo'l, burama ko'ylak.
Agar oxirgidan BITTA OLDINGI UNLIga tushsa, ular FE'L turkumiga oid bo'ladi: Dor atrofida ayla`nma...
"hozir, yangi, toza" so'zlarida urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushsa, SIFAT bo'ladi: toza (pok) kiyim.
Agar oldingi bo‘g‘inga tushsa, RAVISH bo'ladi: toza(juda) charchadi.
5. Quyidagi birliklar URG‘U OLMAYDI:-ma/-cha/-ona/-di/-la/-ov/-ova/-eva/-ta/-tacha/-man/-miz/-san/-siz/-dir, ko'makchilar, qo'shimcha yiklamalar urg‘u olmaydi. Bu shakllarning ayrimlari omonimlik xususiyatiga ega bo'lib, urg‘u olishi ham mumkin: "- cha" affiksi o'rnida "kichkina" so'zi qo'yish mumkin bo'lsa, "-cha" urg‘u oladi: shalpangquloq filcha(kichkina fil).
Agar "cha" o'rnida "-dek" shakli qo'yilsa, "-cha" ravish yasovchi bo'lib, bu paytda urg‘u olmaydi: Uning filcha(fildek) kuchi bor.

2 weeks, 2 days ago

BO‘G‘IN..
~Fonetikada o'rganiladi;
~Bo‘g‘in ko'chirish qoidalari esa Orfografiyada(75-82-bandlar) o'rganiladi;
~Qoidasi: Bir havo zarbi bn aytiluvchi tovush yoki tovushlar yig‘indisi;
~amaliy ahamiyati:
1. O'qishni har bola bo‘g‘inlab o'rganadi;
2. Yozishda fikrning davomini yangi satrga bo'g‘in asosida ko'chiramiz;
3. Adabiyotda Barmoq degan vazn bo'lib,unda she'rdagi har misrada bo'g‘inlar soni teng bo'lishi shart:
Soq-chi-lar zo-lim xon-ni (7)
Bu a-jo-yib hay-von-ni (7)
O-g‘il-da ush-la-di-lar (7)
O'l-gu-day musht-la-di-lar (7).
Bo'g‘inni faqat unli tovushlar hosil qila oladi.Undoshlar bo'g‘in hosil qilmaydi. So'zda nechta unli tovush bo'lsa, bo'g‘in soni ham shuncha bo'ladi: grant, sport, mard, stol, gramm- so'zlari bir necha tovushdan iborat bo'lsa-da,ular tarkibida faqat 1 ta unli qatnashgan,demak, bu so'zlar 1 bo‘g‘inli so'zlardir!
O'lja, ista-2 bo‘g‘inli;
Madina, salomat-3 bo'g‘inli...

Bo'g‘inlar qanday tovush bilan tugashiga ko'ra 2 xil:
1) ochiq bo‘g‘in: unli bilan tugaydi: Sa-bi-na, Ma-li-ka,No-di-ra, Fi-ru-za so'zlari ochiq bo‘g‘inli so'zlardir.
2) yopiq bo‘g‘in: oxiri undosh tovush bilan tugaydi: mak-tab, daf-tar, quv-noq...
Bo‘g‘inning "aralash bo‘g‘in" degan turi ham bo'lib,unda bir so'zda ochiq va yopiq bo'g‘inlar aralash holatda keladi: "o-yoq, ki-yim, i-yak" so'zlarida 1- bo'g‘in ochiq,2-si yopiq bo'g‘indir.
So'zni bo'g‘inlarga ajratish bilan asos hamda qo'shimchalarga ajratish turlicha:
a) sport-ni, barg-dan, g‘isht-ga, ust-ki..kabi so'zlarda bo‘g‘inga hamda asos va qo'shimchaga ajralish bir xil;
b) bar-gi, g‘ish-ti, us-tim, tax-tim..kabi so'zlar bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratilgan bo'lsa-da, asos va qo'shimchaga bunday tarzda ajratilmaydi:
g‘ish-ti ~bo'g‘inga bo'linishi;
g‘isht+-i ~ asos va qo'shimchaga bo'linishi..
Tilda ba'zi bir birliklar umuman bo‘g‘inga ajralmaydi:
DTM, AQSH kabi qisqartma so'zlar (abbreviaturalar);
M.Oybek, A.Navoiy kabi kishi ismi qisqartmasi bo'lgan initsiallar;
2023, XXI kabi ko'p xonali sonlar;
100 gr, 12 sm, 60 km kabilar;
11-"A", 9-"B" kabi sinflarning shartli ayirmalari;
"Nihol-2022","Navro'z-98","Oskar-96" kabi tanlovlar nomi DOIMO BITTA SATRDA BO'LADI!
O'zbek tilida qo'sh undoshlar ikkita bo‘g‘inda kelishi mumkin:uk-ki, is-siq, jaj-ji, sal-la...
Ammo qator undoshli so'zlardagi 2 ta qator undosh doimo bitta bo‘g‘inda bo'lishi shart: geo-grafiya(gr), baxt(xt)-ni, sk(sk)ay-ner...
"sport" so'zi qator undoshlar bilan boshlanib tugagan.
"gramm" so'zi qator undosh bilan boshlab, qo'sh undosh bilan tugagan.
So'zlarda 3 ta qator undosh kelishi ham 2 xil:
~o'zbek tilida "2+1" shaklda: iLM-Dan, qaND-Ni...
~o'zlashma so'zlarda "1+2" shaklida: siliN-DRik, koN-GRess, iN-GLiz, koN-TRakt...
Apostrof(tutuq belgisi) har doim 1- bo‘g‘inda qoladi: Ra'- no, san'- at...
"sh","ch"," ng" harfiy birikmalari doimo 1 ta bo‘g‘inda bo'ladi: osh-no, ach-chiq, si-ngil, de-ngiz, ko'ng-lim...
Satrda bitta tovush hech qachon bo‘g‘in hosil qila olmaydi:
"oila" so'zini "o-ila" shaklda bo‘g‘inga bo‘lish xatodir,bu so'z "oi-la" tarzida ajraladi.
Yoki "mudofaa" so'zini "mudofa-a" tarzida ajratsak ham xatodir. Ushbu so'z "mudo-faa" tarzida satrdan satrga o'tadi. Ya'ni satrda qolayotgan yoxud keyingi satrga ko'chayotgan bo‘g‘in bitta tovushdan iborat bo'lmasligi lozim:
"u-kasi" emas, "uka-si;
"matba-a" emas, "mat-baa" kabi!
Bo‘g‘in nafas taqsimotida juda muhim sanaladi.
Bo‘g‘in so'zlarni to'g‘ri talaffuz etishda ham o'ziga xos vazifa bajaradi.
(TAMOM)

2 weeks, 2 days ago

SIFATNING YASALISHI..
Sifatlar tarkibiga ko'ra 2 xil: tub va yasama. Yasama sifatlar ham 2 usulda yasaladi:
1. MORFOLOGIK USULDA: shira-li, ser-gap, unum-dor, ba-quvvat, davlat-mand(belgiga egalik);
no-shukr, be-aql, tartib-siz(belgiga ega emaslik)
-mand affiksidan boshqa affikslar no-, be-,-siz affikslari bilan antonimdir!
o'yma-kor, ko'ylak-chan, mehnat-kash, rang-par, sez-gir, uch-qur, o't-kir, bo'y-dor, ilm-iy/oila-viy(xoslik), kuz-gi/ich-ki/tash-qi(payt va o'ringa xoslim), odam-simon(o'xshashlik), tin-iq, chaqna-q, eg-ik, chiri-k, yasa-ma`, yengil-mas, ko'ylak-lik, yolg‘on-chi, yul-g‘ich, maqtan-choq, urush-qoq..
Sifat yasovchilar eng ko'p holatda Ot yasovchilar bilan shakldosh bo'ladi:
hunar-mand(ot)-dard-mand(sifat)..
o'yin-choq(ot) ~erin-choq(sifat)...
2. SINTAKTIK USULda:
a) asoslarni qo'shib: xushfe'l, kamhosil, havorang, tezyurar, ishyoqmas, devqomat, jigarrang, erksevar, umumbashar, ichakuzdi, oqko'ngil, kaltafahm...
b) asoslarni juftlab: g‘adir-budur, arzon-garov, o'ydim-chuqur, alg‘ov-dalg‘ov, yakkam-dukkam, oldi-qochdi, kuydi-pishdi, uzuq-yuluq..
c) asoslarni takrorlab: yo'l-yo'l, to'p-to'p, tanga-tanga...

SIFATLARNING TUZILISHI..
1. SODDA SIFAT:
a) sodda tub: ko'k, gozal, dono..
b) sodda yasama: jo'sh-qin, qo'rq-oq, jannat-i, itoat-kor, buz-uq, tirish-qoq, g‘am-gin, sirpan-chiq, bil-ag‘on..
2. QO‘SHMA SIFAT: betgachopar, shirinsuxan, mehmondo'st..
3. JUFT SIFAT: shirindan shakar, past-baland, sarg‘ish-qo'ng‘ir..
4. TAKRORIY SIFAT(belgini kuchaytirib,ta'kidlab ifodalaydi): shirindan shirin,kap-katta,ko'm-ko'k, baland-baland...

2 months, 2 weeks ago

❗️❗️❗️❗️❗️
ERTANGI DARSLARDA HAMMADA 8-SINF (2014) KITOBI BO‘LSIN!!!
HALI HAM KITOB OLA BILMAGANLAR BO‘LSA, BUGUNGI B GURUH O'QUVCHILARIDAN BIR MUDDATGA SO‘RAB FOYDALANSIN VA TEZDA O'ZI SHAROIT QILIB O'Z KITOBIGA EGA BO‘LSIN!!!

2 months, 2 weeks ago

👆👆👆JAMI 3 ta 100 talik bo‘ldi❗️
❗️bularni yig‘ib boringlar papka qilib.

2 months, 2 weeks ago

❗️❗️❗️❗️❗️DIQQAT❗️❗️❗️❗️
YOPIQ TESTLARNI YODLAB TOPSHIRISH VAZIFASI GURUHLARDAN OLIB TASHLANIB, O‘RNIGA KANALGA YUKLANGAN MANBALARNI MUSTAQIL O'RGANISH BILAN ALMASHTIRILMOQDA!
DEMAK, BARIBIR USHBU TESTLARNI HAMMA YODLAYDI, BIROQ MUSTAQIL RAVISHDA!
❗️MUSTAQIL ISHLASH NIMA EKANINI BILGAN O'QUVCHIGINA ASL MAQSADINI TO'LA ANGLAGAN BO‘LADI, ASLIDA!!!
❗️VA BIZ USHBULARNI FAQAT VARIANTLI OCHIQ TESTLAR BILAN SINAB, TEKSHIRIB BORAMIZ!

2 months, 2 weeks ago

Eng yuqori natija ko'rsatgan o'quvchimiz:
UROZOVA FARIZODA.
10-10-10-8.
Jami 40 ta savoldan 38 ta topgan.
Bular u uchun: 🏆🏆🏆
Maxsus sovg‘asi: Gabriel Garsiya Markesning "TANHOLIKNING YUZ YILI" romani.(bu asar Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan)
Farizodani tabriklaymiz! 🥇👏👏👏👏

2 months, 2 weeks ago

TESTDAN O‘TISH UCHUN 2 POG‘ONA YETMAGANLAR:
1. Muhiddinova Anzirat- 10-5-9-6...
2. Habibullayev Doniyor- 5-7-7-4
3. Yunusxodjayeva Onaxon- 2-4-9-7
4. Abdurahmonov Alibek- 8-3-7-6...

2 months, 2 weeks ago

TESTDAN O‘TISHGA BIR POG‘ONA YETMAGAN O‘QUVCHILAR:
1. Akromjonova Sarvinoz- 10-6-8-9
2. Bahodirov Abduqodir-10-3-7-7
3. Rasulova Sevara- 10-6-9-7
4. Komilova Iroda- 6-8-10-8
5. Akbarova Mashhura- 4-8-7-7
6. Shoymardonova Muxlisa- 3-7-7-10
7. Almardonov Fazliddin- 4-9-8-7
8. Ubaydullayeva Muattar- 10-6-10-9
9. To‘xtamurodova Roziya- 10-6-8-7
10. Najmiddinova Sevinch- 10-5-8-8
11. Abdurashidova Zilola- 10-6-9-7
12. Shoma'rufova Inobat- 10-7-7-6
13. Kamolova Asal- 10-6-7-7
14. Nig‘matullayev Komron- 10-6-8-8
15.Xushboqova Nilufar- 10-6-8-7
16. O‘tkirov Biloliddin- 4-8-9-8
17. Mahmaraimova Maftuna- 4-7-9-7...

2 months, 3 weeks ago

Ассалому алайкум!
Қуйидаги китоблар муқобил варианти сабабли сотувга қўйилмоқда❗️❗️❗️

  1. "Теория литературы", Валентин Хализев.
    2." Зарубежная литература ХХ века", Василий Толмачев.
  2. "Семиотике культуры", Ролан Барт.
    4." Психология искусства", Лев Выготский.
  3. "Эстетика и поэтика", Александр Потебня.
    6." Танланган асарлар", Виссарион Белинский.
  4. "ХХ аср ўзбек ҳикояси антологияси", 2016 йил, 624 б.
    8." Турк ҳикоялари " тўплами (ўзбек тилида).
  5. "Тартюф, Мольер.(Ойбек таржимаси).
    10." Орзулар кўкидаги шафақлар", Сафо Очил,(Адабий-танқидий тўплам).
    Баҳоси: 1.000.000 сўм.
We recommend to visit

For-paid - @king9lucifer
💯 TARGET 150K🎯

💯 FULL HD & FULL SCREEN Status🤩🌈

💯 Without loosing quality ✔️

💯 Vertical & Horizontal video's
By ads

https://telegra.ph/Rulea-for-subscriber-04-09

https://telega.io/c/BEST_STATUS_VIDEO_4K_HINDI

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Rapper , songwriter

Last updated 2 months, 1 week ago

ئایدی مودیری کاناڵ👈👈👈



جوانترین کلیپی کوردی گۆڕانی ڕەسەن
له باغی گوڵان ببینن




@ayoub_63

Last updated 5 months, 3 weeks ago