Unlock a World of Free Content: Books, Music, Videos & More Await!

Majburiy Fanlar

Description
✅️ Har kuni majburiy fanlardan online testlar bo‘lib o‘tadi.

Test, vedio darsliklar joylanish Vaqtlari:
Dushanba, Payshanba - Matematika (majburiy)
Seshanba, Juma - Ona tili (majburiy)
Chorshanba, shanba - Tarix
(majburiy)

Reklama xizmati: @Rg_Agentlik
Advertising
We recommend to visit

🔹 ELON VA REKLAMALAR ✓
🔹 SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
🔹 ENG ISHONCHLI KANAL ✓
🔹 AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
🔹 ID 830125650 ✓

👨‍💻 @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🔹 ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Last updated 9 months, 4 weeks ago

👆👆👆
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin

✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing

👉 @Sotuvchi_A 👈

Last updated 9 months, 1 week ago

Dunyo bo'ylab turli ta'lim grantlari haqida ma'lumotlar va ularga hujjat topshirish bo'yicha maslahatlar.

Reklama uchun : @bizda_rek

Last updated 1 year, 11 months ago

4 days, 22 hours ago

⚡️ Endi faqat kunduzgida o‘qiyotgan talabalar ta’lim krediti ola oladi
▪️ Prezident farmoniga ko‘ra,  oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratish belgilandi.

✔️ Ta’lim kreditini:

OTMlarning birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;

OTMning ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past  bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratish (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) ko‘zda tutildi.

👉 @Majburiy_blok_matematika

6 days, 19 hours ago

🔥 Rasman: OTMlarning magistraturasi uchun chet tili darajasi talabi pasaytirildi
OTMlarning magitsraturasiga qo‘yilgan chet tili talabi yo‘nalishlarga qarab farqlandi. Amaldagi tartibga ko‘ra, filologik yo‘nalishlar uchun C1 daraja, qolgan barcha yo‘nalishlar uchun esa B2 daraja talab qilinardi.

Yangi tartib bo‘yicha:

xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida bo‘lishi kerak.

👉 @Majburiy_blok_matematika

6 days, 22 hours ago

*⚡️Rasman: bu yil qabul 5-iyundan boshlanadi!*

Qabulga oid prezident farmoni chiqdi. Unga ko'ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda:

a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
👉 @Majburiy_blok_matematika

2 weeks ago

🔥 2 mingta grant uchun xotin-qizlarga tavsiyanoma qachon beriladi?
▪️ Ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma uchun ariza topshirish 30-maydan boshlanishi kerak.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

✔️Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
✔️Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
✔️Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
✔️14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
✔️Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
✔️Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

👉 @Majburiy_blok_matematika

2 weeks, 4 days ago
3 weeks, 2 days ago

*⚡️ Ta’lim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi*

Taqdimotda shuningdek, oliygohlarga o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha quyidagilar taklif qilindi:
o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball);
davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda:
🔹 ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
🔸 ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;
🔹 ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;
sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Qayd etilganidek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

👉 @Majburiy_blok_matematika

3 weeks, 2 days ago

⚡️ Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladiIjtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda talabalar qabul qilishni kamaytirib, bo‘shagan kvotalarni muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlarga o‘tkazish taklif etilyapti.

Shuningdek, kvotalarni oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi, qabul parametrlarini oliygohlarning o‘zi belgilaydi.

👉 @Majburiy_blok_matematika

3 weeks, 2 days ago

*⚡️ Imtiyozli tarzda OTMga kirganlarga grant o'qishni tugatguncha beriladi*

▪️ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi.

👉 @Majburiy_blok_matematika

3 weeks, 3 days ago

⚡️ O'zbekistonda sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi
Sirtqi ta’lim shaklining o‘rniga masofaviy ta’lim shakli kengaytiriladi va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etiladi.

Ta’limni xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun magistraturaga kirishda xorijiy til sertifikati bo‘yicha talab bekor qilinadi. Qator yo‘nalishlarda sertifikat talabi B1 darajasiga tushiriladi.

👉 @Majburiy_blok_matematika

1 month ago

⚡️ Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati

Ma’lumki, Agentlik xodimlari xalqaro hamkorlar (British Council, Cambridge Assessment English, CITO International) bilan birgalikda ko‘p darajali (multilevel) test sinovini takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishmoqda.

*✍️ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi* ishlab chiqildi.

⌚️ Hozirda ushbu formatni Agentlik huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markaz bilan hamkorlikda approbatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati 2024-yil sentyabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.

📱 Talabgorlar va barcha qiziquvchilar yangi format va namunaviy topshiriqlar (pdf) bilan tanishishlari mumkin.

👉 @Majburiy_blok_matematika

We recommend to visit

🔹 ELON VA REKLAMALAR ✓
🔹 SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
🔹 ENG ISHONCHLI KANAL ✓
🔹 AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
🔹 ID 830125650 ✓

👨‍💻 @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🔹 ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Last updated 9 months, 4 weeks ago

👆👆👆
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin

✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing

👉 @Sotuvchi_A 👈

Last updated 9 months, 1 week ago

Dunyo bo'ylab turli ta'lim grantlari haqida ma'lumotlar va ularga hujjat topshirish bo'yicha maslahatlar.

Reklama uchun : @bizda_rek

Last updated 1 year, 11 months ago