Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

Germaniya hayoti

Description
Advertising
We recommend to visit

https://youtube.com/@Bibi-Heybat-TV

İmam Sadiq (ə) buyurub:
"Elm bir nurdur, Allah onu istədiyi qəlbdə qərar verər"
Bu kanalda siz günümüzə uyğun bəsirətli kəlamlardan, Məsumların (ə) və böyük alimlərin sözlərindən faydalana bilərsiniz.

Last updated 1 month ago

✰︎ Uᴢᴀǫᴅᴀɴ...Sᴇssiᴢᴄᴇ...Giᴢʟiᴄᴇ ✰︎

вiя кəℓмə qəяαяıηı
вiя ∂υуğυ нəуαтıηı
вiя iηѕαη ѕəηi ∂əуişəя.

▪️Rᴇᴋʟᴀᴍ ➪︎ @PlatonikSevgim0_bot🎭

#Platonik 🐊

Last updated 1 month ago

🎧Səsli kitabların məkan✅

Last updated 3 months, 2 weeks ago

3 days, 4 hours ago

https://t.me/dbzentrum

Telegram

dbzentrum

DEUTSCHES BILDUNGSZENTRUM Biz bilan bog’lanish: @DBZIHK Toshkent shahri(oquv kurslari): +99890-094-95-03 Andijon shahri(oquv kurslari): +99891-617-41-21 DBZ rasmiy kanallari: Instagram: https://www.instagram.com/dbzentrum?igsh=OGQ5ZDc2ODk

Germaniya hayoti
1 week, 6 days ago

Muvaffaqiyat nima?
Turli inson uchun turlicha.

Kim uchundir iPhone 15 olish, mashina olish, uy qurish, sayohat qilish, chetda o'qish va hok.

Kim uchundir nimanidir o'rganish, sog'lom bo'lish, baxtli bo'lish va hok.

Biz sog'lom bo'lish, baxtli bo'lish va hotirjamlikka erishishga bo'lgan harakatdan ko'ra pul topishga ko'proq fokus qilamiz.

Bu tabiiy holat. Har bir inson boy, sog'lom va baxtli bo'lishni xohlaydi. Shu tartibda.

Menimcha muvaffaqiyatga erishish dastlabki bosqichi - inson hayotda nimalarni xohlamasligini, qanday hayot kechirishni xohlamasligini anglab yetishi.

Undan keyin o'zi xohlagan hayot tarzi qanday ekanligini aniqlab olishi va keyin o'sha hayot tarzini yaratishga harakat qilishdan iborat.

Inson o'zi xohlagan hayot tarzini aniqlab olishi juda muhim. Bunda "men xohlayotgan narsa bu rostdan ham men ich-ichimdan xohlagan narsami yoki jamiyat xohlagan narsami?" deya savol berish juda muhim.

Agar nima xohlashini bilmasa izlashda davom etish muhim. Buni topishda yordam beradigan savol: "Qanday qilib foydali bo'la olaman?"

Foydali bo'lish orqali inson boy, sog'lom va baxtli bo'la oladi.

Butun umrini ko'chada faqat pul topish uchun sarflab, qavat-qavat uy qurib, yosh o'tganda hovlini bir chetidagi kichkina xonada yolg'iz o'tirgan holda o'tgan umri uchun afsuslanmaslik muhim.

Bek Olimjon
17.04.24
Stockholm, Shvetsiya

2 weeks, 5 days ago

ВИЗУАЛИЗАЦИЯ!

Диндаям, илмдаям инсон тассаввур қилган нарсалари ҳаётига кириб келиши ҳақида кўп айтилган!

Сиз ҳам Германия кўчиш ва у ерда ўқиш ниятида юрибсизми?

"Ўртоғим адаси бой шунга ишлари зўр", "Радарлар кўчада кўп", "Яшаш қийин бўлди" деб нолиб сасигандан кўра, 🇩🇪Германия кўчсангиз нима мошинада автобанга чиқасиз, қаерларга саёҳат қиласиз, ҳаётингизни қандай кўрасиз шулар ҳақида ўйланг!

яхшилик яхшиликни чақиради!

👍🏻Ишонинг синалган услуб!

Сасиб, минғиллашингиздан ҳечкимга фойда йўқ, ўшани ўрнига яхши нарсаларни ўйлаб, ҳаракатда қатъий бўлинг)

*🇩🇪Балки Германияда ёки дунёнинг гўзал жойларида кўришиб қолармиз....)*

Тўғрими?

2 months, 1 week ago

kuniga 1 soat til o’rgan -> «vaqt yo’qda»
kuniga 1 soat reels -> «har kuni, 2 marta»

kuniga 20 bet kitob o’qish -> «uyqu keladi»
kuniga 20 minut g’iybat -> «mazza»

kuniga 30 min jismoniy mashq -> «eee qo’ysangchi»
kuniga 8 soat o’tirish -> «kaneshna, majburmizda endi»

bilimga 50$ investitsiya -> «qimmatakan»
qora jentra -> «10 yil umrimni almashtirishga roziman»

Bizga hayotda nima muhim ekanligini aniqlab olishimiz zarur. Keyin afsuslanmaymiz.

Bek Olimjon

3 months, 2 weeks ago
3 months, 3 weeks ago
Muloyim bo‘lsang, latta ekan deyuvchilar topiladi. …

Muloyim bo‘lsang, latta ekan deyuvchilar topiladi. Qattiqqo‘l bo‘lsang, bemexr, bag‘ritoshga chiqarishadi. Ilmdan gapirsang amal xam qilish kerak deyishadi. Amal qilsang oldin yaxshilab o‘rgan deyishadi.

Bidʼatlarni tark qilsang vaxxobiyga, zikrlarni ko‘paytirsang so‘fiyga chiqarishadi. Maqtasang maddox bo‘lasan, tanqid qilsang ichi qoraga aylanasan.

Xaqni gapirsang o‘rnimas deyishadi, Indamasang qo‘rqoqqa chiqarishadi. Boy bo‘lsang xaromdan topgan, kambag‘al bo‘lsang dangasa bo‘lasan.

Odamlar shunday birodar. Ular baribir gapirishadi. Ular baribir tinch qo‘yishmaydi. Ular baribir rozi bo‘lishmaydi. Sen ularga ko‘p xam ahamiyat berma! Sen seni Yaratganni rozi qilishga urin! Senga haqiqiy baxoni U qo‘yadi.

Ustozimni facebook saxifalarida o'qib qoldim va sizlar bilan ham ulashgim keldi.

@shahadolimov

4 months, 1 week ago
***❌***Тушунмовчилик бошланди!!!!

Тушунмовчилик бошланди!!!!

🇩🇪Тил билмасангиз, ҳечким хатто Канцлерам ёрдам беролмайди.

🇩🇪Сабаб оддий: ишлаётган жойингизда немисчада гаплашишади, улар сизга дарс ўтишга вақти йўқ.

Сиз тилни билувчи тўлиқ мутахассис сифатида чақиришади!

Тил билган доктор бўлиб кераксиз!

🇪🇺Тил билиш шарт бўлмаганда, Украина, араб давлатларидан келган қочоқ докторлар ишлаб мазза қилаётган бўлишарди!

Бу Россия эмас! Рус тили ўтмайди!

Англия ёки АҚШ эмас, инглиз тили ўтадиган!!!

🇩🇪Расмий тил - немис тили!

4 months, 2 weeks ago

❗️❗️❗️DIQQAT❗️❗️❗️

Shimoliy Reyn-Vestfaliyadagi Madaniyat Kotibiyati xalqaro madaniyat xodimlari va jurnalistlar uchun beshta qiziqarli sayohatlarni taklif etadi, jumladan, Oberxauzen qisqa metrajli filmlar festivali yoki NRW xalqaro raqs festivaliga.
Nemis va ingliz tillaridagi dastur, ariza topshirish shartlari va muddatlari quyidagi fayllarda. ⬇️

https://t.me/goetheinstituttaschkent/4205

4 months, 2 weeks ago

🤝Дўстлар!
🇩🇪Германия ҳақида блог юритадиганларнинг 80% доим ТИЛ, ТИЛ ва ЯНА ТИЛ ЎРГАНИБ келинг деб бақиришларини сабаби аниқ!

🫤Бу аслида сизнинг келишингизга қаршилик, ёқтирмаслик эмас, биз ҳам шу йўлдан ўтганмиз!

🇩🇪Тил нақадар керак эканини тушунганмиз!

❗️Ишлаш учун тил керак!
❗️Интеграция учун тил керак!
❗️Дўстлашиш учун тил керак!
❗️Мусофирда олган яхшиликни қайтариш учун, маданиятни тушуниб уни ҳурмат қилиш учун тил керак!
❗️Коллектив ва ишда кўтарилиш учун ҳам барибир тил керак!

🇩🇪Немислар ўз тилларини нақадар севишларини келиб яшаб кўрасиз, улар баъзи халқлардек, "Энди бу мактабда бошқа тилда ўқиганда" деб сизни бошқа тил билан қабул қила олмайди!

🫡Гапим ёқмас, аммо тақдир бўлиб кўчиб келсангиз, мани бир эсларсиз....

4 months, 3 weeks ago

🫡Salomlarim

Hamshiralar, agar Germaniyaga ko’chish va bu yerda ishlash niyatida til o’rganayotgan bo’lsangiz, firma sizni B1 bilan olib kelmoqchi bo’lsa o’ylab ko’ring.

❗️Yaqin tanishim, hamshiralar olib kelish bilan shug’ullanadi va B1 bilan kelganlar til taraflama qiynalishmoqda. Minimum B2. Imtixon olingan B2 emas, haqiqiy B2!

🫤Sababi ish vaqtida sizga hech kim «O’tir bolam, O’zbekistondan kelibsan, sanga nemis tilini o’rgataman» demaydi!

🇩🇪Nemislar tez gapirishadi, uni ustida tushadigan Bundesland(viloyat)ga qarab dialektlar ham bor uni ustiga!

🥹Sizni qo’rqitmoqchi emasman, shunchaki «svejiy» info eshtib, undan olgan xulosamni Sizga yetkazay dedim!

Qolgani o’zingizda qolaveradi!

🇩🇪Germaniya hayotida ko’rishguncha :)

We recommend to visit

https://youtube.com/@Bibi-Heybat-TV

İmam Sadiq (ə) buyurub:
"Elm bir nurdur, Allah onu istədiyi qəlbdə qərar verər"
Bu kanalda siz günümüzə uyğun bəsirətli kəlamlardan, Məsumların (ə) və böyük alimlərin sözlərindən faydalana bilərsiniz.

Last updated 1 month ago

✰︎ Uᴢᴀǫᴅᴀɴ...Sᴇssiᴢᴄᴇ...Giᴢʟiᴄᴇ ✰︎

вiя кəℓмə qəяαяıηı
вiя ∂υуğυ нəуαтıηı
вiя iηѕαη ѕəηi ∂əуişəя.

▪️Rᴇᴋʟᴀᴍ ➪︎ @PlatonikSevgim0_bot🎭

#Platonik 🐊

Last updated 1 month ago

🎧Səsli kitabların məkan✅

Last updated 3 months, 2 weeks ago