Dilafroʻzning dil daftari 🕊

Description
Advertising
We recommend to visit

تم انشاء هذه القناة لنشر جميع اصدارات ماينكرافت
👤 owner | @P_8PF
🔴 Backup | @vminecraftapk
Mods | @G_Q_MK

Last updated 3 weeks, 6 days ago

Ex. Посмейся и Забей!

Lifestyle & beauty
/you’re welcome🤍

Запрещенная сеть — vtornikovakristina
📍Гайд по телеграмму — telegramguide.ru

• личный контакт @vtornikovaa
• по рекламе @katkha_group

Last updated 6 days, 17 hours ago

🔅Learning resources for Algorithmic /Quantitative trading.

🔅 Recursos de aprendizaje para trading Algoritmico / Quantitativo.

2 weeks, 1 day ago

Jim turing...
Jimjitlik xoxlab qoldim.
Jim...
Sukunat portlatsin sokin xonamni.
Yasama tabassum taqib olib men.
Bugun koʻp aldadim ,jonim onamni.!

Jim turing!...
Aqlli gaplar shart emas!
Oʻzim ham bilaman, yolgʻon zararin.
Ona u...
Shunaqa koʻrinish kerak.
Yashirib, koʻzyoshda otgan saharin.

Jim turing...
Xulosa yasamang darrov!
Balki sogʻinganman, balki kutganman.
Balki...
Men bir umr tunlarda shundoq.
Achchiq achchiq koʻzyosh yutganman...

Baxtiyor damlarim sogʻingandirman...
Toʻla toʻkis baxtga choʻmgan lahzalar!
Vaqtning tarozisi ogʻirlik qilib,
Quvonchim koʻksimdan yulgan lahzalar...
Jim...

Baʼzida jim turib yengmoq mushkulda.
Ichingni timdalab turgan azobni.
Borliqdan bir parcha ,boʻlaksan oʻzing.
Borliqqa sochma-da buncha gʻazabni.

Jim turing...
Jimjitlik baridan yaxshi...

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
3- iyun.2024- yil.
02:04

1 month, 3 weeks ago

Bugun 39- bahorimni qarshi olyapman.Va shu yoshimgacha ham yonimda faqat Onam hech qayerga qimirlamay turganliklarini koʻrib kelyapman.Dardda ham,gʻamda ham,kulfatda ham har qanday sinovli kunda faqat onam hech indamay ,kuch boʻlib turibdilar.
Ammo vaqt beshafqat .
U onamni qarityapti...
                           E.D.X.

Bilaman umrimiz besh kunlik,
Birida yigʻlasak ,birida kuldik.
Ona! Sizni qachon sevaman dedik.?
Ona! Siz borimsiz, borimsiz!

Hammadan pand yedim, hammadan,
Qalbimda chuqur bor gʻamlardan.
Koʻksimdan itardi doʻst-u yor ,
Xotira qoldi koʻp damlardan.
Ona! Siz eng shirin onimsiz.
Siz meni Jonimsiz,Jonimsiz!

Koʻzimni yashirsam, ovozim titrar.
Koʻzlarim termulsa ,yoshlar miltirar.
Sizni yoʻqotishdan qalbim qaltirar.
Ona ! Siz - mehrga konimsiz!
Kon emas ! Jonimsiz ,Jonimsiz!

Sochingiz rangiga rang boʻlay,
Oyogʻin ostida chang boʻlay.
Siz  juda uzoq yil yashang-u.
Yoshingiz bilolmay tang boʻlay.
Ona! Siz eng shirin bolimsiz!
Ona! Siz borimsiz,borimsiz!

Issiq quchogʻida erisam,
Qattiq nigohida evrilsam.
Bir kalom soʻziga oʻlsam-u.
Mehrli ohida  tirilsam.
Ona! Siz eng goʻzal moʻʼjiza.
Men juda ojiza ,ojiza.

Onalar sevgisi Moʻʼjiza!

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
23-aprel .2024- yil. 1:07.

Qofiya haqida oʻylagim kelmadi.
Yarim tunda Qofiya bozorni palitsiya bilan borib ham ochib boʻlmaydi baribir.

3 months, 2 weeks ago

Koʻzlarimda qishning qahridan,
Qolib ketdi bitta tuguncha.
Seni nursiz yuzingga boqib,
Sovib qoldi yurak yupuncha.

Isinmoqqa Bahor taftidan ,
Oʻziga nur izlar qaroqlar.
Qara hatto muzlar ostidan,
Boshin koʻtarmoqda yaproqlar.

Boʻgʻriqqan tong, namchil havodan,
Vujudimda qonim koʻpirar.
Seni istab Bahor tongidan.
Yurak qafasida yugurar.

Yangilanmoq, yaralmoq fasli,
Bahor meni senga qaytardi.
Muzlar erib diydalarimdan,
Sevgi qoʻshigʻimiz aytardi.

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
5-mart. 2024- yil.
22:02

4 months, 2 weeks ago

**Бухоролик ижодкорларнинг телеграм каналлари рўйхати:

Омон Мухтор: https://t.me/Omon_Muxtor Садриддин Салим Бухорий: https://t.me/SadriddinSalimBuxoriy Тилак Жўра: https://t.me/tilakjura1947 Азиз Саид: https://t.me/vaqt_manzili Ҳалима Аҳмедова: https://t.me/halima_ahmad Султонмурод Олим: https://t.me/Sultonmurod_OLIM Сулаймон Шодиев: https://t.me/SulaymonShodiyev Нодира Афоқова: https://t.me/Nodirasheriyati Вафо Файзуллоҳ: https://t.me/Vafo_Fayzulloh Санобар Меҳмон: https://t.me/Sanobar_Mehmonova Абдунаби Ҳамро: https://t.me/abdunabihamro Муҳаммад Азим: https://t.me/azim202 Бобоқул Усмон: https://t.me/BoboqulUsmon Жасур Эсан: https://t.me/JasurbekEsanov Рухсора Нур: https://t.me/tanqidvatalqin Гулзода Ғайратова: https://t.me/yozuvlarimdan Сабина Расулова: https://t.me/SabinaRasulova_ijodi Муслима Ҳамроз: http://hamroz.uz Ҳамид Насруллоев: https://t.me/hazrati_insonim Ҳамзабек Турдиев: https://t.me/hamzabek81 Рўзимурод Маҳмуд: https://t.me/RuzimurodMahmud Моҳигул Ўктам қизи: https://t.me/+0WK2LujgMzAzZDZi Инобат Очилова: https://t.me/inobatbuxoriy Илҳом Салимов: https://t.me/salimov_blogi Мадина Ваҳобова: https://t.me/VahobovaMadina Нилуфар Рухсор: https://t.me/Nilufar_Rux Мактуба ШАЙДО: @Maktubashaydo Лайло Ҳайитова: https://t.me/Leyla_Tun_Qizi Дилшод Ражаб: @dilshod_rajab_ijodi Бобур Бобомурод: @bobur_bobomurod Зарнигор Ибрагимова: https://t.me/zarasohili Зилола Тошева: https://t.me/zilolakamol1992 Дилафрўз Эшонова: https://t.me/dildagilaringiz Дилобар Меҳмонова: https://t.me/mehmonovad Дилобар Жўраева: https://t.me/Dilobar_Joraeva Аброр Пир Муҳаммад : https://t.me/abrorpirmuhammad Олия Равшанова: https://t.me/nazmnavosi Зухро Асадова: @bloknotasadova Зиёда Шодиева: https://t.me/sherlarziyoda Самад Муҳаммад Дамин: https://t.me/SamadMuhammadDamin Шерзод Ғойиб: https://t.me/Sherzod_Goyib_sherlari Собир Салимович: https://t.me/Sobirsalimovich0172 Аҳмад Ҳайдаров: https://t.me/Ahmad_HAYDAROV Баҳром Солиев: https://t.me/Bahrom_Soliyev Тилланисо: https://t.me/TillanisoEN Махсумахоним: https://t.me/Maxsumaijodi Хуршид Неъмат: https://t.me/xurshidnemat_channel Обид Қўлдош: https://t.me/azob4 Агар Сиз бу рўйхатга кирмаган бухоролик ижодкорларнинг телеграм каналлари ҳақида маълумотга эга бўлсангиз, @obid_85 телеграм манзилига юборишингиз мумкин.**https://t.me/amshuyu

4 months, 2 weeks ago

Sevdim seni ,qiz boshim bilan,
Uyaltirdi qarashlaring jim.
Jim  kuzatdim ,koʻz yoshim bilan.
Soʻramading,  demading bu kim?.

Sevdim , afsuslarga ne hojat,
Magʻlub boʻldim yoki-da gʻolib.
Oʻzing kelding qoshimga bir kun,
Goʻzallar jim kuzatdi qolib.

Shunday sevdik , sabr bilan jim.
Vaqtlar ulgʻaytirdi sevgini.
Shuncha yillik oliy tuygʻuga,
Hamroh boʻldi vafo epkini.

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.

4 months, 3 weeks ago

Yonib tugayotgan sham asli umr.
Bargi xazonlarday gʻam asli umr.
Shayton malaylarin yelkaga ortib,
Nafsga Vaqtni sotar dam asli umr.

Bir uyda yashaymiz qalban begona,
Koʻrinish shohona , yurak vayrona.
Kim kibrga oshno, dardga dugona.
Gunohni yuvmoqqa kam asli umr.

Foydamiz qurboni bitta qorakoʻz,
Qurbon boʻlar necha lofga shirin soʻz.
Egnimizga kiyib oxir oppoq boʻz,
Choʻp taxtga minilgan kun asli umr.

Koʻksimni tildilar ittirnoq , zoʻrlar.
Havolanib ketgan qalblari koʻrlar.
Ruhim vujudimni azoblar ,oʻrlar.
Tuproq quchib yotar, tun asli umr.

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
29 yanvar 2024 yil.
13:50

5 months ago

Qaro koʻzning gavharlari qonga toʻlsa,
Atrofing ham yolgʻon- yashiq jonga toʻlsa.
Sifat qolib, aldamchilar  songa toʻlsa,
Xoinlarga toʻlib ketar dunyo- yu dun,
Meni jonim sen haqingda unutgan kun.

Ado qilib, adolatdan bong ursalar,
Gado qilib, sadoqatni unutsalar.
Bir oh desang, oʻlimingni jim kutsalar.
Xoinlarga toʻlib ketdi dunyo- yu dun,
Meni borim, men haqimda unutgan kun.

Uyqusida halovatdan nishona yoʻq,
Baxt his qilmas, yarqiragan peshona yoʻq.
Saroy qurar ,ammo sokin koshona yoʻq.
Xoinlarga toʻlib ketdi , dunyo- yu dun,
Sen haqingda kim esladi ,koʻngil, bu kun.

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.

5 months, 1 week ago

Doʻstim, koʻtar qoʻngʻiroqni.
Javob ber sogʻinchlarimga.
Seni juda sogʻindim-ku.
Sabab boʻl ovunchlarimga.

Yoʻq. Yaxshisi kel ,bir koʻray,
Koʻzim quvnab , yayrasin dil.
Doʻstim , sen mening togʻimsan.
Yiqilyapman , boʻlyapman gil.

Diydoringdan dilim toʻlsin,
Suhbatingdan tinsin quloq.
Masofalar bir bahona.
Oqibatdan boʻldik yiroq!

Ovutmoqqa, ovunmoqqa ,
Qoʻngʻiroqlar sim koʻprik.
Voydod! Shunday koʻpriklarda,
Muzlab qolmasin doʻstlik!

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
12.01.2024 y.
09:00

5 months, 1 week ago

Shunchaki...
08.01.2024y.

Yozolmadim...
Bir sabab yoʻq.
Sabablarsiz ogʻrir boshim.

Yozolmadim...
Hech sabab yoʻq.
Sababsizlik toʻkar yoshim.

Yozolmadim...
Oʻqimas u.
Oʻqimasin.
Yoʻq bardoshim!

Yozolmayman...
Yozmasinlar!
Oʻqimasin!
Hech sirdoshim!

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.

5 months, 2 weeks ago

Assalomu alaykum qadrdonlar barchangizga yangi yil muborak boʻlsin.

We recommend to visit

تم انشاء هذه القناة لنشر جميع اصدارات ماينكرافت
👤 owner | @P_8PF
🔴 Backup | @vminecraftapk
Mods | @G_Q_MK

Last updated 3 weeks, 6 days ago

Ex. Посмейся и Забей!

Lifestyle & beauty
/you’re welcome🤍

Запрещенная сеть — vtornikovakristina
📍Гайд по телеграмму — telegramguide.ru

• личный контакт @vtornikovaa
• по рекламе @katkha_group

Last updated 6 days, 17 hours ago

🔅Learning resources for Algorithmic /Quantitative trading.

🔅 Recursos de aprendizaje para trading Algoritmico / Quantitativo.